BADAY

BADAY — urugʻ nomi. Asosan Xiva xonligi hududida yashab, Amudaryo boʻylarida chorvachilik bilan shugʻullangan. 19-a. ning birinchi choragida Surxon vodiysiga, Bekoboddan Zomin dashtlarigacha tarqalgan. Qoraqalpogʻistonning Beruniy tumani shim.-gʻarbida, Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida uz. 20 km, eni 4—5 km boʻlgan toʻqayni hozir ham Badaytoʻqay deyishadi.