DTM fuqarolarni volontyor sifatida hamkorlikka taklif qildi
Davlat test markazi fuqarolarni volontyor sifatida hamkorlikka
taklif qiladi.
🔰 Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining “Volontyorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 11-apreldagi 169-son qarori bilan Davlat organlarining vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibi to‘g‘risida namunaviy nizom tasdiqlangan.
🤝 Davlat test markazi mazkur qaror va nizomdan kelib chiqqan holda Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini sifatli tashkil etish maqsadida belgilangan vazifa va funksiyalarni samarali va tejamli shaklda amalga oshirish uchun 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarni volontyor sifatida hamkorlikka taklif etadi.
✅ Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga volontyorlik bo‘yicha nizom, yo‘riqnoma, volontyorlar jalb etiladigan yo‘nalishlar ro‘yxati va boshqa ma’lumotlar joylashtirilgan bo‘lib, fuqarolar
https://dtm.uz/page/volontyor havolasi orqali mazkur ma’lumotlar bilan tanishishlari mumkin.
📥 Volontyor sifatida Davlat test markazi bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan talabgorlardan o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (obyektivka) ni 10-iyulga qadar Davlat test markazining men_volontyorman@dtm.uz elektron pochta manziliga yuborishlarini so‘raymiz.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:59:57