Moychechak gulining foydali xususiyatlari
Moychechak gulining gul savatchalari tarkibida efir moylari, flavon glikozidlar, kumarinlar, karotin, S vitamini, oqsil oshlovchi, achchiq va shilliq, moddalar bor. Ibn Sinota’riflaganidek, moychecha qizdiruvchi va xiltni etiltiruvchi xususiyatga ega. Tiqilmalarning va tomirlarning og‘izlarini ochadi, terlatadi. Erituvchi va suyultiruvchi ta’sirga ega. Me’dadagi issiqdan bo‘lgan shishni va qotib qolgan qonni eritadi, sovuqdan bo‘lgan shishlarni yo‘qotadi. Oqma yaralarda foyda qilib, qovjiragan yaralarni ko‘chiradi, tuzalishi qiyin yaralarni tozalaydi. Mushak va asab jarohatlarida davo bo‘lib, yangi uzilgan guli hidlansa, uxlatadi. Peshob, savdo va balg‘amni so‘radi, bavosirni davolaydi, qovuq og‘rig‘iga, taloq qattiqligiga shifo bo‘ladi. Shuningdek ko‘z og‘rig‘ida, ko‘z nuri xiralashganida, toshmalarda, qichimada foyda qiladi. Xalq tabobatida moychechak gullaridan tayorlangan dorivor vositalar (qaynatma, damlama, malham, sharbat, yog‘) miya, bosh, tish, quloq, ko‘z, og‘riqlarini, oshqozon-ichak, asab, o‘pka, jigar, buyrak, shamollash va boshqa kasalliklarni davolashda keng qo‘llaniladi.

Moychechak gulining foydali xususiyatlari.
Moychechak gulining gul savatchalari tarkibida efir moylari, flavon glikozidlar, kumarinlar, karotin, S vitamini, oqsil oshlovchi, achchiq va shilliq moddalar bor.
Ibn Sinota’riflaganidek, moychechak qizdiruvchi va xiltni etiltiruvchi xususiyatga ega. Tiqilmalarning va tomirlarning og‘izlarini ochadi, terlatadi. Erituvchi va suyultiruvchi ta’sirga ega. Me’dadagi issiqdan bo‘lgan shishni va qotib qolgan qonni eritadi, sovuqdan bo‘lgan shishlarni yo‘qotadi. Oqma yaralarda foyda qilib, qovjiragan yaralarni ko‘chiradi, tuzalishi qiyin yaralarni tozalaydi. Mushak va asab jarohatlarida davo bo‘lib, yangi uzilgan guli hidlansa, uxlatadi. Peshob, savdo va balg‘amni so‘radi, bavosirni davolaydi, qovuq og‘rig‘iga, taloq qattiqligiga shifo bo‘ladi. Shuningdek ko‘z og‘rig‘ida, ko‘z nuri xiralashganida, toshmalarda, qichimada foyda qiladi. Xalq tabobatida moychechak gullaridan tayorlangan dorivor vositalar (qaynatma, damlama, malham, sharbat, yog‘) miya, bosh, tish, quloq, ko‘z, og‘riqlarini, oshqozon-ichak, asab, o‘pka, jigar, buyrak, shamollash va boshqa kasalliklarni davolashda keng qo‘llaniladi.

Maslahatlar.
1.Tuyilgan moychechak gullari suvda qaynatib ichilsa, miya va asablarni mustahkamlab, jinsiy quvvatni oshiradi, ter, sut, peshob va hayzni ravon keltiradi. Shamollash, nafas qisishi, sariq va boshqa kasalliklarga shifo bo‘ladi.
2.Boshi ko‘p og‘riydigan kishilar moychechak guli kukunini 1-2 grammdan ovqatdan yarim-bir soat keyin ichishlari kerak.
3.Moychechak yog‘i badanga surtilsa, charchoq va toliqishni yo‘qotadi. Bo‘g‘in (umurtqa, bel, oyoq, qo‘l, bod, podagra,) va quloq og‘rig‘iga shifo bo‘ladi.

Manba: Muslimaat.uz