BABUSHKIN Leonid Nikolayevich

BABUSHKIN Leonid Nikolayevich (1902.23.3 – Toshkent – 1976.26.5) – geograf, agrometeorolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (I960). Geogr. fanlari dri (1950), prof. (1952), Oʻrta Osiyo untini tugatgan (1926). Oʻrta Osiyo meteorologiya in-tining Toshkent geofizika rasadxonasida ilmiy xodim, Oʻzbekiston Q. x. vazirligida bosh agrometeorolog (1941—46), Oʻrta Osiyo unti tabiiy geogr. kafedrasi oʻqituvchisi, dos., prof., kafedra mudiri (1947—76), 1955—61 y. larda ilmiy ishlar boʻyicha un-t prorektori. Babushkinning ilmiy ishlari agrometeorologiya, agroiqlimshunoslik va tabiiy geogr. masalalariga bagʻishlangan. Sugʻorma dehqonchilik zonalarini agroiqlimiy r-nlashtirish va Oʻrta Osiyoni tabiiygeografik r-nlashtirishni amalga oshirdi.