Rossiyaning ayrim hududidagi talabalarga o'qishni ko'chirishga ruxsat berildi
🔰 Davlat komissiyasining 7-son bayoni bilan Rossiya Federatsiyasining (Ukraina bilan chegaradosh) Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berildi.
✅ Unga ko‘ra:
📍 talabalarning o‘qishi ularning arizalariga muvofiq doimiy yashash manzili hududida joylashgan OTMning mos va turdosh (mos va turdosh bo‘lmagan taqdirda mazmunan yaqin bo‘lgan) ta’lim yo‘nalishiga ko‘chiriladi;
👨🏻💻 o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar 2022-yil 1-noyabrdan 20-noyabrga qadar (shu kuni ham) Davlat test markazining my.dtm.uz sayti (“Rossiya Federatsiyasidan o‘qishni ko‘chirish” bo‘limi) orqali qabul qilinadi;
☑️ talabalarning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olganligini tekshirish 2022-yil 25-noyabrdan 15-dekabrga qadar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
📌 talabalarning o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berish bo‘yicha qaror respublika OTMlarining idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilinadi;
❌ fuqarolarning Rossiya Federatsiyasidagi muayyan OTMda haqiqatda o‘qiyotganligi aniqlanmasa ularning o‘qishi ko‘chirilmaydi;
❇️ o‘qishi ko‘chirilgan talabalarning o‘qishini mos kursdan davom ettirishiga istisno tariqasida ruxsat beriladi. Bunda aniqlangan fanlar farqi 2022-2023-o‘quv yili davomida bepul
topshiriladi.
Mavzuga doir:
mandat.dtm.uz saytida o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildiO‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ayrim javoblar, yangi tartib bo‘yichaXorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha DTM axborotiJoylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:18