BAVURCHI

BAVURCHI, bovurchi — oʻrta asrlarda turkiy xalqlar saroy mansablaridan biri. 14-a. dan boshlab turkiy manbalarda qayd etila boshlagan. Oshpaz, bakovul maʼnosida ham qoʻllanilgan. Hukmdor oshxonasida xizmat qilgan Bavurchining bakovuldan bir pogʻona past mansab hisoblanganligini Boburning soʻzlaridan bilish mumkin: «Bavurchiliq martabasidin bakavulluq martabasiga yetkurub erdim» («Boburnoma», 210). Bavurchi istilohi fors tilida ham qoʻllangan.