BAGLANOVA Roza Tojiboyevna

BAGLANOVA Roza Tojiboyevna (1922.1.1, Qiziloʻrda viloyati, Gʻazali sh.) — qozoq xonandasi. Oʻzbek filarmoniyasi (Toshkent sh.) ashula va raqs ansambli (1941 — 47), Qozoq opera va balet teatri (1947 — 49), Qozoq filarmoniyasi (1949 — 60), Qozoqkonsert (1960-y. dan) xonandasi. Repertuaridan xalq (qozoq, oʻzbek, tatar, moʻgʻul, koreys, rus va b.) va estrada qoʻshiqlari oʻrin olgan. Koʻpgina mamlakatlarda gastrolda boʻlgan.