Konspekt yozish tartibi qayta joriy qilinishi mumkin
Umumiy urta ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining pedagogik ish rejasi va yuklamalari qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu haqda «2022–2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur»da nazarda tutilgan.
Milliy dasturda aytilishicha, yosh mutaxassislar ya’ni 5 yilgacha pedagogik stajga ega bo‘lgan o‘qituvchilar zimmasiga darsga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida maxsus pedagogik xarita va dars ishlanmalarini tayyorlash majburiyatini yuklash yuzasidan pedagogik jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkaziladi.
Bugundan boshlab Xalq ta’limi vazirligi so‘rovnoma o‘tkazishni
boshladi. So‘rovnoma natijalaridan kelib chiqib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining pedagogik ish rejasi va yuklamalariga o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Yanada tushunarliroq qilib aytadigan bo‘lsak, konspekt yozish tartibi faqat yangi ishga kirgan yosh mutaxasislar uchungina joriy qilinishi mumkin. Bu tartib joriy qilingan taqdirda tajribali, 5 yildan ortiq pedagogik ish stajga ega bo‘lgan pedagog xodimlardan dars ishlanmalari talab qilinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 3058-I-sonli qarori bilan umumta’lim maktablari o‘qituvchilari tomonidan yillik taqvim-mavzuviy reja hamda kundalik dars ishlanmalari (konspekt)ni yuritish bekor qilingan.
❗️Xurmatli pedagoglar! Siz ham ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etib, o‘z fikringizni bildiring. Sizning bergan ovozingiz bilan konspekt yozish tartibini qayta joriy qilish yoki qilmaslik masalasi ko‘rib chiqiladi.
👉So‘rovnomada ishtirok etishJoylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:40