Baqlajonli sho‘rva
Kerakli mahsulotlar: 2 dona baqlajon, 2 dona pomidor, 1 dona piyoz, 3 bo‘lak sarimsoq, 300 ml suv va sabzavot buloni, 300 ml kokos suti, 1 choy qoshiq yefir moyi, 50 gramm yumshoq pishloq, ta’bga ko‘ra tuz va garmdori, sabzavotlarni moylash uchun zaytun yog‘i
Tayyorlanish vaqti: 1 soat
Miqdori (porsiyasi): 4
Tayyorlanishi:
- Baqlajon uzunasiga to‘rt bo‘lak qilib kesiladi.
- Pomidor o‘rtasidan ikkiga bo‘linadi.
- Piyozni to‘rt bo‘lakka ajratiladi.
- Sarimsoqning po‘sti tozalanadi.
- Sabzavotlarni tovaga solib, zaytun yog‘i bilan aralashtiriladi. 40 daqiqa 210 gradusda toblab pishiriladi.
- Pishgan baqlajonning po‘sti ajratiladi.
- Baqlajonning laxm qismi, pomidor, piyoz va sarimsoq idishga solinib, suv quyiladi, so‘ngra efir moyi qo‘shilib, tuz va murch sepiladi. 20 daqiqa qaynatiladi.
- Sho‘rva quyuq holatga kelgunicha tarkibidagi mahsulotlar maydalanadi.
- Kokos suti qo‘shib isitiladi, lekin qaynatilmaydi.
- Suzishdan oldin pishloqni to‘g‘rab sho‘rvaga solinadi.
Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.
soglom.uz/tavsiya/baqlajonli-shorva/