100 foizlik ustama olish huquqi qanday pedagoglarga beriladi?
100 foizlik ustama haq olish huquqini qo‘lga kiritgan pedagog xodimlar «A’lo darajali» pedagoglar deb yuritiladi va bu ustama kimlarga beriladi?
✅ Umumta’lim muassasasining pedagog xodimlari faoliyati davomida xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarga o‘quvchilarni tayyorlab borish ishlariga munosib hissa qo‘shgan pedagog xodimlarga «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida» gi Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan ustamalar o‘rniga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz bo‘lgan ustama haq to‘lanadi.
✅ Har oylik bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 100 foizlik ustama haq olishga da’vogar pedagog xodimlar ro‘yxati Ishchi guruhning qarori asosida xalqaro baholash tadqiqotlari turkumiga kiruvchi fanlar doirasida shakllantiriladi hamda umumta’lim muassasasi direktori tomonidan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga har yili 1 martga qadar taqdim etiladi.
✅ 100 foizlik ustama haq olishga da’vogar pedagog xodimlarning mashg‘ulot olib boradigan fanlari bo‘yicha o‘quvchilarining bilimlari xalqaro baholash dasturlari integratsiya qilingan nazorat materiallari asosida o‘tkaziladigan sinovlar natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining tashqi monitoring natijalariga ko‘ra, o‘quvchilar o‘rtacha 80 foizdan kam bo‘lmagan ko‘rsatkichga ega bo‘lganda, Ishchi guruh tomonidan o‘qituvchiga yangi o‘quv yilidan boshlab bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz ustama haq belgilanadi.
✅ Xalqaro baholash dasturlari integratsiya qilingan nazorat materiallari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi bilan hamkorlikda Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanadi.
✅ Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlangan nazorat materiallari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan 100 foizlik ustama haq olishga da’vogar pedagog xodimlarning mashg‘ulot olib boradigan fanlari bo‘yicha o‘quvchilarining bilimlari tashqi monitoring tarzida o‘quv yili yakuniga qadar baholanadi hamda 100 foizlik ustama haq olish huquqini qo‘lga kiritgan pedagog xodimlar (ustama olish davrida) shartli ravishda «A’lo darajali» pedagoglar deb yuritiladi.
✅ Da’vogar o‘qituvchi dars mashg‘ulotlari olib boradigan sinflarning 30 foizi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining tashqi monitoring jarayonida qamrab olinishi shart.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:59:59