Ushbu savolga javob bor albatta. Parhezshunos olimlar allaqachon suv bilan ortiqcha vazndan qutulish mumkinligini amalda isbotlab berishgan. Suv yordamida ozishni istaganlar va undan toʼgʼri foydalanishni bilishga intiluvchi muxlislarimizga ushbu tavsiyalar qiziq boʼladi degan umiddamiz.
Yegulik oʼrniga suv. Suv ochlikni qondiradi, aniqrogʼi chanqoqni. Baʼzan kishi chanqayotganini yoki och qolayotganini adashtirib yuborarkan. Bunga miyada yonma-yon joylashgan ana shu ikki sezgiga javob beradigan tolalar sababchi boʼladi. Shuning uchun biz tez-tez suv ichish oʼrniga biror nima tamaddi qilib olamiz.
Xulosa: agar och qolganingizni sezsangiz, avval yarim stakan suv ichib, biroz kuting. Shundan keyin ham sizni ochlik bezovta qilsa demak ovqatlanish vaqti kelgan.
Terini yoshartiradi. Terining yosh koʼrinishi va ajin tushmasligi uchun organizmda kollagen va oqsillar yetarli boʼlishi kerakligini koʼpchilik bilsa kerak, baʼzan ozayotgan xonimlar osilib qolgan teridan shikoyat qilishadi. Yuqorida aytganimizdek, agar siz suvni toʼgʼri isteʼmol qilsangiz, unda bunday muammoga duch kelmasligingiz aniq.
Xulosa: vazni qariyb 100 kg.ga teng ayollarga kuniga 8 stakan yoki 2 litr suv ichish kamlik qiladi. Shu sababdan parhezshunoslar suv bilan ozishni istaganlarga tananing har bir kg. vazniga 30 ml suv ichishni tavsiya qilishadi. 50 kg. vaznga ega ayollar uchun esa bu juda koʼp. Shuning uchun ular kuniga 2 litrgacha suv ichishlari mumkin.
Ortiqcha vaznni yoʼqotadi. Suv – organizmdagi har bir hujayraga singib, uni foydali moddalarga boyitadi va zararlilarini yuvib chiqaradi, ayniqsa, yigʼilib qolgan ortiqcha yogʼlarni. Shu sababdan barcha parhezshunoslar har qanday parhez davrida, kuniga 2 litr suv ichishni tavsiya qilishadi. Suv parhez vaqtida paydo boʼlishi mumkin boʼlgan bosh ogʼrigʼi, tez charchab qolishning oldini oladi.
Xulosa: doim koʼz oʼngingizda bir shisha suv boʼlishiga harakat qiling. Bundan tashqari, har 15-20 daqiqada suv ichib turish yodingizdan chiqmasin.
Shishni qaytaradi. Аgar organizmga suv yetishmasa, limfa va qon quyuqlashadi, ularning aylanishi ham susayadi va buning natijasida oyoqlarda shish paydo boʼladi. Oyoqlar shishdimi, demak, sellyulit ham tez orada sizning “doʼstingiz”ga aylanadi.
Xulosa: shishlarni qaytarish uchun belgilangan suv miqdorining asosiy qismini kunning birinchi yarmida ichib, kechga bir-ikki stakan suv bilan kifoyalanish tavsiya etiladi.
Yodingizda tuting! Yuqorida keltirilgan tavsiyalarni qoʼllashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishni unutmang! Chunki inson tanasi murakkab va kimga nima mos kelishini malakali shifokorlar yaxshi bilishadi.