Btsa dori preparati

💊 Btsa dori preparati — 3 ta aminokislota va vitamin B6, B12, C kabi vitaminlarni o’zida jamlagan kompleksdir.

💊Chiqarilish shakli :

— Kapsula
— Tabletka
— Suyuqlik

#Btsa vitamini
# Бца витамини

💊Dori shakli : Kapsula, tabletka , suyuqlik korinishida boladi.

💊Tarkibi 👇

3 ta aminokislota ( leysin, izoleysin, valin ) va vitamin B 6, B12 , C kompleksdan iborat.

💊Ta’sir qilishiga ko’ra :

Ko’pincha sportchilarda mushaklar massasini oshirishda , bo’y cho’zish uchun ( qisman) , fizik kuchlantiruvchi vosita.

💊Qo’llanilishi

— Mushak massasini oshirish uchun
— Qonda glukoza miqdorini normallashtirish uchun
— Kamqonlikka qarshi
— Asab tizimi faoliyatini tinchlantirish uchun.
— Organizmning energiya zahirasini to’ldiradi.
— Aminokislota lar almashinuvini yaxshilashda
— Vitamin B6 va B12 miqdori organizmda kamayib ketganda.
— Immunitetni oshirish xususiyati bor.
— Qon aylanishini yaxshilashda
— Modda almashinuvini jadallashtiradi.
— Kuchlantiradi.

💊Qabul qilish usuli va dozasi

Sport bilan shugullanishning birinchi kunlarida sport mashgulotidan oldin, mashgulot vaqti va mashgulotdan keyin qabul qilinadi.Keyingi kunlarda esa faqat mashgulot vaqtida qabul qilinadi.

💊Nojo’ya tasiri

—Me’da ichak kasalliklarida qabul qilinganda nojo’ya ta’sirlar kelib chiqishi mumkin
— Me’da osti bezi kasalligi kuchayishi
— Jigar va buyrak yetishmovchilik kasalligi bor bemorlarda bu organlarning faoliyati yanada buzilishi.

💊Qo’llash mumkin emas 👇

— Me’da ichak kasalliklarida
— Me’da osti bezi kasalligida
— Jigar va buyrak yetishmovchiligida
— Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas.
— Preparatga yuqori allergik reaksiya paydo bolganda.
— Sport bilan muntazam shugullanmagan holatda qabul qilish mumkin emas. ( Preparatni qabul qilgandan keyin doim sport bilan shugullanish kerak ).