Ona tili va o‘qish savodxonligi materiallari XTV tomonidan yuboriladi
​​⚡️2022 yil sentabrdan «Ona tili» hamda «Ona tili va o‘qish savodxonligi» fanlaridan nazorat materiallari Respublika ta’lim markazi tomonidan yuboriladi.
Respublika ta’lim markazining xabar berishicha, milliy o‘quv dasturi asosida yangi avlod darsliklari amalga joriy qilingan sinflar uchun Ona tili va o‘qish savodxonligi hamda Ona tili fanlaridan taqvim rejasida ko‘rsatilgan nazorat ishlari uchun materiallar hamda baholash mezonlari Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanadi hamda tavsiya (hozircha o‘qituvchilar aynan shu materiallar asosida baholashga majburlanmaydi) sifatida o‘qituvchilarga yuboriladi.
Respublika ta’lim markazi baholash bo‘yicha mutaxassisi Shokir Tursunning ta’kidlashicha, ushbu nazorat materiallari orqali ma’lum davr oralig‘ida o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan ko‘nikmalar tekshiriladi.
Bundan tashqari, nazorat materiallarini tahlil qilish bo‘yicha qo‘llanma ham bo‘lib, o‘qituvchilar o‘quvchilarining baholarini batafsil izohlab berish imkoniga ega bo‘ladilar.
Nazorat materiallari taqvim reja asosida, nazorat o‘tkazilishi lozim bo‘lgan vaqtdan bir necha kun oldin viloyat xalq ta’limi boshqarmalari orqali yuborilishi rejalashtirilgan.
❕Nazorat materiallari 1-, 2-, 3-sinflar uchun Ona tili va o‘qish savodxonligi va 6-, 7-, 10-sinflar uchun Ona tili fanidan yuboriladi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:08