Yong’oqning turgan bitgani «xazina» deyishadi . Uning so’lim salqin soyasidan tortib , to’yimli va shifobaxsh mag’zigacha , metin yog’ochidan bargigacha foydalidir . Yong’oqning tarkibida yog’ , 21 % oqsil , 7 % atrofida uglevodlar , ko’p miqdorda vitamin C (1000-3000 mg %) , vitamin B, B1 va karotin mavjud . Bulardan tashqari yong’oq mag’zida mineral tuzlar va mikroelementlar ham bor . Ko’k qobig’ida 25 % , bargida 12 % tanid moddasi hamda 0,1 % gacha efir moyi saqlanadi . Barglarida yuglon , tez oksidlanadigan gidroyuglon , flavonoid giperozid , ko’p miqdorda vitamin C bo’ladi . Yuglon deb nomlanuvchi modda bakteritsid xususiyatiga ega . Xalq medetsinasida yong’oq ko’pdan ko’p kasalliklarga davo sifatida qo’llaniladi . Yong’oqning xomligidagi qobiq shirasi ekzema , dermatoz kabi teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi . Abu Ali Ibn Sino yong’oqning barg shirasini iliq holda quloq ichi yiringlaganda tomizgan . Yong’oq po’stloqg’idan tayyorlangan qaynatmani bachadondan qon ketishini to’xtatishda va gijja haydovchi omil sifatida tavsiya etgan . Yong’oqning mag’zi endigina sut yiqqan paytida juda foydali bo’ladi . Bu davrda unda vitaminlar ko’payadi . Shu boisdan ham yong’oqning hali to’la pishmagan mevasidan sanoat miqiyosida vitaminli konsentratlar olinadi. Revmotizm , raxit va teri kasalliklarida yong’oq barglaridan tayyorlangan qaynatmali vanna juda foydalidir (A.A.Altimishev) . Yong’oq bargining ajoyib xususiyatlaridan yana biri ularning turli hasharot va kuyalarga qiron keltiruvchi is chiqarishidir . Uy sharoitida yong’oqdan damlama tayyorlash uchun quritilgan va kukunlashtirilgan yong’oq bargidan 1 choy qoshiq miqdorda olib 1 stakan qaynoq suv bilan damlab qo’yiladi . Damlama sovugandan so’ng , dokadan suziladi , sharbati ajratiladi va kuniga 3-4 mahal 1 qoshiqdan ichiladi . Yong’oqning yangi barglaridan moyli damlama tayyorlash ham mumkin . Buning uchun 50-80 g miqdorda maydalangan yangi yong’oq barglari olinib , 300 g qizdirilib sovutilgan kumgaboqar moyi bilan aralshtiriladi va uy haroratida 20 kun damlab qo’yiladi . Tabiatshunos olimlarimizning keltirgan ma`lumotlariga qaraganda , yong’oq kabi serxosiyat daraxtlar keyingi vaqtlarda sezilarli darajada kamayib ketmoqda . Respublkamizda yong’oqzorlarni ko’paytirishga barcha sharoit bor . yong’oq anchagina beor o’simlik : nam yetarli bo’lgan tuproqlarda yaxshi o’sadi , sovuqqa chidamli . Uning rivojlanish davri 165-210 kun . Daraxt umrboqiyligi bilan ajralib turadi : u 300-400 yil yashaydi . Hosilga kirgan yong’oq daraxtidan 100-150 kg , ayrim tuplaridan 500 kg gacha hosil yig’ish mumkin . O’zbekistonda yong’oqning quyidagi navlari o’stiriladi : Gvardeyskiy , Gibridniy , Ideal (antiqa) , O’zbekistonning ertagi yong’og’i , Yubeleyniy .shifo.uz/article/yong-oqning-haqida