Barra ko’katlarning xosiyatlari

Bilasizmi, dunyo xalqlari orasida eng uzoq umr ko’ruvchilar Kavkaz va O’rta Osiyoda yashasharkan. Bu safda bizning odamlar ham borligi kishiga g’urur bag’ishlaydi. Va uzoq umr ko’rish sabablaridan biri — bu barra ko’katlarni mo’l-ko’l tanovul qilish ekan. Albatta, ko’katlarning qanday xususiyatlari bor va ular nimalarga foyda ekanini bilgach, nega ko’kat eydiganlar uzoq umr ko’rishini bilib olasiz.

1. Shivit (ukrop).
Shivit peshob haydash xususiyatiga ega. U uyqusizlikda, asab buzilishida juda foydali. Oshqozosh dam bo’lishini ham oldini oladi.
 

2. Rayhon.
Rayhon ovqat hazmini yaxshilaydi, ishtahani ochadi. Hamda, shivit singari peshob haydash va asab tizimini mustahkamlash xususiyatiga ega.
 

3. Shovul.
Shovul tanada qon ishlab chiqarilishida anchayin foydali ko’kat hisoblanadi. Bu ham ovqat hazmini yaxshilab, peshob haydash xususiyatiga ega.
 

4. Salat bargi.
Salat bargi asab tizimini yaxshilab, uyqusizlikni oldini oladi. Hamda qon bosimini tushirib, oshqozon faoliyatini me’yorda ushlab turadi. Yana bu ko’kat tanadagi qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi.
 

5. Petrushka.
Petrushka tana tonusini kuchaytiradi va kislorod almashinuvini yaxshilaydi. Hamda kapillyar va arteriya qon tomirlarini mustahkamlab, yurak faoliyatini yaxshilaydi. Yana buyrak va siydik qopida toshlar yig’ilmasiligiga va ko’rish qobiliyatini pasayib ketmasligiga yordam beradi.
 

6. Seldr.
Seldr umumiy quvvatlantiruvchi va mikrob o’ldiruvchi sifatida ishladiladi. Hamda asab, endokrin va ovqat hazm qilish tizimlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
 

7. Ko’k piyoz.
Ko’k piyoz kasallik tarqatuvchi mikroblarni o’ldiradi va peshob haydash xususiyatiga ega. Hamda a’zolarda tosh paydo bo’lishini oldini oladi va ishtahani ochadi. Bundan tashqari, qon kasalliklarida, gripp, vitamin etishmasligida davolash va oldini olish uchun samarali ko’kat hisoblanadi.