Bu termin, umrida dars o‘tmagan odamlarning o‘qituvchilarga tavsiya qiladigan dars metodi, faqat bizda bo‘lsa
kerak…
Hozirda maktab o‘quvchisi, uning ota-onasi vaholanki umri bino bo‘lib dars o‘tib ko‘rmagan komissiyadan shu gapni ta’lim sifati yo‘qligi, o‘quvchi va uning oilasini ta’limga umuman qiziqmasligini yopti-yopti qilib aybni osongina o‘qituvchiga ag‘darish uchun ishlatayotganiga ko‘p guvoh bo‘layapmiz!
Xo‘sh, 35 ta bemaqsad, xatto ota-onasi ham ularning kelajagini tasavvur qila olmaydigan, o‘quv yili davomida yuzlab 2 olsayam, oylab kelmasayam sinfdan-sinfga bemalol o‘tib shu tufayli o‘qituvchilarni mensimay qo‘ygan boshbodoqlarga darsni qanday qiziqtirib o‘tish mumkin?
Misol uchun oddiy arifmetikani bilmaydigan o‘quvchiga integral tenglamalarni qanday qiziqarli o‘tish mumkin?
To‘g‘ri ba’zi fanlarni misol uchun mehnat, adabiyot, tarix, fizika, himiya, tabiatshunoslikni eplab biron bir laboratoriya amaliyoti qilib qiziqtirish mumkindir lekin boshqa asosiy fanlarnichi?
To‘htang o‘zi kim aytdi o‘qituvchi qiziqtirishga majbur deb? Yana qaysi sohada bu amaliyot bor? Nega o‘qituvchi kimnidir o‘qishni xoxlamagan o‘quvchisi qiziqtirishga majbur? Qiziqqan, kelajagini o‘ylagan o‘qiyversin, o‘qigisi kelmagan o‘qimasin!
Keyin yana repititorlikka borib GO‘YOKI O‘Z-O‘ZIDAN fanga qiziqib ketgan abituriyentlarni o‘qituvchilarga pesh qilishga xarakat qilashadi, anovini ko‘rdingmi repititorga borib zo‘r o‘qiyapti deb!
Xa endi zo‘rg‘a bitta yoki maksimum uchta fanni o‘qisa qolganlarga dam bersa, tekingamas yaxshigina pulga o‘qisa, yana dars qoldirsa yoki vazifa qilmasa o‘qituvchisi bemalol: qaytib kelma, seni o‘qitmayman, PULINGA KUYDING deya olsa kim ham o‘qimas edi?
Agar maktablarda rostdan 30 soat sababsiz kelmaganni, qoniqarsiz baho olganni har qanday fan o‘qituvchisi sinfda qoldira olganda edi… O‘quvchilar o‘qituvchilar bilan Tangem salomlashgandek ko‘rishib, eslikkina bo‘lib darsda 100% formada o‘tirishgan bo‘lar edi!
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:07