Sistitni uy sharoitida davolash
Sistitni uy sharoitida qanday davolash mumkin?. Kichik xojatga borish tezlashib qolishi, oz-ozdan tez-tez siydik ajratish, siyish davrida achishish xissi, quvuq soxasidagi og‘riqlar – bular xammasi chekmazak, ya’ni sistitning belgilari xisoblanadi. Sistitning og‘ir shakllarida siyishning oxirida qon aralashmasini mavjudligi va siyganda siydik o‘rniga shisha sinig‘i chiqayotgandek xis qilish kabi shikoyatlar kuzatiladi.
Sisit bilan ko‘proq ayollar kasallanib, bu ularda siydik chiqaruv kanalining qiskaroqligi bilan tushuntiriladi.
Xayot uchun deyarli xavf tug‘dirmasa xam, sistit xayot sifatini anchagina buzib qo‘yishi mumkin.
Sistit – infeksion kasallik bo‘lib, 85–95 % xolda uning qo‘zg‘atuvchisi ichak tyoqchasi (E. Coli) xisoblanadi. Infeksiya siydik pufagiga teridan, yoki to‘g‘ri ichakdan yuqoriga ko‘tariluvchi yo‘l orqali tushishi mumkin.
Sistit qaydan paydo bo‘ladi.
1. Aytib o‘tganimizdek ayollarda siydik chiqaruv kanalining kaltaligi va siydik pufagining xajmliligi infeksiya tarqalishiga imkoniyat yaratadi.
2. Yana bir sababi ayollar uretrasini mikrotravmalari xisoblanadi. «Asal oyi sistiti» termini mavjud bo‘lib, u gigiyena qoidalarini esdan chiqarib qo‘ygan erkaklar xisobiga rivojlanadi.
3. Xomiladorlik davrida immun va gormonal tizimdagi o‘zgarishlar, bachadon o‘lchamlarining kattalashuvi, uning siydik pufagini surib qo‘yib, siydik ajratishga to‘siqlik yaratishi – bular xammasi sistitni shakllanishiga sabab bo‘ladi.
4. Erkaklarda sistitni rivojlanishi ko‘p xollarda prostata bezi kasalliklari, buyrak toshlari yoki qandli diabet xisobiga kuzatiladi.
5. Sistitga xos o‘zgarishlar nogonokoksiz uretrit va siydik pufagi silida xam kuzatilib, ular xlamidiy mikoplazma yoki trixomonadalar ta’sirida rivojlanadi.
6. Barcha xolatlarda umumiy siydik va qon taxlilini topshirish, mikroflorani ekish, siydik pufagini UZI tekshiruvi, yoki sistoskopiya tekshiruvi o‘tkaziladi.
Sistitda nima qilmoq kerak?
1. Yotoq rejimida qolish, issiq o‘ranib yotish, quvuq soxasiga issiq grelka qo‘yish maqsadga muvofiq (agar siydik bilan qon aralashmalari kuzatilmasa grelka qo‘yish shart emas).
2. Ko‘p miqdorda suyuqlik (choyni sut bilan) ichish tavsiya etiladi. Kofe va pivo inkor qilinadi. Siydikka qon qo‘shilganda – chayon o‘t (krapiva) li damlamalar ichish tavsiya etiladi.
3. Fitoterapiya maqsadlarida aptekalarda tayyor giyoxlar kompleksi mavjud bo‘lib, shuningdek uroseptiklarda siston, kanefron, fitolizin buyuriladi.
4. Parxez turli xil otkaz ot pryanostey, konservalar, marinadlangan maxsulotlar yeyish ma’n qilinadi. Sutli maxsulotlar, mevalar, poliz maxsulotar (tarvuz) ayni muddao xisoblanadi.
5. Xammom va saunaga borishdan saqlaning, aamo gigiyena qoidalariga amal qilgan xolda yuvinish turishga odatlangan ma’qul.
6. No-shpa ichish, papaverinli svechalar qo‘llash nafaqat og‘riq sindromini balki yallig‘lanishga qarshi effektiv xisoblanadi.
7. Barcha xollarda antibakterial preparatlar Monural – 3 mg bir maxal ovqatdan 2 soat keyin, Nolitsin, 1 tabletkadan 2 maxal 3 kun yoki biseptol 2 tabletkadan 2 maxal ichiladi.
8. Biologik aktiv moddalardan «UROPROFIT®» tarkibida spazmolitik, yallig‘lanish va mikrobga qarshi komponentlar mavjud
9. Qaytalanuvchi sistitlarda, qandli diabeti borlarda davo kursi uzoqroq davom etadi. Xomilador ayollar uchun Biseptol va Nolitsin, Furadonin va Tetrasiklin mumkin emas. Ular uchun Amoksitsillin yoki Sefuroksim ayni muddao xisoblanadi.
10. Agar dizurik shikoyatlarga bel soxasidagi og‘riq va isitma qo‘shilsa yallig‘lanish buyraklarga o‘tgan xisoblanadi va bu xolatlarda albatta vrachlarga uchrash tavsiya etiladi.
https://t.me/gepamed_ultra
gepamed.uz