Yilning eng yaxshi imomi aniqlandi (O'zbekiston)
O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekistonning eng yaxshi imomi deya Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi «Oqqo‘rg‘on» jome masjidi imom-xatibi Rustamjon Hamidov e’tirof etildi.
2-o‘rin Toshkent shahar Olmazor tumanidagi «Imom Termiziy» jome masjidi imom-xatibi Ishoqjon Begmatov, 3-o‘rin Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «Qo‘chqor ota» jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon Soliyevga nasib etdi.
Nukus shahridagi «Imom Eshon Muhammad» jome masjidi «Eng obod masjid» deb topildi. Bu yo‘nalishda 2-o‘rinni Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidi, 3-o‘rinni Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Ramazon qori» jome masjidi qo‘lga kiritdi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:59:15