Pishloqli desert
Zarur masalliqlar: 200 gramm yog‘li pishloq, 100 g pishiriq tolqoni, 2 dona mandarin, 1 osh qoshiq shakar, 20 g sariyog‘, 30 ml qaymoq.
Tayyorlanishi:
  1. Pishiriq tolqoni sariyog‘ bilan qoriladi.
  2. Mandarinlarning po‘sti tozalanib, bo‘laklarga ajratiladi, tovaga solinib ozgina suv va shakar qo‘shiladi.
  3. Mandarinlar olovda 3-4 daqiqa qizdiriladi.
  4. Desert idishiga pishiriq qorishmasi, ustidan pishloq, keyin mandarin solinadi.
  5. Yuqoridagi tartibda yana bir marta qatlam hosil qilinadi.
  6. Tayyor bo‘lgan desert sovutkichda biroz sovutilib, dasturxonga tortiladi.
Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.