Umummilliy Konstitutsiya imtihoni o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Umummilliy Konstitutsiya imtihoni o‘tkaziladi.
✅ Imtihonda barcha ishtirok etishi mumkin.
📝 Tanlovda ishtirok etish uchun 8-dekabr.adliya.uz saytida ro‘yxatdan o‘tiladi (15 noyabrdan 25 noyabr 23:59 gacha).
🔰 Tanlov quyidagi 2 bosqichda 3 ta toifa uchun alohida tashkil etiladi:
1️⃣-bosqich – test sinovlari:
▫️ umumta’lim maktab, akademik litsey va texnikum o‘quvchilari uchun – 26 noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
▫️ huquqshunoslar va oliy ta’lim muassasalarida huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha o‘qiyotgan talabalar uchun – 27 noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
▫️ boshqa barcha fuqarolar uchun – 28 noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
2️⃣-bosqich – suhbat.
➡️ Test sinovida 8-dekabr.adliya.uz sayti orqali onlayn tarzda ishtirok etiladi.
☑️ Test sinovi 20 ta test savoli va 1 ta ijodiy savoldan iborat. Test savollariga eng qisqa muddatda to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar orasidan 30 nafari tanlab olinib, ularning ijodiy savolga javoblari ko‘rib chiqiladi.
❕Baholash natijasiga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 10 nafar ishtirokchi keyingi bosqichga o‘tadi.
⏩ Ikkinchi bosqich (suhbat) 8 dekabr – Konstitutsiya bayrami arafasida tashkil etiladi.
🖥 Suhbat jarayonlari onlayn translyatsiya qilinadi.
🎁 G‘oliblar diplom va quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
▫️1-o‘rin – noutbuk;
▫️2-o‘rin – televizor;
▫️3-o‘rin – mikroto‘lqinli pech.
⚠️ Tanlovda faqat bitta akkauntdan ishtirok etishga ruxsat etiladi.
❗️Ishtirokchi keyingi bosqichga o‘tish vaqtida turli akkauntlardan qatnashgan holatlar aniqlangan taqdirda, natijasidan qat’i nazar, imtihondan chetlashtiriladi.
Mavzuga doir:
Konstitutsiya bayramiga she’rlar to’plami
Konstitutsiya bayramiga qo’shiq
8-dekabr konstitutsiya kuni uchun senariylar to’plami
Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:27