Abituriyent bu yilgi test savollarini tarqatib yubordi
Ijtimoiy tarmoqlarda bu yilgi OTMga kirish imtihonlaridagi test sinoviga taalluqli test savollari suratlari tarqaldi. DTM holat yuzasidan ma’lumot taqdim etdi.
Ma’lum qilinishicha, kimyo fanidan test topshiriqlari aks etgan test savollari kitobi bugun, 8 avgust kuni Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lgan.


Mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlanib, dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilgan.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:10