“Oʻzbekiston talabasi” jurnali chop etila boshlandi
Ushbu bosma nashr talabalar hayoti bilan bogʻliq bir-biridan qiziqarli maqola va xabarlarni oʻz ichiga oladi.
Ommabop nashrda, shuningdek, koʻpchilikka manzur boʻladigan materiallar ham joy olgan. Xususan, mamlakatimizdagi vazirlarning qaysi oliy oʻquv yurtida tahsil olgani, dunyo universitetlari reytingi, yaponiyalik yosh onaning hasratlari, Navoiy zamonidagi stipendiya, “Chilim, bu – sen yaqinlashayotgan oʻlim” hamda oʻzbek futbolining bugungi yosh yulduzi Eldor Shomurodovning muvaffaqiyat yoʻli kabi bir-biridan qiziq maqolalar katta ishtiyoq bilan oʻqiladi.
Bir soʻz bilan aytganda talabalarga oid eng sara maqola va xabarlar sizlarga manzur boʻladi.
Mavzuga doir:
Oliy taʼlim” jurnalining yangi soni nashrdan chiqdi
Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:29