Bankomatlarda pulni naqdlashtiish uchun 3 foiz olinmoqdami?
Bugun, 2022 yilning 11 iyul kuni tushlikdan keyin, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim bankomatlardan naqd pul yechishda yechilayotgan naqd pul miqdoridan kelib chiqib 3 foizgacha komissiya to‘lovlari olinayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Markaziy bank ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
🔸Birinchi navbatda, bayram kunlari munosabati bilan respublika hududidagi 9500 dan ortiq bankomatlarning uzluksiz ishlashi va yetarli miqdorda naqd pullar bilan ta’minlash choralari ko‘rilgan.
🔸Bankomatlardan naqd pul yechish uchun komissiya to‘lovlari tijorat banklari tomonidan bankomatga xizmat ko‘rsatish xarajatlaridan kelib chiqib mustaqil belgilanadi va bugungi kunda 1 foizdan oshmaydi.
🔸Ayrim tijorat banki tomonidan alohida bir bankomatda eksperiment tariqasida tabaqalashgan yuqori komissiya to‘lovi o‘rnatilgan bo‘lsa, erkin bozor sharoitida bu o‘zini oqlamaydi. Zero, boshqa bankomatlarda komissiya to‘lovi 1 foiz yoki undan past qilib belgilanganligi sababli iste’molchilar arzon xizmatidan foydalanishni afzal ko‘radi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:49