Xolid ibn Valid
«Uxlamaydi va hech kimni uxlagani qo‘ymaydi».
Albatta, uning ishi ajibdir. Bu Uxud kunida musulmonlarni yenggan va qolgan janglarda islom dushmanlarini yenggan kishidir! Keling, uning qissasini boshlanishidan keltiraylik. Va lekin qaysi boshlanishidan? Albatta, uning o‘zi o‘z hayoti boshlanishini tan olmaydi, magaram Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga bay’at qilib qo‘l uzatgan o‘sha kunni tan oladi. Va agar kuchi yetganda o‘z umri va hayotidan o‘sha kundan ilgarigi yillar kunlarni o‘chirar edi. Keling, u bilan birga u so‘ygan vaqtdan boshlaymiz, o‘sha yorqin lahzadanki,unda qalbiga egilgan va ruhi u vaqtda Rahmonning o‘ng qo‘lidan va Uning ikki qo‘lidan har biri ham o‘ngdir uzatishni qabul qilgan va natijada Uning dini va elchisi va haq yo‘lda buyuk shahidlikka bo‘lgan ishtiyoqi bilan to‘lgan, yelkasidan o‘tmish kunlardagi botilga yordamlashish gunohlarini tashlagan lahzasidan.
Darhaqiqat, o‘zi bilan holi qoldi va yetuk hayollarini har kuni bayroqlari ko‘tarilish va nurlanishda ziyoda bo‘layotgan bu yangi din atrofida aylantirdi. Va g‘oyiblarni bilguvchi Allohga o‘ziga hidoyatdan bir sabab bilan madad bermoqligini so‘rab orzu qildi. Va zakovatlik qalbida ishonch darakchilari ko‘rindi-da aytdi: (Allohga qasamki tuyaning oyog‘i to‘g‘ri bo‘ldi. Tuyaning iziga qarab yo‘lovchisini bilishar edi. Ushbu yerda shuncha ishora qilinyapdi, ya’ni u kishi haqida o‘ylaganlari to‘g‘ri chiqdi). Albatta, bu kishi haqiqatdan Payg‘ambardir. Bas, qachongacha?Boraman, Allohga qasamki, musulmon bo‘laman, va o‘zimga hamroh bo‘ladigan kishi topishni istadim. Shu vaqtda Usmon ibn Tolxani uchratdim. Va unga istagimni so‘zladim, darhol u qabul qildi va birgalikda chiqdik. Va sahrolab yo‘lga chiqdik. Sohl degan joyga yetganimizda nogoh Amr ibn Osga ko‘zimiz tushdi.  U bizga qarab: «Marhabo, ey qavm»,dedi. Biz ham:«Va senga ham», dedik. Yo‘l bo‘lsin, deb so‘radi, shunda unga xabar berdik va u ham bizga  musulmon bo‘lish uchun Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni istab kelayotganini aytdi. U bilan hamroh bo‘ldik, hijriy sakkizinchi yil safar oyining birinchi kuni Madinaga kirib keldik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rganimda u Zotga iymon kalimasi bilan  birla salom berdim. Shu u Zot ochiq yuz bilan salomimga alik oldilar. Darhol men musulmon bo‘ldim va haqiqiy guvohlikni berdim.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Seni aqlingni ko‘rib, bu aql seni faqat yaxshilikka olib boradi, deb umid qilgan edim.
Va Rasululloh solllallohu alayhi vasallamga bay’at qilib aytdim: Men uchun Alloh yo‘lida mushriklikda qilgan har bir qilmishimga Allohdan mag‘firat so‘rang.
Aytdilar: Albatta, Islom o‘zidan oldingi har bir narsani yo‘qotib bitiradi.
Aytdim: Ey Allohning elchisi ,shunga qaramasdan. (Allohdan mag‘firat so‘rang). Aytdilar: Ey Allohim, «Xolid ibn Valid»ning seni yo‘lingdan to‘sib qilgan har bir qilmishini kechirgin.
Va Amr ibn Os va Usmon ibn Tolha ham oldinga o‘tdilar va musulmon bo‘ldilar. Va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga  bay’at qildilar.
Ko‘rdingizmi uning Payg‘ambarimizga aytgan so‘zini: men uchun Alloh yo‘lida tushkunlikda qilgan har bir qilmishimga Allohdan mag‘firat so‘rang?
Albatta, bu iboraga ko‘zi va fikrini qaratgan kishi Allohning qilichi va Islomning pahlavoni hayotidagi adashishga o‘xshash o‘rinlarni tushunishga muvaffaq  bo‘ladi.  Va biz uning hayot qissasidagi ushbu o‘rinlarga yetgan vaqtimizda bu ibora ularni tushunishlik va izohlashda boshlovchimiz bo‘ladi. Ammo hozirda, bas, darhol musulmon bo‘lgan Xolid bilan birga Quraysh chavandozi va undagi eng sarkash otlar sohibini ko‘rmoqligimiz uchun va jangu jadal dunyosidagi barcha arablarnining dohiysini ota-bobolarining ilohlari va qavmining shon- sharaflariga orqasini o‘girgan va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam va musulmonlar bilan birga tavhid kalimasi va Muhammad sollallohu alayhi vasallam bayrog‘i ostida tiklanishini Alloh taqdir qilgan yangi olamni istiqbol qilgan holda ko‘rmoqligimiz uchun. Demak, musulmon bo‘lgan holdagi Xolid bilan birga uning ishidan ajiblarini ko‘rmoqligimiz uchun.
Mo‘‘ta jangchi qahramonlari uchun mujohid xabarini eslaymizmi? Ma’lumki, ular: Zayd ibn Xorisa  va Ja’far ibn Abu Tolib va Abdulloh ibn Rovaha edilar. haqiqatdan ular Shom yeridagi «Mu’ta» g‘azoti qahramonlari edilar. U g‘azotiki unda Rum ikki yuz ming askar to‘plagan va unda musulmonlar beqiyos darajada sinovdan o‘tgan edilar. Va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ma’rakaning uch qo‘mondonining vafoti xabarini berib aytgan ulug‘ hamdard iboralari yodlaringizda bo‘lsa kerak: (Bayroqni Zaid ibn Xorisa oldida u bilan jang qildi, hatto u ham shahid qilindi. (Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu hadislarining davomi bo‘lib, biz uni bu sahifalardagi o‘z o‘rnigasaqlab qo‘ygan edik. Bunin«g davomi quydagicha: so‘ngra bayroqni Alloh qilichlaridan bo‘lgan bir qilich qo‘liga oldi, natijada Alloh uning qo‘lida g‘alaba berdi, demak, bu qahramon kim? Darxaqiqat, u Xolid ibn Valid bo‘ldi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam lashkarga qo‘mondon qilgan  uch  qo‘mondon Zaid , Ja’far va Rovahalar rahbarligi ostida oddiy askar sifatida «Mo‘‘ta» g‘azotiga shoshilib kelgan edi. Qo‘mondonlarning oxiri shahid bo‘lib yiqilgandan keyin bayroq tamonga Sobit ibn Arqom tez bordi-da, uni qo‘li bilan ushlab musulmon lashkarlari o‘rtasida baland ko‘tardi , toki tartibsizlik musulmonlarni to‘zitmagay deb. Va Sobit bayroqni ko‘tarib  Xolid ibn Volid tomonga yo‘naldi va dedi:«Ol bayroqni, ey Sulaymonning otasi». Xolid sobit ibn   Arqomga javob berib aytdi: «Yo‘q bayroqni olmayman,unga sen  haqliroqsan: yoshing katta va Badrda qatnashgansan . Va unga Sobit javob qildi:«Uni ushla, sen mendan jangni bilguvchiroqsan va Allohga qasamki, men uni faqat sen uchun oldim». So‘ngra musulmonlarga qarata qichqirdi:«Xolidning rahbarligiga rozi bo‘lasizlarmi?»Ular«Ha», dedilar. Va tug‘ma pahlavon o‘z ag‘umog‘i ustiga o‘rnashdi. Va bayroqni o‘ng qo‘li bilan oldinga go‘yo u bilan qahramon tezda sakrab-sakrab bosib o‘tadigan alangalik uzoq yo‘lda olishishligi vaqti kelgan berk eshiklarni taqillatish uchun cho‘zdi. Bu ochilish Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hayotlarida va u Zot vafotlaridan keyin, hatto taqdirlar uning odatdan tashqari qahramonligining belgilangan marrasiga olib borguncha. Jang taqdiri aniqlanib qolganidan keyin lashkar amirligini Xolid qabul qildi. Musulmonlardan  qurbonlar ko‘p va qanotlari qayrilgan.  Rum lashkari esa son-sanoqsiz va har narsani vayron qilguvchi g‘olib bo‘lib tantana qilgan holda.Bu holatda     yo‘lboshchisi amalga oshirishi kutilgan yagona ish Islom lashkarlaridagi qurbonliklarni to‘xtatish va qolganlarini jang maydonidan  salomat olib chiqish edi.   Bu o‘rinda Allohning qilichi burgutniki singari ikki ko‘zini keng jang maydoniga qadab oldinga o‘tdi va hayolida nur tezligi bilan rejalar tuzdi. Va lashkarlarni bir necha guruhlarlarga bo‘ldi so‘ngra har bir guruhlarga o‘z vazifasini topshirdi. Va yetuk dahosi va mo‘jizaviy mahoratini ishlata boshladi. Hatto Rum lashkari orasidan keng ochiq yo‘l ochdi,natijada musulmon lashkari sog‘ va salomat chiqib ketdi ! Va bu jangda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Xolidga bu buyuk laqabni munosib  ko‘rdilar.
Quraysh Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan qilgan sulxni buzadi. Natijada musulmonlar u Zot rahbarligi ostida Makkani fath qilish uchun qo‘zg‘aladilar. Va lashkarlarning o‘ng tamoniga Payg‘ambar alayhissalom   Xolid ibn Validni amir qiladilar. Va Xolid Makkaga musulmon lashkari va musulmon ummati  boshliqlaridan biri bo‘lib  kirib keladi. Va xayoliga go‘daklik xotiralari, uning shirin  o‘tloqlari. Va yigitlik xotiralari uning jo‘shqin ko‘ngil ochishlari keladi. So‘ngra o‘z umrini ojiz kasod butlarga foydasiz qurbon qilgan uzun kunlar xotiralari uni qo‘zg‘atadi. Va pushaymonlik qalbini ezmasidan ilgari bu ko‘rinish ulug‘vorligi va titrog‘i ostida to‘lib toshadi. Makkaga bosib kelayotgan nur ko‘rinishi. Hali jisimlaridan azob va dahshat asoratlari ketib ulgirmagan bechoralar ko‘rinishi, ular undan zulm va tajovuz ila chiqarilgan shaharga qaytmoqdalar unga kishnab turgan arg‘umoqlari ustida va xiltirab turgan Islom bayroqlari ostida qaytmoqdalar. Va kecha Arqomning havlisida munojot qilgan shivirlashlari bugun Makkada yangratgan yetuk takbirlarga va zafarlik ko‘rkam tahlillarga aylangan holda butun borliq go‘yo  bir bayramga cho‘mgandek ko‘rinadi! Bu mo‘‘jiza qanday komil bo‘ldi? Bu hodisani izohi bormi? Hech narsa bu zafarlik jangchilar o‘z takbiri va taxlillari orasida ba’zilari ba’zilariga qaragan holda hursand bo‘lib takrorlayotgan bu oyatdan o‘ziga hech qanday izoh yo‘qdur:«Allohning va’dasi haq. Alloh o‘z va’dasiga hilof qilmaydi». Va Xolid boshini yuqori ko‘tardi va havas , hayrat , mehr ila ufqni to‘ldirgani Islom bayrog‘iga tikildi va o‘ziga-o‘zi dedi::«To‘g‘ri… Albatta, u Allohning va’dasi».
Va Alloh o‘z va’dasiga xilof qilmaydi! So‘ngra o‘zini Islomga hidoyat qilgan va o‘zini va bu buyuk fath kunida Makkaga Islomni olib keluvchilardan biri qilgan.
Murtadlik lashkarlari o‘zining ulkan hiyonatini amalga oshirish uchun tayyorlana boshlagan chog‘ida buyuk halifa Abu Bakr musulmonlar lashkarini shahsan o‘zi boshlab borishga azmu qaror qildi. Va sahobalarning kattalari uni bu qarordan qaytarish uchun ko‘p umidsiz o‘kinchlar qildilar. Va lekin u qat’iylikda ziyoda bo‘ldi.  Abu Bakr musulmonlarni safladi va ularni bani Abs va bani Murra va Zubyon qabilalari ko‘p sonli lashkar sifatida chiqqan tomonga boshladi.  Urush boshlandi, so‘ngra musulmonlarga quvvatlik va buyuk g‘alaba nasib bo‘ldi. Va g‘olib lashkar Madinaga o‘rnashmasdanoq halifa ularni kelguvchi jangga chorladi. Va murtadlarning habarlari va to‘planishlari har soatda hatari ziyoda bo‘la bordi. Va Abu Bakr bu ikkinchi lashkar ustida ham boshliq bo‘lib chiqdi. Va lekin sahobalarning kattalarining sabri tugadi. Va halifani Madinada turishligiga yakdil bo‘ldi. Hazrat  Ali Abu Bakrning yo‘lini to‘sib  u mingan ulovning tizginidan ushladi.   Bas, unga aytdi:«Qaerga, ey Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning halifasi ? Albatta, men senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Uxud kunida aytgan so‘zlarini aytaman: «Qilichingni qiniga sol, ey Abu Bakr, va bizni o‘z nafsing bilan (hatarga qo‘yib) cho‘chitma». Musulmonlar tarafidan bo‘lgan bu yakdil qaror oldida halifa Madinada qolishlikka rozi bo‘ldi. Va lashkarni o‘n bir guruhga taqsim qildi, har bir guruhga yo‘nalishini belgilab berdi. Va bu guruhlardan katta bir guruhga Xolid ibn Valid amir bo‘ldi.  Xalifa har bir amirga o‘z bayrog‘ini topshirgach, Xolid tarafga yo‘naldi va unga xitob qildi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning aytganlarini eshitdim, Allohning bandasi va qabila birodari Xolid ibn Valid qanday yaxshidir. U Allohning kofir va munofiqlariga qarshi sug‘irgan qilichlaridan bir qilichdir».
mmmm Xolid bu lashkari bilan bir jangdan ikkinchisiga va bir g‘alabadan ikkinchi g‘alabaga o‘tgan holda o‘z yo‘lida davom etdi, hatto hal qilguvchi jang bo‘lguncha.
Yamomada bani Xanifa va unga qo‘shilgan qabilalar va barcha murtadlik lashkarlarining eng hatarlisini to‘plagan bo‘lib unga Musaylamatul kazzob boshchilik qilar edi. Va ba’zi musulmon kuchlar Musaylama lashkari bilan o‘z ulushini tajriba qilib ko‘pgan va uni yenga olmagan edi. Xolidga    xalifaning:«Bani Xanifa tarafga yursin», degan buyrug‘i keldi.  Xolid yurdi,  Musaylama ibn Volidning o‘zi tomonga yo‘lga chiqqanini bilgach, lashkarni qaytadan tartibga soldi. Va undan haqiqiy xatar va daxshatlik raqib vujudga keltiradi. Va bu ikki lashkar uchrashadi. Va siz tarix va siyrat kitoblarida bu daxshatlik jangning borishini mutolaa qilgansiz.  Xolid o‘z lashkari bilan Yamomaga qarab turgan baland tepalikdan tushib keldi va Musaylama o‘z kibri va tajavvuzida qarshi oldi. Lashkarning saflari ko‘plitgidan oxiri bilinmas edi!  Xolid tuz va bayroqlarini askar boshliqlariga bo‘lib berdi. Va ikki lashkar bir-biriga hamla qildi va daxshatli jang davom etdi. Va musulmon shahidlari qattiq bo‘ron yiqitgan bog‘ga gullaridek paydar-pay yiqildilar! Va Xolid dushmanlar pallasining og‘irligini ko‘rdi va arg‘umog‘i bilan yaqin tepalikka ko‘tarildi va jang maydoniga tez-ziyrak va chuqur bir nazar soldi. Va shu zahoti lashkardagi zaiflik nuqtalarini idrok qildi va hisobladi. Musaylama lashkari to‘satdan qilgan hamlasi ostida ma’suliyat hisining zaiflashganini ko‘rdi. Va shu lahzani o‘zida barcha musulmonlar qalbda ma’suliyat o‘tini oxirigacha alangalantirishga qaror qildi. Va o‘ziga lashkarning o‘ng va so‘l tomonlaridagi boshliqlarini chorladi. Va ularni jang maydonidagi o‘rinlarini qaytadan taqsimladi. So‘ngra g‘olib tovushi bilan sayha tortdi: «Bir-birlaringdan ajralib turinglar bugun har bir qabilani sinovga dosh bermoqliklarini ko‘rmoqligimiz uchun».Va barcha alohida-alohida ajralib turdilar. Muxojirlar o‘z bayroqlari ostida va ansorlar o‘z bayroqlari ostida: Va har bir ulug‘ o‘z bayrog‘i ostida va shunday qilib mag‘lubiyat kelgan vaqtida uni qaerdan kelganligi tamoman ravshan bo‘ldi. Va nafslar qiziqqonligi sho‘‘lalandi va yolqinlanib yondi. Va azm va havasga to‘ldi.  Xolid vaqti-vaqti bilan takbir yoki tahlil yoki sayha tortib u bilan buyruq berar, natijada lashkarning qilichlari ularning g‘oyalariga to‘suvchi va ishlariga qaytaruvchi bo‘lmagan taqdirlariga aylanar edi.  Sanoqlik daqiqalarda jang yo‘lalishi o‘zgardi va Musaylamaning askarlari o‘nglab va yuzlab, balki minglab yiqila boshladi, halok qilguvchi pashsha dorining purkalgan zaharlari undagi hayot nafaslarini bo‘qqan pashsha kabi! Darhaqiqat, Xolid o‘zidagi ko‘tarinki kuchni qahrabo (elektr toki) yanglig‘ o‘z askarlariga uzatar va uni ruhi barcha lashkariga o‘rnashgan edi. Va bu xislat ham uning yorqin tug‘ma dahosi hislatlaridan biri bo‘ldi.  Shunday qilib, ma’rakalarining eng hatarlisi va urushlarning eng qattig‘i da’vom etdi. Musaylama o‘ldirildi. Va uning odamlari va lashkarlarining jussalari urush maydonini to‘ldirdi va tuproq ostiga ilalabad bu yolg‘onchi da’vogarning bayrog‘i ko‘mildi.
Va Madinada halifa buyuk oliy Robbisiga shukur namozini o‘qidi, ularga bu g‘alabani va bu qahramonni ato etgani uchun.  Abu Bakr ziyrakligi va qalb ko‘zi birla o‘z yurti chegaralari ortidagi mujassam yomonlik quvvatlarini Islom va uning ahlini kelajagiga tahdid qilishidagi hatarlik da’voni idrok qildi. Iroqdagi forslar va Shom shaharlaridagi rumliklar. Ikki telba imperiya o‘zining uzoq nasibalaridan l. Iroqdagi forslar va Shom shaharlaridagi rumliklar. Ikki telba imperiya o‘zining uzoq nasibalaridan bo‘lgan chirigan iplarga osilar, Iroq va Shomda insonlarga yomon azob ko‘rsatar, bu yangi din bayrog‘ini va uning cho‘kichlari bilan barcha qadimiy olam qal’alariga urgan va uning fasodi va qoldig‘ini sug‘urib tashlayotgan musulmon arablarga qarshi jang qilishga majburlar edi. Shu paytda buyuk muborak halifa Xolid ga o‘z askari bilan Iroq tamonga yurishga buyurgan ko‘rsatmalarini yubordi. Va bu qahramon Iroqqa yurdi. Shoyatki, bu sahifalar uning g‘alaba karvonlariga ergashish uchun keng bo‘lsa. U vaqtda biz ulardan ajib ishlarni ko‘rar edik. haqiqatdan Iroqdagi ishini Kisroning Iroq shahar va qishloqlaridagi barcha voliy va noyiblaridan maktublari birla boshladi. Xolid ibn Voliddan Foris hokimiga: «Bismillahir rohmanir rohim. To‘g‘ri yo‘lga ergashganlarga salom bo‘lsin. Ammaba’d. Xizmatchilarini tarqatgan va mulklaringni tortib olgan va makru hiylalaringni zaiflashtirgan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin. Kim namozni o‘qisa va qiblamizga yuzlansa va so‘ygan hayvonlarimizdan yesa, demak, u musulmondir. Biz uchun nima bo‘lsa, unga ham shu narsa. Va bizning zimmamizga nima lozim bo‘lsa, unga ham shu. Agar sizlarga bu maktubim borsa, menga garovlarni yuboringiz va mendan ahdu vafo  kutingiz va unday bo‘lmasa, undan boshqa ma’bud yo‘q Zotga qasamki, sizlarga sizlar hayotni suygan kabi o‘lishni suyguvchi qavmni yuborgayman!»Va uning atrofiga yuborgan izquvarlari Iroqdagi Fors boshliqlari uchun tayyorlanayotgan ko‘p sonli lashkarlar hisoblarini olib keldi. Shunda u vaqtni behuda ketkazmadi va o‘z askarlari bilan botilni yo‘q qilish uchun uning ustiga yura boshladi. Yer unga ajib suratda qisqarib borar edi.
Islomning Iroqda Fors ustidan ergashgan g‘alabasi Shomda Rum ustidan shunga o‘xshash g‘alaba qilishga darakchi bo‘ldi. Abu Bakr  Siddiq turlik lashkarlarini tO‘pladi va ularning amirligiga bir necha mohir sarkardalarni qo‘ydi. Abu Ubayda ibn Jarox va Amr ibn Os,  Muoviya ibn Abu Sufyon va bu lashkarlarining habarlari Rum imperiatoriga yetib borgan vaqtda vazirlari va lashkarlar boshlariga musulmonlar bilan sulh qilish va ular bilan boy beruvchi urushga kirmaslik bilan nasihat qildi va dedi:«Allohga qasamki, ularning vasvaslarini Xolid bilan davolayman». Demak Rum barcha dahshatlarini keltira bersin va musulmonlar bilan birga bu «malham» bor! Ibn Volid lashkarini safladi va ularni bir necha guruhlarga ajratdi. Va Rum uslubiga muvofiq Iroqda ularning birodari Forsning urush usullaridan habardor bo‘lgandan keyin xujum va mudafaaning yangi bir rejasini qo‘ladi. Va ma’rakaning har bir o‘rinlarini belgilab berdi. Va tajjubligi shundaki albatta ma’raka holid belgilagan va kutgandek qadama-qadam va harakat-boharakat davom edi, xatto shunday ko‘rindiki agar u jangdagi qilich zarbalarini oldin aytganida o‘lchov va hisobda hatto qilmagan bo‘lur edi. Rumdan kutgan har bir harakatni ular qildilar. U oldin aytgan har bir yurishni ular amalga oshirdilar. Va jangga kirishishdan ilgari lashkarning ba’zi askari, hususan,  Islomga yangi kirgan kishilar Rum lashkarining ko‘rinishi  vujudga keltirgan dahshat va qo‘rquvni ko‘rganlaridan keyin qochish ehtimoli uning hayolini ozgina band etdi. Xolid g‘alabaga erishish yo‘li bir narsada deb bilar edi. U Sobotdir ! Va yana  shuni bilar ediki, albatta, ikki yo uch kishining lashkar ichida beqarorligi   butun dushman lashkari qodir bo‘lmagan narsalarni tarqatishligi mumkin Bu sababdan qurolini tashlab orqa o‘girib qochgan kishiga nisbatan murosasiz to‘suvchi edi.  Shu jangda − ayni bu yamluk jangida − lashkar o‘z o‘rnini olganidan keyin musulmon ayollarni  chaqirdi va birinchi marotaba ularning qo‘liga qilich berdi va ularga har bir tomondan musulmon saflarini orqasiga turishga buyurdi va ularga aytdi: «Kim orqa o‘girib qochsa, bas, uni o‘ldiringlar». Va bu yetuk tadbir o‘z vazifasini yuksak darajada oqladi!  Jang boshlanishdan oldin Rum qo‘mondoni unga bir qancha so‘z aytmoqlik uchun o‘z qarshisiga Xolidning chiqmoqligini talab qildi. Va uning qarshisiga Xolid chiqdi ikkalalari ikki lashkar orasini ajratib turgan yalanglikda otlari ustida yuzma-yuz keldilar.  Rum qo‘mondoni « Xolidga hitob qilib so‘zladi: «Biz bilamizki, albatta, sizlarning yurtlaringdan ochlik qiynalishdan boshqa narsa chiqmagan. Agar hoxlasangizlar, har birlaringizga o‘n tillo pul va ust-bosh va oziq-ovqat beraman va sizlar yurtlaringizga qaytib ketasizlar va kelgusi yilda yana sizlarga shu miqdorda narsa yuboraman».   Xolid unga munosib javob berishga qaror qildi va aytdi: «Albatta, bizlarni yurtimizdan sen aytgandek ochlik olib chiqmadi va lekin bizlar qon ichidagi qavmdirmiz va bildikki, albatta, Rumning qonidan ko‘ra toza va ishtihalik qon yo‘q. Bas, shuning uchun keldik». Va qahramon arg‘umog‘ining tizginini burdi o‘z lashkari saflari tamon qaytgan holda. Va bayroqni baland ko‘tardi, jangni e’lon qilgan holda. «Allohu Akbar», «Alloh har narsadan buyukdir». «Jannat shabodalari esgin». Uning lashkarlari otilgan o‘qdek joyidan qo‘zg‘aldi va daxshatning naziri yo‘q bir jang boshlandi.   Va rumliklarga musulmonlar tomondan ular kutmagan narsalar zohir bo‘ldi. Xolid ibn Valid o‘z askaridan yuztasi  bilan Rumning chap qanotiga tashlanadilar, vaholangki, ularning adadi qirq ming edi. Va Xolid o‘zi bilan bo‘lgan yuz kishiga qarata sayha tortdi: «Nafsim Uning qudrat qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Rumda kuch va toqat qolmadi magaram ko‘rib turganlaring). Va albatta, men Alloh sizlarga ularning yelkalarini (erga tekkazmoqlaringni) berishligini umid qilaman. Yuz kishi qirq ming kishiga hujum qilib  g‘olib bo‘l dilar. Va lekin qanday ajablanish bo‘lishi mumkin. Ularning qalblari buyuk oliy Allohga bo‘lgan iymonga to‘la emasmi? Va hayot masalalarining vafo va hidoyat va aql to‘g‘risida bo‘lgan eng ko‘pi bo‘lgan masalaga ishonch bilan to‘lgan emasmi? Va ularning halifasi «As Siddiq» roziyallohu anhu   emasmi. U shunday kishiki, davlatlari dunyo ustida ko‘tarilgan chog‘ida  Madinada yangi olamning yangi poytaxtida o‘z qo‘li bilan bevalarning qo‘yini sog‘moqda. Va ikki qo‘li bilan yetimlarning nonining hamirini qormoqda. Va ularning lashkarboshlari tajovvuz , zulm va zo‘ravonlik vasvasalarining malhami va shirk va aynishlik va qoloqlik quvvatlariga qarshi Allohning sug‘urilgan qilichi Xolid ibn Volid emasmi? Oyo ular bunday bo‘lmadilarmi? Demak, g‘alaba shamollari esaversin.
Darhaqiqat «Xolid»ning tug‘ma dahosi Rum qo‘mondonlari va lashkarboshlarini lol qoldirgan, hatto ulardan birining Jarjax bo‘lib Xolidni urush orasidagi dam olishi vaqtlaridan birida ko‘rishish uchun chorladi.  Ular uchrashgan vaqt da Rumlik qo‘mondon Xolidga qarab so‘z boshladi: Ey Xolid menga rost aytgin va menga yolg‘on gapirma, albatta, hur kishi yolg‘on gapirmaydi. Alloh sizlarning Payg‘ambaringizga osmondan bir qilich tushiribdi, uni kimga qarshi sug‘ursang, albatta, uni yengarmushsan, shu to‘g‘rimi?» Xolid aytdi: «Yo‘q». Boyagi kishi dedi: «Bo‘lmasa, nega sen Allohning qilichi deb nomlanding?» Xolid aytdi: «Albatta, Alloh bizga o‘z elchisini yubordi va bizlardan ba’zimiz uni tasdiq qildi va ba’zimiz uni yolg‘onchi qildi. Va men ham yolg‘onchi qiluvchilardan bo‘ldim, keyin  Alloh qalblarimizni Islomga bog‘ladi va bizni o‘z elchimiz bilan hidoyat qildi. Natijada biz ul Zotga bay’at qildik. Va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam meni duo qildilar va menga sen Allohning qilichlaridan bir qilich deb atadilar va shunday qilib men Allohni qilichi deb nomlandim» Rumlik qo‘mondon dedi: «Sizlar qaysi narsaga chaqirasizlar?» Xolid aytdi: «Allohni bir deb bilishga va Islomga». U dedi:«Bugun Islomga kirgan kishiga sizlar kabi savob ajr bo‘ladimi?» Xolid aytdi: «Ha va afzalroq». Haligi kishi aytdi: «Qanday, vaholanki, sizlar bizdan oldin kirgansizlar-ku?!» Xolid aytdi: «Darhaqiqat, biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga yashadik va biz ul Zotning dalilllari va mo‘‘jizalarini ko‘rdik. Va biz ko‘rgan narsalarimizni eshitgan kishining osonlik bilan Islomga kelmoqligi haqdir. Ammo sizlar, ey u Zotni ko‘rmagan va u Zotni eshitmagan so‘ngra iymon keltirgan kishilar, albatta, ajrlaring kattaroq, agar ichlaring va niyatlaringni Allohga rost qilsangizlar». Va Rumlik qo‘mondon sayha tortdi va otini Xolid yoniga yaqinlashtirdi va yonida turib aytdi: «Ey Xolid, menga Islomni o‘rgat». Va musulmon bo‘ldi.  Alloh uchun ikki rakat namoz o‘qidi. Undan boshqa namoz o‘qimadi, chunki  ikki lashkar jangni qaytadan boshlashgan edi. Va rumlik Jarjax musulmonlarning safida shahidlik talabida ayovsiz jang qildi, hatto u shahidlikka erishdi va u bilan zafar topdi. Nogahon Madinadan yangi halifa amirul mo‘‘minin Umar ibn Xattobning maktubini olib kelgan xabarchining kelishligi kutilmagan ish bo‘ldi. Ul maktubda al Foruqning musulmon lashkariga salomi va Rasululloh sollallohu alayhining halifasi Abu Bakr as Siddiq roziyallohu anhuning  vafot etganligi xabari. So‘ngra uning Xolidni rahbarlikdan chetlatib  uning o‘rniga Abu Ubayda ibn Jarrohni tayinlash haqidagi buyrug‘i bor edi. Xolid maktubni o‘qidi va Abu Bakrga rahmat so‘rab va Umarga tavfiq so‘rab pichirlab iltijo qildi. So‘ngra maktubni olib keluvchi kishidan undagi so‘zlarni biror kishiga izhor qilmasligini talab qildi va o‘zi buyurgan joyda turib u yerdan qimirlamaslikka va biror kishi bilan bog‘lanmaslikga buyurdi. Abu Bakrning o‘limi va Umarning buyruqlarini berkitgan holda jangga bo‘lgan rahbarligini davom ettirdi. hatto yaqinlashayozgan g‘alaba amalga oshguncha. Va qahramonimiz Abu Ubaydaning oldiga kelib oddiy askar o‘z qo‘mondoniga beradigan salom bilan salomlashdi. Va bu holatni Abu Ubayda dastlab hayolida yo‘q g‘alabani amalga oshirgan qo‘mondonning hazillaridan bir hazil deb o‘yladi. Va albatta u bu holatning haqiqat va jiddiyligini bilgan chog‘ida Xolidning ikki ko‘zi orasidan o‘pdi va uning nafsi ahloqining buyukligiga tahsin va ofarinlar aytdi. Albatta, bu maktub amirul mo‘‘minin Umar tomonidan Abu Ubaydaga yuborilgan va jang tugaguncha Xolid berkitgan. Va bu ish barobar unday bo‘lsin yoki bunday bo‘lsin farqi yo‘q. Albatta, bu ikki holatdagi Xolidning yo‘nalishi biz uchun muhimdir. Va haqiqatdan u ulug‘lik va buyuklik va yetuklikning eng cho‘qqisiga yetgan yo‘nalishi bo‘ldi. . Demak u uchun amir yoki oddiy askarlik kabi ikkovidan har biri uning o‘zi iymon keltirgan Allohga va o‘zi bay’at qilgan Payg‘ambariga va o‘zi qabul qilib  uning bayrog‘i ostida yurgan dinga nisbatan o‘z burchini ado qilishga bir sababdir, xalos. Va uning sarflagan kuchi  u itoat qilingan amir bo‘lgan holda itoatlik oddiy askar xolidagi sarflagan kuchi kabidir. Va darhaqiqat, uning o‘z nafsi ustidan qilgan bu buyuk g‘alabasi unga boshqalar uchun tayyorlayotgani kabi o‘sha vaqtdagi musulmon davlat va musulmon ummat ustida turgan halifalarning namunaviy nusxasini tayyorladi. Abu Bakr va Umarning. Bu ikki ism til bu ismlarni yuziga chiqarar-chiqarmas, hatto inson buyukligi va inson fazilatlaridan bo‘lgan har bir mo‘‘jiza xayolga keladi.  Umar bilan Xolid orasidagi gohida yo‘q bo‘lgan do‘stlikka qaramasdan, albatta, Umarning adolati va sofligi va parhezkorligi va odatdan tashqari buyukligi hargiz Xolidning nazdida savol o‘rnida turmas edi. Va shu sababdan uning qarorlari shak-shubhalarni chiqargan qalb parhezkorlik va to‘g‘rilik va ixlos sadoqatdan har bir yetuk va pokiza qalb yetib bora oladigan eng yuksak darajaga yetib olgan edi.
Amirul mo‘‘minin Umar Xolidga nisbatan yomonlik ushlamas va lekin uning qilichidagi tezlik va o‘tkirlikni tanqid qilar edi. Haqiqatdan u bu fikrni Molik ibn Nuvayra o‘ldirilgandan keyin Abu Bakrdan uni bekor qilishni so‘ragan chog‘ida izhor qiladi. Va aytdi: «Albatta Xolidning qilichida tezlik bor, ya’ni o‘tkirlik ,engillik va shoshilish». Shu vaqtda unga halifa as Siddiq javob berdi: «Alloh kofirlarga qarshi sug‘irgan qilichini ayblay olmayman». Umar Xolidda tezlik bor demadi, balki tezlikning uning qilichiga nisbat beradi. Shaxsiga emas bu so‘zlar amirul mo‘‘minining odobligini emas, balki shu qatorda Xolidning taqdirlashini ham ifoda qiladi. Va Xolid beshikdan lahatgacha xarb kishidir. hayoti Islomdan ilgari va undan keyin xatarga soluvchi bir chavandozning libosidir.  Va qilich Xolid ibn Volid kabi odatdan tashqari jangchi qo‘lida bo‘lar ekan, so‘ngra uni ushlovchi qo‘lni poklash va o‘ch olish harorati bilan yongan adovat va fitnalar bilan qurshab olingan din uchun mushtoq muhabbat bilan to‘lgan vijdon harakatga solar ekan, demak, u kabi qilichni o‘zining qat’iy maqsadlari va tez o‘tkirligidan voz kechish qiyindir. Va shunday qilib, Xolidning qilichini o‘z egasiga ko‘p qiyinchiliklar keltirishiga sabab bo‘lganligini ko‘ramiz. Uni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam  fathdan keyi Makkaga yaqin bo‘lgan ba’zi arab qabilalariga yuborgan va unga aytgan vaqlarida: «Albatta, men seni da’vatchi qilib yuboryapman, uruvchi emas». Qilichi unga u Zotning buyrug‘idan g‘olib keldi. Va uni urushuvchi davraiga olib bordi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam unga tavsiya qilgan da’vatchilik davrasidan voz kechgan holda. Bu narsa Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ko‘p qayg‘u chekishlariga sabab bo‘ldi. U Zotga Xolidning qilmishining habari yetib kelgach qiblaga qarab ikki qo‘llarini ko‘tarib. Allohga ushbu so‘zlar bilan uzr aytgan holda turdilar: «Ey Allohim, albatta, men Xolidning qilgan qilmishidan ayibsizligimni senga izhor qilaman». So‘ngra Alini yuborib ularni qonlari va mollarining xunini to‘ladilar.  Xolid odatdan tashqari kuchga ega edi. Va uni qat’iy bir ishtiyoq o‘zining qadimiy barcha olamini buzishga chorlar edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uni«Al Uzzo»ni  buzish uchun yuborganlarida   qo‘lida cho‘kich bilan haykalni buzayotgan Xolidning siymosida bir butun lashkar bilan urush qilayotgan, dushman askarlarining boshini uzayotgan bir kishini ko‘ramiz. Xolid o‘ng qo‘li , chap qo‘li va oyog‘i bilan zarba urar va parchalangan bo‘laklar va tushgan tuproqqa qaratday deb  sayha tortar edi: «Ey uzzo, seni ulug‘lamayman, balki inkor qilaman. Albatta, men  seni Alloh xorlaganini ko‘rmoqdaman». So‘ngra uni yoqadi, tuprog‘iga o‘t qo‘yadi. Shirk ko‘rinishlari va uning qoldiqlarini har biri Xolidning nazdida al uzzo kabidir. Xolid  bayroqlari ostida turgan bu yangi olamda unday narsalar  uchun o‘rin yo‘q. Va Xolid ularni tugatish uchun o‘z qilichidan o‘zga asbobni bilmaydi.
Xolid vafot etgan kuni( Ayollar Xolid kabi kishini tug‘ishdan ojiz bo‘ldi.)     Umar unga ko‘p yig‘ladilar va odamlar keyin bildilarki, albatta, Umar Xoliddan undan ajrab qolganining o‘zigagina yig‘lamayapti, balki o‘lim Umardan bir fursatni zoe qilganiga yig‘layapti. Chunki u odamlarning maftun bo‘lishlari ketganidan keyin agar unga o‘lim yetmaganida, Xolid Robbisi huzuriga shoshmaganida amirlikni Xolidga qaytarishga qaror qilgan edi. Xolidga do‘stlari va dushmanlari shunday ta’rif bergan edilar:«Bir kishiki uxlamaydi va hech kimni uxlagani qo‘ymaydi».  Albatta, bu kishining hidi va hushbo‘yligi doimo va abadiy ot kishnagan va qilichlar yaltiragan hamda musulmon lashkarlari ustida tavhid bayroqlari hilpiragan vaqtda mavjud bo‘ladi.U  aytar edi: «Menga kelinchak hadya qilingan yoki undan farzand bilan hushxabarlangan bir kecha men uchun muhojirlardan bo‘lgan sariya (lashkar) orasida, ular bilan tongda mushriklarga hujm qiladigan qirg‘ini qattiq kechadan suyukli emas». Shu sababdan hayotining fojeasi , uning fikricha, to‘shagida o‘lmoqlikdir. Vaholanki, u butun hayotini arg‘umog‘i ustida va qilichining tovlanishi ostida o‘tkazgan kishidir. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan g‘azot qilgan va qancha-qancha  shijoat sohiblarini yenggan , Rum va Fors taxtlarini tuproq bilan bir tekis qilgan , Iroqda yerni qadamba-qadam bosib o‘tib ,uni islom uchun fath qilgan kishidir. Oddiy askarning oddiyligi va kamtarligiga ega bo‘lgan amir. Va amirning mas’uliyati va kuch qudratiga ega oddiy askar bo‘lgan holda. Bu qahramonning hayot fojeasi o‘z qahramonning to‘shagida o‘lmoqligi bo‘ldi. Bu vaqtda ko‘z yoshlari ikki ko‘zidan oqib aytdi: «Darhaqiqat, falon va falon jangda qatnashdim ;jasadimda bir o‘rin yo‘qki, unda qilich zarbasi yoki qilich suqilishi yoki o‘q tegish jarohati bo‘lmasa. Endi esa   to‘shagimda, istagimga qaramay, tuya o‘lgandek o‘lmoqdaman».   Va safar lahzalarini istiqbol qilgan chog‘da vasiyatini yozdirishga kirishdi.U bor bisotini Umar ibn Xattobga vasiyat qilib qoldirdi. Uning qoldirgan merosi  oti va qurol aslahasi hamda bo‘rki (uning ichida rasululloh sollallohu alayhi vasallamning soch tolalari bor edi) .
Va oxirida qahramonning jasadi o‘z hovlisidan do‘stlari yelkasida ko‘tarilgan holda chiqdi. Va uni safarga chiquvchi qahramonning onasi ularga azm yaltirashligi g‘amginlik pardasiga aralashgan ikki ko‘zi bilan kuzatdi va vidolashib aytdi:«Sen qavmning millionidan yaxshisi. Sen bolalarini himoya qilgan arslondan ham shijoatlisan. Bas, sen tog‘lar orasidan to‘lib oqayotgan seldan ham saxovatlisan.  Bu so‘zni Umar eshitib qalbining urishi tezlashdi,  ko‘z yoshining otilishi kuchaydi. Va aytdi: «Onasi rost aytdi. Allohga qasamki, albatta, u haqiqatdan shunday edi». Qahramon o‘z xabgohiga yotkazildi. Va do‘stlari bosh egib turdilar ,tegralaridagi dunyo jim, homush odob saqlab turar edi. Bu daxshatli jimlikni biz hayol qilgan kabi arqonini uzib va Madina ko‘chalaridan bosib o‘tib sohibining jasadi orqasida uning hidi va muattarligi yetaklagan holda yugurib kelgan otining kishnashidan o‘zga tovush buzmadi. Va u homush jamoat va nami ketmagan qabrga yetganda boshini bayroq kabi burdi va uning kishnashi qahramon uning ustida turib Fors va Rum taxtlarini titratgan va Islom yo‘lidan barcha orqaga ketish va shirk quvvatlarini olib tashlagan vaqtlarida qilganiga to‘la monand shaklda baland yangradi..   So‘ngra ikki ko‘zini qabrdan uzmagan holda, hojasi va pahlavoniga bu ishi bilan vidolashuv salomini ado qilgan holda  ko‘zlaridan ko‘p va mo‘l yoshlar oqqan holda turib qoldi. Darhaqiqat, uni Xolid qurol aslahasi bilan Alloh yo‘liga vaqf qilgan edi. Va lekin Xoliddan keyin uning beliga o‘tirishga biror chavandoz qodir bo‘larmikan? Yoki ot  o‘z ustiga undan boshqa kishini o‘tqizarmikan? Ey har bir g‘alabaning qahramoni, senga olqish bo‘lsin!  Ey Abu Sulaymon, sening subhingga maqtov bo‘lsin. Va xotirangga ulug‘lik va abadiylik va muattarlik bo‘lsin, ey Xolid. Keling, bizlar ham amirul mo‘‘minin Umar bilan birga sen bilan vidolashib va senga marsiya aytgan ushbu shirin, totlik so‘zlarini takrorlaylik:«Alloh Abu Sulaymonni rahmat qilsin. Alloh huzuridagi narsalar bu yerdagi narsalardan yaxshidir. Va darhaqiqat, u maqtovga sazovor holda yashadi. Va baxtli holda o‘ldi».
Xolid Muhammad Xolidning «Rijalun havlar-Rasul» kitobidan.
 
XOLID IBN VALID (? — 642) — ilk islom davridagi arab sarkardasi. Dastlab musulmonlarga qarshi kurashgan. Uhud jangidan so‘ng islomni qabul qilgan (629).
Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng Arabiston yarim orolidagi arab qabilalarining isyonlarini bostirgan. Hirotni egallagan musulmonlar qo‘shiniga qo‘mondonlik qilgan, Mesopotamiyada laxmiylarni tor-mor keltirgan.
Sarkarda Amr ibn al-Os bilan birga Suriya fathida qatnashgan, keyinchalik bu yerda voliy bo‘lgan. Musulmonlar jamoasi oldidagi buyuk xizmatlari uchun «Sayfulloh» — «Allohning shamshiri» faxriy unvonni olgan.
Islom ensiklopediyasidan
«Ухламайди ва ҳеч кимни ухлагани қўймайди».
Албатта, унинг иши ажибдир. Бу Ухуд кунида мусулмонларни енгган ва қолган жангларда ислом душманларини енгган кишидир! Келинг, унинг қиссасини бошланишидан келтирайлик. Ва лекин қайси бошланишидан? Албатта, унинг ўзи ўз ҳаёти бошланишини тан олмайди, магарам Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васалламга байъат қилиб қўл узатган ўша кунни тан олади. Ва агар кучи етганда ўз умри ва ҳаётидан ўша кундан илгариги йиллар кунларни ўчирар эди. Келинг, у билан бирга у сўйган вақтдан бошлаймиз, ўша ёрқин лаҳзаданки,унда қалбига эгилган ва руҳи у вақтда Раҳмоннинг ўнг қўлидан ва Унинг икки қўлидан ҳар бири ҳам ўнгдир узатишни қабул қилган ва натижада Унинг дини ва элчиси ва ҳақ йўлда буюк шаҳидликка бўлган иштиёқи билан тўлган, елкасидан ўтмиш кунлардаги ботилга ёрдамлашиш гуноҳларини ташлаган лаҳзасидан.
Дарҳақиқат, ўзи билан ҳоли қолди ва етук ҳаёлларини ҳар куни байроқлари кўтарилиш ва нурланишда зиёда бўлаётган бу янги дин атрофида айлантирди. Ва ғойибларни билгувчи Аллоҳга ўзига ҳидоятдан бир сабаб билан мадад бермоқлигини сўраб орзу қилди. Ва заковатлик қалбида ишонч даракчилари кўринди-да айтди: (Аллоҳга қасамки туянинг оёғи тўғри бўлди. Туянинг изига қараб йўловчисини билишар эди. Ушбу ерда шунча ишора қилиняпди, яъни у киши ҳақида ўйлаганлари тўғри чиқди). Албатта, бу киши ҳақиқатдан Пайғамбардир. Бас, қачонгача?Бораман, Аллоҳга қасамки, мусулмон бўламан, ва ўзимга ҳамроҳ бўладиган киши топишни истадим. Шу вақтда Усмон ибн Толхани учратдим. Ва унга истагимни сўзладим, дарҳол у қабул қилди ва биргаликда чиқдик. Ва саҳролаб йўлга чиқдик. Соҳл деган жойга етганимизда ногоҳ Амр ибн Осга кўзимиз тушди.  У бизга қараб: «Марҳабо, эй қавм»,деди. Биз ҳам:«Ва сенга ҳам», дедик. Йўл бўлсин, деб сўради, шунда унга хабар бердик ва у ҳам бизга  мусулмон бўлиш учун Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васалламни истаб келаётганини айтди. У билан ҳамроҳ бўлдик, ҳижрий саккизинчи йил сафар ойининг биринчи куни Мадинага кириб келдик. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламни кўрганимда у Зотга иймон калимаси билан  бирла салом бердим. Шу у Зот очиқ юз билан саломимга алик олдилар. Дарҳол мен мусулмон бўлдим ва ҳақиқий гувоҳликни бердим.
Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар: Сени ақлингни кўриб, бу ақл сени фақат яхшиликка олиб боради, деб умид қилган эдим.
Ва Расулуллоҳ солллаллоҳу алайҳи васалламга байъат қилиб айтдим: Мен учун Аллоҳ йўлида мушрикликда қилган ҳар бир қилмишимга Аллоҳдан мағфират сўранг.
Айтдилар: Албатта, Ислом ўзидан олдинги ҳар бир нарсани йўқотиб битиради.
Айтдим: Эй Аллоҳнинг элчиси ,шунга қарамасдан. (Аллоҳдан мағфират сўранг). Айтдилар: Эй Аллоҳим, «Холид ибн Валид»нинг сени йўлингдан тўсиб қилган ҳар бир қилмишини кечиргин.
Ва Амр ибн Ос ва Усмон ибн Толҳа ҳам олдинга ўтдилар ва мусулмон бўлдилар. Ва Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга  байъат қилдилар.
Кўрдингизми унинг Пайғамбаримизга айтган сўзини: мен учун Аллоҳ йўлида тушкунликда қилган ҳар бир қилмишимга Аллоҳдан мағфират сўранг?
Албатта, бу иборага кўзи ва фикрини қаратган киши Аллоҳнинг қиличи ва Исломнинг паҳлавони ҳаётидаги адашишга ўхшаш ўринларни тушунишга муваффақ  бўлади.  Ва биз унинг ҳаёт қиссасидаги ушбу ўринларга етган вақтимизда бу ибора уларни тушунишлик ва изоҳлашда бошловчимиз бўлади. Аммо ҳозирда, бас, дарҳол мусулмон бўлган Холид билан бирга Қурайш чавандози ва ундаги энг саркаш отлар соҳибини кўрмоқлигимиз учун ва жангу жадал дунёсидаги барча арабларнининг доҳийсини ота-боболарининг илоҳлари ва қавмининг шон- шарафларига орқасини ўгирган ва Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам ва мусулмонлар билан бирга тавҳид калимаси ва Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам байроғи остида тикланишини Аллоҳ тақдир қилган янги оламни истиқбол қилган ҳолда кўрмоқлигимиз учун. Демак, мусулмон бўлган ҳолдаги Холид билан бирга унинг ишидан ажибларини кўрмоқлигимиз учун.
Мўъта жангчи қаҳрамонлари учун мужоҳид хабарини эслаймизми? Маълумки, улар: Зайд ибн Хориса  ва Жаъфар ибн Абу Толиб ва Абдуллоҳ ибн Роваҳа эдилар. ҳақиқатдан улар Шом еридаги «Муъта» ғазоти қаҳрамонлари эдилар. У ғазотики унда Рум икки юз минг аскар тўплаган ва унда мусулмонлар беқиёс даражада синовдан ўтган эдилар. Ва Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам маъраканинг уч қўмондонининг вафоти хабарини бериб айтган улуғ ҳамдард иборалари ёдларингизда бўлса керак: (Байроқни Заид ибн Хориса олдида у билан жанг қилди, ҳатто у ҳам шаҳид қилинди. (Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг бу ҳадисларининг давоми бўлиб, биз уни бу саҳифалардаги ўз ўрнигасақлаб қўйган эдик. Бунин«г давоми қуйдагича: сўнгра байроқни Аллоҳ қиличларидан бўлган бир қилич қўлига олди, натижада Аллоҳ унинг қўлида ғалаба берди, демак, бу қаҳрамон ким? Дархақиқат, у Холид ибн Валид бўлди. Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам лашкарга қўмондон қилган  уч  қўмондон Заид , Жаъфар ва Роваҳалар раҳбарлиги остида оддий аскар сифатида «Мўъта» ғазотига шошилиб келган эди. Қўмондонларнинг охири шаҳид бўлиб йиқилгандан кейин байроқ тамонга Собит ибн Арқом тез борди-да, уни қўли билан ушлаб мусулмон лашкарлари ўртасида баланд кўтарди , токи тартибсизлик мусулмонларни тўзитмагай деб. Ва Собит байроқни кўтариб  Холид ибн Волид томонга йўналди ва деди:«Ол байроқни, эй Сулаймоннинг отаси». Холид собит ибн   Арқомга жавоб бериб айтди: «Йўқ байроқни олмайман,унга сен  ҳақлироқсан: ёшинг катта ва Бадрда қатнашгансан . Ва унга Собит жавоб қилди:«Уни ушла, сен мендан жангни билгувчироқсан ва Аллоҳга қасамки, мен уни фақат сен учун олдим». Сўнгра мусулмонларга қарата қичқирди:«Холиднинг раҳбарлигига рози бўласизларми?»Улар«Ҳа», дедилар. Ва туғма паҳлавон ўз ағумоғи устига ўрнашди. Ва байроқни ўнг қўли билан олдинга гўё у билан қаҳрамон тезда сакраб-сакраб босиб ўтадиган алангалик узоқ йўлда олишишлиги вақти келган берк эшикларни тақиллатиш учун чўзди. Бу очилиш Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам ҳаётларида ва у Зот вафотларидан кейин, ҳатто тақдирлар унинг одатдан ташқари қаҳрамонлигининг белгиланган маррасига олиб боргунча. Жанг тақдири аниқланиб қолганидан кейин лашкар амирлигини Холид қабул қилди. Мусулмонлардан  қурбонлар кўп ва қанотлари қайрилган.  Рум лашкари эса сон-саноқсиз ва ҳар нарсани вайрон қилгувчи ғолиб бўлиб тантана қилган ҳолда.Бу ҳолатда     йўлбошчиси амалга ошириши кутилган ягона иш Ислом лашкарларидаги қурбонликларни тўхтатиш ва қолганларини жанг майдонидан  саломат олиб чиқиш эди.   Бу ўринда Аллоҳнинг қиличи бургутники сингари икки кўзини кенг жанг майдонига қадаб олдинга ўтди ва ҳаёлида нур тезлиги билан режалар тузди. Ва лашкарларни бир неча гуруҳларларга бўлди сўнгра ҳар бир гуруҳларга ўз вазифасини топширди. Ва етук даҳоси ва мўжизавий маҳоратини ишлата бошлади. Ҳатто Рум лашкари орасидан кенг очиқ йўл очди,натижада мусулмон лашкари соғ ва саломат чиқиб кетди ! Ва бу жангда Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам Холидга бу буюк лақабни муносиб  кўрдилар.
Қурайш Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам билан қилган сулхни бузади. Натижада мусулмонлар у Зот раҳбарлиги остида Маккани фатҳ қилиш учун қўзғаладилар. Ва лашкарларнинг ўнг тамонига Пайғамбар алайҳиссалом   Холид ибн Валидни амир қиладилар. Ва Холид Маккага мусулмон лашкари ва мусулмон уммати  бошлиқларидан бири бўлиб  кириб келади. Ва хаёлига гўдаклик хотиралари, унинг ширин  ўтлоқлари. Ва йигитлик хотиралари унинг жўшқин кўнгил очишлари келади. Сўнгра ўз умрини ожиз касод бутларга фойдасиз қурбон қилган узун кунлар хотиралари уни қўзғатади. Ва пушаймонлик қалбини эзмасидан илгари бу кўриниш улуғворлиги ва титроғи остида тўлиб тошади. Маккага босиб келаётган нур кўриниши. Ҳали жисимларидан азоб ва даҳшат асоратлари кетиб улгирмаган бечоралар кўриниши, улар ундан зулм ва тажовуз ила чиқарилган шаҳарга қайтмоқдалар унга кишнаб турган арғумоқлари устида ва хилтираб турган Ислом байроқлари остида қайтмоқдалар. Ва кеча Арқомнинг ҳавлисида муножот қилган шивирлашлари бугун Маккада янгратган етук такбирларга ва зафарлик кўркам таҳлилларга айланган ҳолда бутун борлиқ гўё  бир байрамга чўмгандек кўринади! Бу мўъжиза қандай комил бўлди? Бу ҳодисани изоҳи борми? Ҳеч нарса бу зафарлик жангчилар ўз такбири ва тахлиллари орасида баъзилари баъзиларига қараган ҳолда ҳурсанд бўлиб такрорлаётган бу оятдан ўзига ҳеч қандай изоҳ йўқдур:«Аллоҳнинг ваъдаси ҳақ. Аллоҳ ўз ваъдасига ҳилоф қилмайди». Ва Холид бошини юқори кўтарди ва ҳавас , ҳайрат , меҳр ила уфқни тўлдиргани Ислом байроғига тикилди ва ўзига-ўзи деди::«Тўғри… Албатта, у Аллоҳнинг ваъдаси».
Ва Аллоҳ ўз ваъдасига хилоф қилмайди! Сўнгра ўзини Исломга ҳидоят қилган ва ўзини ва бу буюк фатҳ кунида Маккага Исломни олиб келувчилардан бири қилган.
Муртадлик лашкарлари ўзининг улкан ҳиёнатини амалга ошириш учун тайёрлана бошлаган чоғида буюк ҳалифа Абу Бакр мусулмонлар лашкарини шаҳсан ўзи бошлаб боришга азму қарор қилди. Ва саҳобаларнинг катталари уни бу қарордан қайтариш учун кўп умидсиз ўкинчлар қилдилар. Ва лекин у қатъийликда зиёда бўлди.  Абу Бакр мусулмонларни сафлади ва уларни бани Абс ва бани Мурра ва Зубён қабилалари кўп сонли лашкар сифатида чиққан томонга бошлади.  Уруш бошланди, сўнгра мусулмонларга қувватлик ва буюк ғалаба насиб бўлди. Ва ғолиб лашкар Мадинага ўрнашмасданоқ ҳалифа уларни келгувчи жангга чорлади. Ва муртадларнинг ҳабарлари ва тўпланишлари ҳар соатда ҳатари зиёда бўла борди. Ва Абу Бакр бу иккинчи лашкар устида ҳам бошлиқ бўлиб чиқди. Ва лекин саҳобаларнинг катталарининг сабри тугади. Ва ҳалифани Мадинада туришлигига якдил бўлди. Ҳазрат  Али Абу Бакрнинг йўлини тўсиб  у минган уловнинг тизгинидан ушлади.   Бас, унга айтди:«Қаерга, эй Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ҳалифаси ? Албатта, мен сенга Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг Ухуд кунида айтган сўзларини айтаман: «Қиличингни қинига сол, эй Абу Бакр, ва бизни ўз нафсинг билан (ҳатарга қўйиб) чўчитма». Мусулмонлар тарафидан бўлган бу якдил қарор олдида ҳалифа Мадинада қолишликка рози бўлди. Ва лашкарни ўн бир гуруҳга тақсим қилди, ҳар бир гуруҳга йўналишини белгилаб берди. Ва бу гуруҳлардан катта бир гуруҳга Холид ибн Валид амир бўлди.  Халифа ҳар бир амирга ўз байроғини топширгач, Холид тарафга йўналди ва унга хитоб қилди: «Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг айтганларини эшитдим, Аллоҳнинг бандаси ва қабила биродари Холид ибн Валид қандай яхшидир. У Аллоҳнинг кофир ва мунофиқларига қарши суғирган қиличларидан бир қиличдир».
мммм Холид бу лашкари билан бир жангдан иккинчисига ва бир ғалабадан иккинчи ғалабага ўтган ҳолда ўз йўлида давом этди, ҳатто ҳал қилгувчи жанг бўлгунча.
Ямомада бани Ханифа ва унга қўшилган қабилалар ва барча муртадлик лашкарларининг энг ҳатарлисини тўплаган бўлиб унга Мусайламатул каззоб бошчилик қилар эди. Ва баъзи мусулмон кучлар Мусайлама лашкари билан ўз улушини тажриба қилиб кўпган ва уни енга олмаган эди. Холидга    халифанинг:«Бани Ханифа тарафга юрсин», деган буйруғи келди.  Холид юрди,  Мусайлама ибн Волиднинг ўзи томонга йўлга чиққанини билгач, лашкарни қайтадан тартибга солди. Ва ундан ҳақиқий хатар ва дахшатлик рақиб вужудга келтиради. Ва бу икки лашкар учрашади. Ва сиз тарих ва сийрат китобларида бу дахшатлик жангнинг боришини мутолаа қилгансиз.  Холид ўз лашкари билан Ямомага қараб турган баланд тепаликдан тушиб келди ва Мусайлама ўз кибри ва тажаввузида қарши олди. Лашкарнинг сафлари кўплитгидан охири билинмас эди!  Холид туз ва байроқларини аскар бошлиқларига бўлиб берди. Ва икки лашкар бир-бирига ҳамла қилди ва дахшатли жанг давом этди. Ва мусулмон шаҳидлари қаттиқ бўрон йиқитган боғга гулларидек пайдар-пай йиқилдилар! Ва Холид душманлар палласининг оғирлигини кўрди ва арғумоғи билан яқин тепаликка кўтарилди ва жанг майдонига тез-зийрак ва чуқур бир назар солди. Ва шу заҳоти лашкардаги заифлик нуқталарини идрок қилди ва ҳисоблади. Мусайлама лашкари тўсатдан қилган ҳамласи остида маъсулият ҳисининг заифлашганини кўрди. Ва шу лаҳзани ўзида барча мусулмонлар қалбда маъсулият ўтини охиригача алангалантиришга қарор қилди. Ва ўзига лашкарнинг ўнг ва сўл томонларидаги бошлиқларини чорлади. Ва уларни жанг майдонидаги ўринларини қайтадан тақсимлади. Сўнгра ғолиб товуши билан сайҳа тортди: «Бир-бирларингдан ажралиб туринглар бугун ҳар бир қабилани синовга дош бермоқликларини кўрмоқлигимиз учун».Ва барча алоҳида-алоҳида ажралиб турдилар. Мухожирлар ўз байроқлари остида ва ансорлар ўз байроқлари остида: Ва ҳар бир улуғ ўз байроғи остида ва шундай қилиб мағлубият келган вақтида уни қаердан келганлиги тамоман равшан бўлди. Ва нафслар қизиққонлиги шўълаланди ва ёлқинланиб ёнди. Ва азм ва ҳавасга тўлди.  Холид вақти-вақти билан такбир ёки таҳлил ёки сайҳа тортиб у билан буйруқ берар, натижада лашкарнинг қиличлари уларнинг ғояларига тўсувчи ва ишларига қайтарувчи бўлмаган тақдирларига айланар эди.  Саноқлик дақиқаларда жанг йўлалиши ўзгарди ва Мусайламанинг аскарлари ўнглаб ва юзлаб, балки минглаб йиқила бошлади, ҳалок қилгувчи пашша дорининг пуркалган заҳарлари ундаги ҳаёт нафасларини бўққан пашша каби! Дарҳақиқат, Холид ўзидаги кўтаринки кучни қаҳрабо (электр токи) янглиғ ўз аскарларига узатар ва уни руҳи барча лашкарига ўрнашган эди. Ва бу хислат ҳам унинг ёрқин туғма даҳоси ҳислатларидан бири бўлди.  Шундай қилиб, маъракаларининг энг ҳатарлиси ва урушларнинг энг қаттиғи даъвом этди. Мусайлама ўлдирилди. Ва унинг одамлари ва лашкарларининг жуссалари уруш майдонини тўлдирди ва тупроқ остига илалабад бу ёлғончи даъвогарнинг байроғи кўмилди.
Ва Мадинада ҳалифа буюк олий Роббисига шукур намозини ўқиди, уларга бу ғалабани ва бу қаҳрамонни ато этгани учун.  Абу Бакр зийраклиги ва қалб кўзи бирла ўз юрти чегаралари ортидаги мужассам ёмонлик қувватларини Ислом ва унинг аҳлини келажагига таҳдид қилишидаги ҳатарлик даъвони идрок қилди. Ироқдаги форслар ва Шом шаҳарларидаги румликлар. Икки телба империя ўзининг узоқ насибаларидан л. Ироқдаги форслар ва Шом шаҳарларидаги румликлар. Икки телба империя ўзининг узоқ насибаларидан бўлган чириган ипларга осилар, Ироқ ва Шомда инсонларга ёмон азоб кўрсатар, бу янги дин байроғини ва унинг чўкичлари билан барча қадимий олам қалъаларига урган ва унинг фасоди ва қолдиғини суғуриб ташлаётган мусулмон арабларга қарши жанг қилишга мажбурлар эди. Шу пайтда буюк муборак ҳалифа Холид га ўз аскари билан Ироқ тамонга юришга буюрган кўрсатмаларини юборди. Ва бу қаҳрамон Ироққа юрди. Шоятки, бу саҳифалар унинг ғалаба карвонларига эргашиш учун кенг бўлса. У вақтда биз улардан ажиб ишларни кўрар эдик. ҳақиқатдан Ироқдаги ишини Кисронинг Ироқ шаҳар ва қишлоқларидаги барча волий ва нойибларидан мактублари бирла бошлади. Холид ибн Волиддан Форис ҳокимига: «Бисмиллаҳир роҳманир роҳим. Тўғри йўлга эргашганларга салом бўлсин. Аммабаъд. Хизматчиларини тарқатган ва мулкларингни тортиб олган ва макру ҳийлаларингни заифлаштирган Аллоҳга ҳамду санолар бўлсин. Ким намозни ўқиса ва қибламизга юзланса ва сўйган ҳайвонларимиздан еса, демак, у мусулмондир. Биз учун нима бўлса, унга ҳам шу нарса. Ва бизнинг зиммамизга нима лозим бўлса, унга ҳам шу. Агар сизларга бу мактубим борса, менга гаровларни юборингиз ва мендан аҳду вафо  кутингиз ва ундай бўлмаса, ундан бошқа маъбуд йўқ Зотга қасамки, сизларга сизлар ҳаётни суйган каби ўлишни суйгувчи қавмни юборгайман!»Ва унинг атрофига юборган изқуварлари Ироқдаги Форс бошлиқлари учун тайёрланаётган кўп сонли лашкарлар ҳисобларини олиб келди. Шунда у вақтни беҳуда кетказмади ва ўз аскарлари билан ботилни йўқ қилиш учун унинг устига юра бошлади. Ер унга ажиб суратда қисқариб борар эди.
Исломнинг Ироқда Форс устидан эргашган ғалабаси Шомда Рум устидан шунга ўхшаш ғалаба қилишга даракчи бўлди. Абу Бакр  Сиддиқ турлик лашкарларини тЎплади ва уларнинг амирлигига бир неча моҳир саркардаларни қўйди. Абу Убайда ибн Жарох ва Амр ибн Ос,  Муовия ибн Абу Суфён ва бу лашкарларининг ҳабарлари Рум империаторига етиб борган вақтда вазирлари ва лашкарлар бошларига мусулмонлар билан сулҳ қилиш ва улар билан бой берувчи урушга кирмаслик билан насиҳат қилди ва деди:«Аллоҳга қасамки, уларнинг васвасларини Холид билан даволайман». Демак Рум барча даҳшатларини келтира берсин ва мусулмонлар билан бирга бу «малҳам» бор! Ибн Волид лашкарини сафлади ва уларни бир неча гуруҳларга ажратди. Ва Рум услубига мувофиқ Ироқда уларнинг биродари Форснинг уруш усулларидан ҳабардор бўлгандан кейин хужум ва мудафаанинг янги бир режасини қўлади. Ва маъраканинг ҳар бир ўринларини белгилаб берди. Ва тажжублиги шундаки албатта маърака ҳолид белгилаган ва кутгандек қадама-қадам ва ҳаракат-боҳаракат давом эди, хатто шундай кўриндики агар у жангдаги қилич зарбаларини олдин айтганида ўлчов ва ҳисобда ҳатто қилмаган бўлур эди. Румдан кутган ҳар бир ҳаракатни улар қилдилар. У олдин айтган ҳар бир юришни улар амалга оширдилар. Ва жангга киришишдан илгари лашкарнинг баъзи аскари, ҳусусан,  Исломга янги кирган кишилар Рум лашкарининг кўриниши  вужудга келтирган даҳшат ва қўрқувни кўрганларидан кейин қочиш эҳтимоли унинг ҳаёлини озгина банд этди. Холид ғалабага эришиш йўли бир нарсада деб билар эди. У Соботдир ! Ва яна  шуни билар эдики, албатта, икки ё уч кишининг лашкар ичида беқарорлиги   бутун душман лашкари қодир бўлмаган нарсаларни тарқатишлиги мумкин Бу сабабдан қуролини ташлаб орқа ўгириб қочган кишига нисбатан муросасиз тўсувчи эди.  Шу жангда − айни бу ямлук жангида − лашкар ўз ўрнини олганидан кейин мусулмон аёлларни  чақирди ва биринчи маротаба уларнинг қўлига қилич берди ва уларга ҳар бир томондан мусулмон сафларини орқасига туришга буюрди ва уларга айтди: «Ким орқа ўгириб қочса, бас, уни ўлдиринглар». Ва бу етук тадбир ўз вазифасини юксак даражада оқлади!  Жанг бошланишдан олдин Рум қўмондони унга бир қанча сўз айтмоқлик учун ўз қаршисига Холиднинг чиқмоқлигини талаб қилди. Ва унинг қаршисига Холид чиқди иккалалари икки лашкар орасини ажратиб турган ялангликда отлари устида юзма-юз келдилар.  Рум қўмондони « Холидга ҳитоб қилиб сўзлади: «Биз биламизки, албатта, сизларнинг юртларингдан очлик қийналишдан бошқа нарса чиқмаган. Агар ҳохласангизлар, ҳар бирларингизга ўн тилло пул ва уст-бош ва озиқ-овқат бераман ва сизлар юртларингизга қайтиб кетасизлар ва келгуси йилда яна сизларга шу миқдорда нарса юбораман».   Холид унга муносиб жавоб беришга қарор қилди ва айтди: «Албатта, бизларни юртимиздан сен айтгандек очлик олиб чиқмади ва лекин бизлар қон ичидаги қавмдирмиз ва билдикки, албатта, Румнинг қонидан кўра тоза ва иштиҳалик қон йўқ. Бас, шунинг учун келдик». Ва қаҳрамон арғумоғининг тизгинини бурди ўз лашкари сафлари тамон қайтган ҳолда. Ва байроқни баланд кўтарди, жангни эълон қилган ҳолда. «Аллоҳу Акбар», «Аллоҳ ҳар нарсадан буюкдир». «Жаннат шабодалари эсгин». Унинг лашкарлари отилган ўқдек жойидан қўзғалди ва дахшатнинг назири йўқ бир жанг бошланди.   Ва румликларга мусулмонлар томондан улар кутмаган нарсалар зоҳир бўлди. Холид ибн Валид ўз аскаридан юзтаси  билан Румнинг чап қанотига ташланадилар, ваҳолангки, уларнинг адади қирқ минг эди. Ва Холид ўзи билан бўлган юз кишига қарата сайҳа тортди: «Нафсим Унинг қудрат қўлида бўлган Зотга қасамки, Румда куч ва тоқат қолмади магарам кўриб турганларинг). Ва албатта, мен Аллоҳ сизларга уларнинг елкаларини (ерга текказмоқларингни) беришлигини умид қиламан. Юз киши қирқ минг кишига ҳужум қилиб  ғолиб бўл дилар. Ва лекин қандай ажабланиш бўлиши мумкин. Уларнинг қалблари буюк олий Аллоҳга бўлган иймонга тўла эмасми? Ва ҳаёт масалаларининг вафо ва ҳидоят ва ақл тўғрисида бўлган энг кўпи бўлган масалага ишонч билан тўлган эмасми? Ва уларнинг ҳалифаси «Ас Сиддиқ» розияллоҳу анҳу   эмасми. У шундай кишики, давлатлари дунё устида кўтарилган чоғида  Мадинада янги оламнинг янги пойтахтида ўз қўли билан беваларнинг қўйини соғмоқда. Ва икки қўли билан етимларнинг нонининг ҳамирини қормоқда. Ва уларнинг лашкарбошлари тажоввуз , зулм ва зўравонлик васвасаларининг малҳами ва ширк ва айнишлик ва қолоқлик қувватларига қарши Аллоҳнинг суғурилган қиличи Холид ибн Волид эмасми? Оё улар бундай бўлмадиларми? Демак, ғалаба шамоллари эсаверсин.
Дарҳақиқат «Холид»нинг туғма даҳоси Рум қўмондонлари ва лашкарбошларини лол қолдирган, ҳатто улардан бирининг Жаржах бўлиб Холидни уруш орасидаги дам олиши вақтларидан бирида кўришиш учун чорлади.  Улар учрашган вақт да Румлик қўмондон Холидга қараб сўз бошлади: Эй Холид менга рост айтгин ва менга ёлғон гапирма, албатта, ҳур киши ёлғон гапирмайди. Аллоҳ сизларнинг Пайғамбарингизга осмондан бир қилич туширибди, уни кимга қарши суғурсанг, албатта, уни енгармушсан, шу тўғрими?» Холид айтди: «Йўқ». Бояги киши деди: «Бўлмаса, нега сен Аллоҳнинг қиличи деб номландинг?» Холид айтди: «Албатта, Аллоҳ бизга ўз элчисини юборди ва бизлардан баъзимиз уни тасдиқ қилди ва баъзимиз уни ёлғончи қилди. Ва мен ҳам ёлғончи қилувчилардан бўлдим, кейин  Аллоҳ қалбларимизни Исломга боғлади ва бизни ўз элчимиз билан ҳидоят қилди. Натижада биз ул Зотга байъат қилдик. Ва Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам мени дуо қилдилар ва менга сен Аллоҳнинг қиличларидан бир қилич деб атадилар ва шундай қилиб мен Аллоҳни қиличи деб номландим» Румлик қўмондон деди: «Сизлар қайси нарсага чақирасизлар?» Холид айтди: «Аллоҳни бир деб билишга ва Исломга». У деди:«Бугун Исломга кирган кишига сизлар каби савоб ажр бўладими?» Холид айтди: «Ҳа ва афзалроқ». Ҳалиги киши айтди: «Қандай, ваҳоланки, сизлар биздан олдин киргансизлар-ку?!» Холид айтди: «Дарҳақиқат, биз Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам билан бирга яшадик ва биз ул Зотнинг далилллари ва мўъжизаларини кўрдик. Ва биз кўрган нарсаларимизни эшитган кишининг осонлик билан Исломга келмоқлиги ҳақдир. Аммо сизлар, эй у Зотни кўрмаган ва у Зотни эшитмаган сўнгра иймон келтирган кишилар, албатта, ажрларинг каттароқ, агар ичларинг ва ниятларингни Аллоҳга рост қилсангизлар». Ва Румлик қўмондон сайҳа тортди ва отини Холид ёнига яқинлаштирди ва ёнида туриб айтди: «Эй Холид, менга Исломни ўргат». Ва мусулмон бўлди.  Аллоҳ учун икки ракат намоз ўқиди. Ундан бошқа намоз ўқимади, чунки  икки лашкар жангни қайтадан бошлашган эди. Ва румлик Жаржах мусулмонларнинг сафида шаҳидлик талабида аёвсиз жанг қилди, ҳатто у шаҳидликка эришди ва у билан зафар топди. Ногаҳон Мадинадан янги ҳалифа амирул мўъминин Умар ибн Хаттобнинг мактубини олиб келган хабарчининг келишлиги кутилмаган иш бўлди. Ул мактубда ал Форуқнинг мусулмон лашкарига саломи ва Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳининг ҳалифаси Абу Бакр ас Сиддиқ розияллоҳу анҳунинг  вафот этганлиги хабари. Сўнгра унинг Холидни раҳбарликдан четлатиб  унинг ўрнига Абу Убайда ибн Жарроҳни тайинлаш ҳақидаги буйруғи бор эди. Холид мактубни ўқиди ва Абу Бакрга раҳмат сўраб ва Умарга тавфиқ сўраб пичирлаб илтижо қилди. Сўнгра мактубни олиб келувчи кишидан ундаги сўзларни бирор кишига изҳор қилмаслигини талаб қилди ва ўзи буюрган жойда туриб у ердан қимирламасликка ва бирор киши билан боғланмасликга буюрди. Абу Бакрнинг ўлими ва Умарнинг буйруқларини беркитган ҳолда жангга бўлган раҳбарлигини давом эттирди. ҳатто яқинлашаёзган ғалаба амалга ошгунча. Ва қаҳрамонимиз Абу Убайданинг олдига келиб оддий аскар ўз қўмондонига берадиган салом билан саломлашди. Ва бу ҳолатни Абу Убайда дастлаб ҳаёлида йўқ ғалабани амалга оширган қўмондоннинг ҳазилларидан бир ҳазил деб ўйлади. Ва албатта у бу ҳолатнинг ҳақиқат ва жиддийлигини билган чоғида Холиднинг икки кўзи орасидан ўпди ва унинг нафси аҳлоқининг буюклигига таҳсин ва офаринлар айтди. Албатта, бу мактуб амирул мўъминин Умар томонидан Абу Убайдага юборилган ва жанг тугагунча Холид беркитган. Ва бу иш баробар ундай бўлсин ёки бундай бўлсин фарқи йўқ. Албатта, бу икки ҳолатдаги Холиднинг йўналиши биз учун муҳимдир. Ва ҳақиқатдан у улуғлик ва буюклик ва етукликнинг энг чўққисига етган йўналиши бўлди. . Демак у учун амир ёки оддий аскарлик каби икковидан ҳар бири унинг ўзи иймон келтирган Аллоҳга ва ўзи байъат қилган Пайғамбарига ва ўзи қабул қилиб  унинг байроғи остида юрган динга нисбатан ўз бурчини адо қилишга бир сабабдир, халос. Ва унинг сарфлаган кучи  у итоат қилинган амир бўлган ҳолда итоатлик оддий аскар холидаги сарфлаган кучи кабидир. Ва дарҳақиқат, унинг ўз нафси устидан қилган бу буюк ғалабаси унга бошқалар учун тайёрлаётгани каби ўша вақтдаги мусулмон давлат ва мусулмон уммат устида турган ҳалифаларнинг намунавий нусхасини тайёрлади. Абу Бакр ва Умарнинг. Бу икки исм тил бу исмларни юзига чиқарар-чиқармас, ҳатто инсон буюклиги ва инсон фазилатларидан бўлган ҳар бир мўъжиза хаёлга келади.  Умар билан Холид орасидаги гоҳида йўқ бўлган дўстликка қарамасдан, албатта, Умарнинг адолати ва софлиги ва парҳезкорлиги ва одатдан ташқари буюклиги ҳаргиз Холиднинг наздида савол ўрнида турмас эди. Ва шу сабабдан унинг қарорлари шак-шубҳаларни чиқарган қалб парҳезкорлик ва тўғрилик ва ихлос садоқатдан ҳар бир етук ва покиза қалб етиб бора оладиган энг юксак даражага етиб олган эди.
Амирул мўъминин Умар Холидга нисбатан ёмонлик ушламас ва лекин унинг қиличидаги тезлик ва ўткирликни танқид қилар эди. Ҳақиқатдан у бу фикрни Молик ибн Нувайра ўлдирилгандан кейин Абу Бакрдан уни бекор қилишни сўраган чоғида изҳор қилади. Ва айтди: «Албатта Холиднинг қиличида тезлик бор, яъни ўткирлик ,енгиллик ва шошилиш». Шу вақтда унга ҳалифа ас Сиддиқ жавоб берди: «Аллоҳ кофирларга қарши суғирган қиличини айблай олмайман». Умар Холидда тезлик бор демади, балки тезликнинг унинг қиличига нисбат беради. Шахсига эмас бу сўзлар амирул мўъминининг одоблигини эмас, балки шу қаторда Холиднинг тақдирлашини ҳам ифода қилади. Ва Холид бешикдан лаҳатгача харб кишидир. ҳаёти Исломдан илгари ва ундан кейин хатарга солувчи бир чавандознинг либосидир.  Ва қилич Холид ибн Волид каби одатдан ташқари жангчи қўлида бўлар экан, сўнгра уни ушловчи қўлни поклаш ва ўч олиш ҳарорати билан ёнган адоват ва фитналар билан қуршаб олинган дин учун муштоқ муҳаббат билан тўлган виждон ҳаракатга солар экан, демак, у каби қилични ўзининг қатъий мақсадлари ва тез ўткирлигидан воз кечиш қийиндир. Ва шундай қилиб, Холиднинг қиличини ўз эгасига кўп қийинчиликлар келтиришига сабаб бўлганлигини кўрамиз. Уни Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам  фатҳдан кейи Маккага яқин бўлган баъзи араб қабилаларига юборган ва унга айтган вақларида: «Албатта, мен сени даъватчи қилиб юборяпман, урувчи эмас». Қиличи унга у Зотнинг буйруғидан ғолиб келди. Ва уни урушувчи давраига олиб борди. Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам унга тавсия қилган даъватчилик даврасидан воз кечган ҳолда. Бу нарса Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васалламнинг кўп қайғу чекишларига сабаб бўлди. У Зотга Холиднинг қилмишининг ҳабари етиб келгач қиблага қараб икки қўлларини кўтариб. Аллоҳга ушбу сўзлар билан узр айтган ҳолда турдилар: «Эй Аллоҳим, албатта, мен Холиднинг қилган қилмишидан айибсизлигимни сенга изҳор қиламан». Сўнгра Алини юбориб уларни қонлари ва молларининг хунини тўладилар.  Холид одатдан ташқари кучга эга эди. Ва уни қатъий бир иштиёқ ўзининг қадимий барча оламини бузишга чорлар эди. Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам уни«Ал Уззо»ни  бузиш учун юборганларида   қўлида чўкич билан ҳайкални бузаётган Холиднинг сиймосида бир бутун лашкар билан уруш қилаётган, душман аскарларининг бошини узаётган бир кишини кўрамиз. Холид ўнг қўли , чап қўли ва оёғи билан зарба урар ва парчаланган бўлаклар ва тушган тупроққа қаратдай деб  сайҳа тортар эди: «Эй уззо, сени улуғламайман, балки инкор қиламан. Албатта, мен  сени Аллоҳ хорлаганини кўрмоқдаман». Сўнгра уни ёқади, тупроғига ўт қўяди. Ширк кўринишлари ва унинг қолдиқларини ҳар бири Холиднинг наздида ал уззо кабидир. Холид  байроқлари остида турган бу янги оламда ундай нарсалар  учун ўрин йўқ. Ва Холид уларни тугатиш учун ўз қиличидан ўзга асбобни билмайди.
Холид вафот этган куни( Аёллар Холид каби кишини туғишдан ожиз бўлди.)     Умар унга кўп йиғладилар ва одамлар кейин билдиларки, албатта, Умар Холиддан ундан ажраб қолганининг ўзигагина йиғламаяпти, балки ўлим Умардан бир фурсатни зое қилганига йиғлаяпти. Чунки у одамларнинг мафтун бўлишлари кетганидан кейин агар унга ўлим етмаганида, Холид Роббиси ҳузурига шошмаганида амирликни Холидга қайтаришга қарор қилган эди. Холидга дўстлари ва душманлари шундай таъриф берган эдилар:«Бир кишики ухламайди ва ҳеч кимни ухлагани қўймайди».  Албатта, бу кишининг ҳиди ва ҳушбўйлиги доимо ва абадий от кишнаган ва қиличлар ялтираган ҳамда мусулмон лашкарлари устида тавҳид байроқлари ҳилпираган вақтда мавжуд бўлади.У  айтар эди: «Менга келинчак ҳадя қилинган ёки ундан фарзанд билан ҳушхабарланган бир кеча мен учун муҳожирлардан бўлган сария (лашкар) орасида, улар билан тонгда мушрикларга ҳужм қиладиган қирғини қаттиқ кечадан суюкли эмас». Шу сабабдан ҳаётининг фожеаси , унинг фикрича, тўшагида ўлмоқликдир. Ваҳоланки, у бутун ҳаётини арғумоғи устида ва қиличининг товланиши остида ўтказган кишидир. У Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам билан ғазот қилган ва қанча-қанча  шижоат соҳибларини енгган , Рум ва Форс тахтларини тупроқ билан бир текис қилган , Ироқда ерни қадамба-қадам босиб ўтиб ,уни ислом учун фатҳ қилган кишидир. Оддий аскарнинг оддийлиги ва камтарлигига эга бўлган амир. Ва амирнинг масъулияти ва куч қудратига эга оддий аскар бўлган ҳолда. Бу қаҳрамоннинг ҳаёт фожеаси ўз қаҳрамоннинг тўшагида ўлмоқлиги бўлди. Бу вақтда кўз ёшлари икки кўзидан оқиб айтди: «Дарҳақиқат, фалон ва фалон жангда қатнашдим ;жасадимда бир ўрин йўқки, унда қилич зарбаси ёки қилич суқилиши ёки ўқ тегиш жароҳати бўлмаса. Энди эса   тўшагимда, истагимга қарамай, туя ўлгандек ўлмоқдаман».   Ва сафар лаҳзаларини истиқбол қилган чоғда васиятини ёздиришга киришди.У бор бисотини Умар ибн Хаттобга васият қилиб қолдирди. Унинг қолдирган мероси  оти ва қурол аслаҳаси ҳамда бўрки (унинг ичида расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг соч толалари бор эди) .
Ва охирида қаҳрамоннинг жасади ўз ҳовлисидан дўстлари елкасида кўтарилган ҳолда чиқди. Ва уни сафарга чиқувчи қаҳрамоннинг онаси уларга азм ялтирашлиги ғамгинлик пардасига аралашган икки кўзи билан кузатди ва видолашиб айтди:«Сен қавмнинг миллионидан яхшиси. Сен болаларини ҳимоя қилган арслондан ҳам шижоатлисан. Бас, сен тоғлар орасидан тўлиб оқаётган селдан ҳам саховатлисан.  Бу сўзни Умар эшитиб қалбининг уриши тезлашди,  кўз ёшининг отилиши кучайди. Ва айтди: «Онаси рост айтди. Аллоҳга қасамки, албатта, у ҳақиқатдан шундай эди». Қаҳрамон ўз хабгоҳига ётказилди. Ва дўстлари бош эгиб турдилар ,теграларидаги дунё жим, ҳомуш одоб сақлаб турар эди. Бу дахшатли жимликни биз ҳаёл қилган каби арқонини узиб ва Мадина кўчаларидан босиб ўтиб соҳибининг жасади орқасида унинг ҳиди ва муаттарлиги етаклаган ҳолда югуриб келган отининг кишнашидан ўзга товуш бузмади. Ва у ҳомуш жамоат ва нами кетмаган қабрга етганда бошини байроқ каби бурди ва унинг кишнаши қаҳрамон унинг устида туриб Форс ва Рум тахтларини титратган ва Ислом йўлидан барча орқага кетиш ва ширк қувватларини олиб ташлаган вақтларида қилганига тўла монанд шаклда баланд янгради..   Сўнгра икки кўзини қабрдан узмаган ҳолда, ҳожаси ва паҳлавонига бу иши билан видолашув саломини адо қилган ҳолда  кўзларидан кўп ва мўл ёшлар оққан ҳолда туриб қолди. Дарҳақиқат, уни Холид қурол аслаҳаси билан Аллоҳ йўлига вақф қилган эди. Ва лекин Холиддан кейин унинг белига ўтиришга бирор чавандоз қодир бўлармикан? Ёки от  ўз устига ундан бошқа кишини ўтқизармикан? Эй ҳар бир ғалабанинг қаҳрамони, сенга олқиш бўлсин!  Эй Абу Сулаймон, сенинг субҳингга мақтов бўлсин. Ва хотирангга улуғлик ва абадийлик ва муаттарлик бўлсин, эй Холид. Келинг, бизлар ҳам амирул мўъминин Умар билан бирга сен билан видолашиб ва сенга марсия айтган ушбу ширин, тотлик сўзларини такрорлайлик:«Аллоҳ Абу Сулаймонни раҳмат қилсин. Аллоҳ ҳузуридаги нарсалар бу ердаги нарсалардан яхшидир. Ва дарҳақиқат, у мақтовга сазовор ҳолда яшади. Ва бахтли ҳолда ўлди».
Холид Муҳаммад Холиднинг «Рижалун ҳавлар-Расул» китобидан.