Sirtqi ta’limdan kunduzgiga o’qishni ko’chirish mumkinmi?
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, 15 iyuldan boshlab talabalarning o’qishini ko’chirish va qayta tiklash bo’yicha arizalar qabul qilish jarayoni boshlandi. Arizalar 5 avgustgacha qabul qilinadi.
Joriy yilgi pandemiya bilan bog’liq vaziyatni hisobga olib, talabalardan o’qishni ko’chirish va qayta tiklash bo’yicha arizalar https://transfer.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinmoqda.
Shu o’rinda ko’pchilik talabalar bir savolga oydinlik kiritishimizni so’rab, murojaat qilishmoqda. Ya’ni sirtqi ta’limda tahsil olayotgan talaba kunduzgi ta’limga o’qishini ko’chirishi mumkinmi?
Javob: ha, mumkin.
Bu masalada Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev izohlab berdi.
Asos: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-sonli qarorining 8-bandida Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida» 2017 yil 21 noyabrdagi 930-son qaroriga 1-ilovaning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilishi begilangan:
«12. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’limga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchisiga ko’chirishga ruxsat beriladi».
Mazmundan ko’rinib turibdiki, ushbu o’zgarish asosida joriy yildan boshlab sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’limga ko’chirishga ruxsat berilgan.
Muammo: Ta’kidlash joiz, yuridik texnika nuqtai nazaridan mazkur o’zgarish kiritilayotganda qaror loyihasini tayyorlaganlar bir kichik jihatni unutib qoldirishgan. Talabalarning o’qishini ko’chirish bilan bog’liq jarayonlar Vazirlar Mahkamasining maqolamiz avvalida eslab o’tilgan umuman boshqa bir qarori asosida tartibga solinadi. Ammo sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’lim shakliga o’qishni ko’chirishga ruxsat berilganligiga oid o’zgarish o’sha asosiy qarorga kiritilmay qolgan. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risidagi Nizomning 9-bandiga haligacha o’zgarish kiritilmagan va bu bandda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’limga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga o’qishni ko’chirish haqidagi arizalarga rad javobi berilishi belgilangan.
Yechim: Ko’rib turganingizdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida 2 xil qoida belgilangan, birida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’limga o’qishni ko’chirishga mumkin deyilgan, ikkinchisida mumkin emas, deyilgan. Bunaqa vaziyatda yechim qanday bo’ladi? YA’ni qaysi qaror amalda qo’llanilishi kerak?
Buning javobini «Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida»gi Qonundan topamiz. Mazkur qonunning 16-moddasiga ko’ra, teng yuridik kuchga ega bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlar o’rtasida tafovut bo’lgan taqdirda keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qiladi. Biz ko’rib chiqayotgan masalada farq mavjud bo’lgan ikkala hujjat ham «teng yuridik kuchga ega», ya’ni ikkalasi ham Vazirlar Mahkamasining qarori. Agar mabodo biri Vazirlar Mahkamasining qarori, ikkinchisi Prezident qarori bo’lganda, unda shubhasiz Prezident qaroridagi qoida amal qilgan bo’lar edi. Bu shunchaki ma’lumot uchun.
Qonun talabidan kelib chiqsak, keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qilishini bilib oldik. Demak, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-sonli qarori bilan belgilangan qoida kuchga ega bo’ladi.
Xulosa: talabalar joriy yildan boshlab belgilangan tartiblarga amalga qilgan holda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’limga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchisiga o’qishini ko’chirishi mumkin.

В соответствии с Положением, утвержденным постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан от 20.06.2017 г. № 393, с 15 июля начался процесс приема заявлений о переселении и возобновлении обучения. Заявки принимаются до 5 августа.
Учитывая ситуацию с пандемией в этом году, заявки на переселение и восстановление обучающихся принимаются в режиме онлайн через портал https://transfer.edu.uz.
В этот момент многие студенты просят нас уточнить вопрос. То есть, может ли заочник перевестись на дневку?
О: Да, это возможно.
Юрист Хушнудбек Худойбердиев прокомментировал этот вопрос.
Основание: Пункт 8 постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 31 января 2020 года № 59 пункт 12 приложения 1 к постановлению № 930 от 21 ноября 2017 года изложить в следующей редакции:
«12. Допускается перевод с заочной (специальной заочной) формы обучения на очную форму обучения и заочной (специальной заочной) формы обучения с одного направления подготовки на другое.
Из содержания видно, что на основании этого изменения с этого года разрешен переход с дистанционного (специального заочного) обучения на очное.
Проблема: Следует отметить, что с точки зрения юридической техники при разработке данного изменения составители постановления забыли о небольшом аспекте. Процесс перевода студентов регулируется совсем другим постановлением Кабинета Министров, упомянутым в начале этой статьи. Однако поправка, разрешающая перевод заочной (специальной заочной) формы обучения на очную форму обучения, в это основное решение не вошла. В пункт 9 Положения о порядке перевода, восстановления и отчисления обучающихся из высших учебных заведений до сих пор не внесены изменения, а в этом пункте — с дистанционного (специального заочного) обучения на очное и заявления о переводе заочное (специальное заочное) обучение с одного направления подготовки на другое будет отклонено.
Решение: Как видите, в решениях Кабинета Министров установлены два разных правила, в одном говорится о возможности перехода с дистанционного (специального заочного) обучения на очное, а в другом — о невозможности возможный. Каково решение в этом случае? Какое решение МС следует реализовать на практике?
Ответ можно найти в Законе «О нормативных правовых актах». Согласно статье 16 настоящего Закона в случае противоречия между нормативными правовыми актами, имеющими равную юридическую силу, применяются правила более позднего принятого документа. Оба документа, различающиеся по рассматриваемому вопросу, имеют «равную юридическую силу», т.е. оба являются решениями Кабинета Министров. Если бы одно из положений было решением Кабинета Министров, а другое – решением Президента, то последовало бы правило Указа Президента. Это только для информации.
Исходя из требования закона, позже мы узнали, что будут применяться правила принятого документа. Это означает, что вступает в силу правило, изложенное в Постановлении Кабинета Министров № 59 от 31 января 2020 года.
Вывод: С текущего года возможен перевод обучающихся с заочной (специальной заочной) формы обучения на очную форму обучения и заочной (специальной заочной) формы обучения с одного направления подготовки на другое в установленном порядке.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:47:48