Tadbirkorlar uchun yangi unvon ta’sis etiladi
“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
«Bizda quruvchi, madaniyat, ta’lim kabi soha vakillari uchun faxriy unvonlar mavjud.
Lekin, Yangi O‘zbekiston poydevorini yaratishga eng katta hissa qo‘shib kelayotgan zahmatkash tadbirkorlarning e’tibordan chetda qolgani adolatdan emas.
Shu bois, ko‘p ish o‘rinlari yaratgan, biznesning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, o‘z sohasida innovasiya va islohotlar qilgan va el-yurt orasida obro‘ topgan biznes vakillarini munosib e’tirof etish uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etishni taklif qilaman», dedi Prezident ochiq muloqotda.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:10:07