pedkadr.tdi.uz diqqat! Toifa sertifikatlari tarqatila boshlandi!
‼️Joriy yilning 29 iyun kuni Respublikamizning barcha hududlaridagi ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan pedagoglarning attestatsiya natijalari e’lon qilindi.
‼️ Attestatsiya natijalariga ko‘ra oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalari berilgan pedagoglarning sertifikatlari shaxsiy kabinetlariga yuborildi.
👉 Mazkur natijalar bilan quyidagi havolalar orqali hududlar kesimida tanishishingiz mumkin:
Malaka toifa sertifikatlarini yuklab olish tartibi ushbu videoyo’riqnomada ko’rsatib berilgan.
‼️Barcha pedagoglarning sertifikatlarlari 2022 yil 29 iyun sanasi bilan rasmiylashtirilgan va shu sanadan boshlab kuchga kirgan.
‼️ Sertifikatlar shaxsiy kabinetlarda doimiy ravishda saqlanib turadi va sertifikatlarni istalgan vaqtda yuklab olish mumkin bo‘ladi.
‼️Shu bilan birgalikda, o‘qituvchilardan shaxsiy kabinetlaridan malaka (toifa) sertifikatlarini yuklab olishda shaxsiy ma’lumotlarin uchinchi shaxslarga taqdim etmasliklarini so‘raymiz.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:32