Savolni qanday berish kerak?
“Javob qanday boʻlishi mumkin?”
“Bu savolning javobi nima?” bu butun dunyo boʻylab oʻqituvchilar tomonidan kuniga yuzlab marta soʻraladigan toʻgʻridan-toʻgʻri savol. Oʻziga ishongan oʻquvchilar uchun unga javob berish qiyinchilik tugʻdirmaydi. Ammo oʻziga nisbatan ishonchi pastroq oʻquvchilar-chi?
Lekin siz “javob nima?” deb emas “javob qanday boʻlishi mumkin?” shaklida savol bersangiz bu oʻquvchining qoʻrquvini kamaytiradi. Savoldagi birgina “mumkin” soʻzining oʻzi oʻquvchida faqat javobni aniq bilganlar emas, balki boshqalar ham oʻz fikrini, taxminini aytib koʻrishi mumkinligiga ishonch hissini uygʻotadi.
“Yetarlicha tushuntira olyapmanmi?”
Siz mavzuni tushuntiryapsiz va oʻquvchilardan har zamonda “tushunyapsizlarmi” deb soʻrab turasiz. Ammo bu savolni berganingizda butun sinf sukut saqlaydi? Axir hech boʻlmaganda sinfdan 4-5 oʻquvchi tushunmay qolgan boʻlishi mumkin edi-ku?
“Tushundingizmi” tarzida savol berishda bor masʼuliyat oʻquvchining zimmasiga yuklatiladi. Bu ularga «agar tushunmasangiz bu sizning aybingiz» — deb taʼkidlayotgandek tuyuladi.
Biroq, agar siz “men yetarlicha tushuntira olyapmanmi?” deb soʻrasangiz, oʻquvchilar tushunmaganliklari uchun oʻzlarini aybdor his qilmaydilar va tushunmaganlarini soʻrashda erkin boʻladilar.
Manba:
Respublika ta’lim markaziJoylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:04