Noyabr oyida Samarqanddagi talabalarga javob beriladimi?
11 noyabr kuni Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti o‘tkaziladi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu sammit munosabati bilan Samarqanddagi talabalarga noyabr oyida to‘liq yoki qisman ta’til berilishi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.
Mazkur masala bo‘yicha tegishli mutasaddilardan aniqlashtirdim, hozircha bunga oid hech qanaqa rasmiy qaror qabul qilinmagan, deya
ma’lum qildi Xushnudbek.
Agar biror yangilik bo‘lsa, qo‘shimcha xabar beriladi.
Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:15