DTM Diagnostik test topshiriqlarini olish
❔ Savol: Diagnostik test topshiriqlariga qanday buyurtma berish mumkin? Diagnostik test topshiriqlarini qayerdan olsak bo‘ladi?
Savolga Davlat test markazi rasmiy kanalida shunday javob berildi:
✅ Javob: Davlat test markazi tomonidan e-DTM tizimi ishga tushirilgan bo‘lib, abituriyentlar mazkur tizim orqali diagnostik test topshiriqlarini ishlab, o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.
📥 Buning uchun abituriyentlar @e_dtm_bot telegram boti orqali 1- va 2-mutaxassislik fanlarini tanlaydilar hamda 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha test topshiriqlarini yagona kitob holida yuklab oladilar.
📚 Bunda bir vaqtning o‘zida bir nechta test topshiriqlari kitobiga buyurtma berish imkoniyati mavjud bo‘lib, test variantlariga 3 xil tilda – o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida buyurtma berish mumkin.
⏱ Natijalarni esa mazkur bot orqali onlayn tarzda shu zahotiyoq bilib olish imkoniyati mavjud.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:12