2022-2023 statistika, abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlari
⚡️ 2022-2023-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlari.
✅ 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlar soni 1 146 744 nafarni tashkil etdi.
👨🏻💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 585 669 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 528 839 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 25 369 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 6 867 nafar.
👨🏻💻 Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlangan oliy ta’lim muassasalari (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
🔸 O‘zbekiston milliy universiteti — 41 577 nafar.
🔸 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 40 523 nafar.
🔸 Namangan davlat universiteti — 37 267 nafar.
🔸 Urganch davlat universiteti — 37 091 nafar.
🔸 Jizzax davlat pedagogika instituti — 35 706 nafar.
📍 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):
1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 133 987 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 125 717 nafar.
3️⃣ Toshkent viloyati — 107 923 nafar.
4️⃣ Farg‘ona viloyati — 104 201 nafar.
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 101 417 nafar.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:01:00