Imtihonga kirayotgan abituriyent savollariga javoblar
DTM vakili Sardor Rajabov imtihonga kirayotgan abituriyentlarni qiynayotgan savollariga
javob berdi.
❓ Testga oq ko‘ylakda kelish shartmi?
✅ JAVOB: yo‘q, shart emas. Kiyimga cheklov qo‘yilmagan. O‘zingizga qulay bo‘lgan kiyimda kelavering (faqat odob doirasini unutmang).
❓ Agar kerak bo‘lsa, qo‘shimcha qoralama (chernovik) uchun qog‘oz beriladimi?
✅ JAVOB: Ha, beriladi. O‘zi savollar kitobida qoralama uchun bo‘sh varaq tikilgan bo‘ladi. Mabodo shu yetmay qolsa, yana so‘ralsa, nazoratchilar berishadi. Faqat asosiy sharti o‘sha qog‘ozlarni olib chiqib ketish mumkin emas, qoralama qog‘ozlar ichkarida qolishi kerak.
❓Savollar kitobiga taxmin qilgan javoblarimizni belgilab tursak bo‘ladimi?
✅ JAVOB: ha, savollar kitobiga bemalol taxmin qilingan to‘g‘ri javoblarni belgilash, turli qaydlar yozish, chizish mumkin. Lekin savollar kitobini yirtish, o‘zi bilan olib chiqib ketish, birovga berib turishga ruxsat yo‘q.
Quyidagi audio chatda barcha savollarga javoblar keltirilgan:
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:06