Chillani chinakamiga chirillatgani chatoq.
Qaxraton qishning qaxri qattiq.
Muzgarchilikda mashina minish birmuncha murakkablashishi mumkin.
Qor malikasi — qor qalin qoplaydigan mamlakatlarning maxalliy «vaxima»si.
Kumush qishda qishlash uchun — kishilarga koʼproq oʼtin-koʼmir kerak.
Chinara — changʼi uchishda chaqqon.
Izgʼirin — kechqurun muzda iz qoldirdi.
Chaman chana uchib, yanada charchadi.
Tomdagi tarnovdan tomchilab tushib turgan suv muzlasa — sumalak.
Dunyodagi dov-daraxt — damini olar karaxt.
Insonlar issiq kiyimlarini kiyishga kirishdilar.
Tunda taqa-taq tuman tushdi.
Yaxmalak yaxshiroq yaxlasa — yanada yaxshi.
Qor parchasi, endi — togʼ archasiga qoʼndi.
Tovuq sovuqda tuxumlashni toʼxtatdi.
Konьki — shunchalik «oson» ekanki…
Bolalar bir-birlarini qorboʼron qildilar.
Qishda qordan qoyillatib qorbobo qildik.
Qish chillasi — yoz chillasi — sinov pallasi.
Qaxraton qishda — qurt-qumursqalar qaerga qochadi?…