Pedagogikada sirtqi ta’lim bekor qilinadi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan 2023/2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining matematika va informatika, fizika va astronomiya, kiyo, biologiya, geografiya va iqtisodiy bilim asoslari, o‘zbek tili va adabiyoti, ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha), o‘zbek tili guruhlarda o‘zbek tili, xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha), chaqiriqqacha harbiy ta’lim, maktab menejmenti, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (tillar bo‘yicha) va maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha) sirtqi ta’lim shakliga qabul
amalga oshirilmaydi.
Ushbu ro‘yxatda bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.
O‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning ta’lim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:04