Pedagogika yo‘nalishidagi yangi 10 ta OTM qaysi oliygohlar o‘rnida ochildi?
Avvalroq Prezident qarori asosida 10 yangi pedagogika OTMlari ochilgani haqida
aytgandik. O‘zA (@uzauz) ushbu OTMlar hozirda mavjud bo‘lgan qaysi oliygohlar o‘rnida tashkil etilganini
ma’lum qildi.
Bular:
1️⃣ Urganch davlat pedagogika instituti — Urganch davlat universiteti pedagogika yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida;
2️⃣ Namangan davlat pedagogika instituti — Namangan davlat universiteti pedagogika yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida;
3️⃣ Guliston davlat pedagogika instituti — Guliston davlat universiteti pedagogika yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida;
4️⃣ O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti — Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti negizida;
5️⃣ Andijon davlat pedagogika instituti — Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti negizida;
6️⃣ Buxoro davlat pedagogika instituti — Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti negizida;
7️⃣ Termiz davlat pedagogika instituti — Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti negizida;
8️⃣ Shahrisabz davlat pedagogika instituti — Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti negizida;
9️⃣ Chirchiq davlat pedagogika universiteti — Chirchiq davlat pedagogika instituti negizida;
1️⃣0️⃣ Jizzax davlat pedagogika universiteti — Jizzax davlat pedagogika instituti negizida.
❗️Bunda ushbu yo‘nalish va mutaxassisliklarda hozir o‘qiyotgan talabalar avtomatik ravishda yangi OTMlarning talabasi bo‘lib o‘tadi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:04