O‘qituvchilarning ish vaqti qanday hisoblanadi?
O‘qituvchilarning ish vaqti qanday hisoblanishini ko‘rib chiqamiz.
Agar yuqori sinf o‘qituvchisining haftalik dars yuklamasi 20 soat qilib belgilangan bo‘lsa, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq, o‘qituvchining haftalik ish yuklamasi har bir o‘quv soatini 0,8 koeffitsiyentga ko‘paytirish natijasida 16 soat qo‘shish orqali 36 soat qilib belgilangan.
Shunga muvofiq o‘qituvchi daqiqa hisobida 900 yoki 15 (astronomik) soat o‘quvchilar bilan ishlasa, qolgan 21 soatni ish yuklamasida belgilangan boshqa vazifalar hamda maktab rahbariyati bergan topshiriqlarni bajarishga sarflashi lozim. Mehnat kodeksining 115-moddasiga ko‘ra, xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.
Shundan kelib chiqib, xodimni sakkiz soatdan ortiq ishlatish mumkin emas, Bu mehnatga majburlash hisoblanadi va aybdor shaxslar ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan javobgarlikka tortiladi.
Albatta, ish hajmining ortishi yoki muhim topshiriqlar ijrosini kechiktirib bo‘lmasligini inobatga olib, ish beruvchi asosiy ish vaqtidan tashqari qo‘shimcha ish vaqtida ham xodimning roziligi bilan uni ishga jalb qilishi mumkin. Bunda qo‘shimcha ishlagan ish vaqti uchun ikki hissa ish haqi to‘lanishi lozim. Bu vaqt qonun hujjatlariga muvofiq yiliga 120 soatdan oshmasligi kerak.
E’tibor bering. Mehnat kodeksining 118-moddasiga asosan yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq, ya’ni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. Bunday xodimlar ro‘yxati va ular ish vaqtining aniq muddati O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan
belgilanadi.
Maktab rahbarlari, ish vaqtining qisqartirilgan muddati qoidasiga rioya qiling.
Ish vaqti o‘qituvchilar uchun yuqori sinflarda 6 soat, boshlang‘ich sinflarda 7.2 soatdan ortiq bo‘lmasligi qoidasini ham inobatga olib qo‘yinglar. Buning uchun
ushbu ro‘yxat bilan tanishib chiqishingizni maslahat beramiz.
Mavzuga doir:
O‘qituvchilar qancha vaqt ish joyida bo‘lishi kerak?Taklif: to‘garak mashg‘ulotlarini fan o‘qituvchisiga emas, boshqa xodimga biriktirish kerakO’qituvchilarning ish yuklamasi qay tartibda taqsimlanadi?Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:10