“Eng yaxshi talaba” tanlovi respublika bosqichi yakunlandi
🎓 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan iqtidorli talaba-yoshlarni aniqlash va ularni munosib ragʻbatlantirish maqsadida Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi tomonidan imkoniyati cheklangan talabalar oʻrtasida “Eng yaxshi talaba” tanlovi eʼlon qilingan edi.
✅️ Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi Mirsaid Muxtorov eng yuqori 96 ball bilan imkoniyati cheklangan talabalar oʻrtasida “Eng yaxshi talaba” tanlovi gʻolibi deb topildi.
Nizomga koʻra, respublika bosqichida 1-oʻrinni egallagan tanlov gʻolibi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining maxsus diplomi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
💠 Tanlovning final bosqichida yuqori ball to‘plagan quyidagi ishtirokchilar ham vazirlik tomonidan sertifikat va hamkor tashkilotlarning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi:
🟣Yorqinbek Odilov, FarDU — 88 ball;
🟣Nodira Eshquvvatova, SamISI — 85 ball;
🟣Asila Mirzayorova, TDIU — 83 ball.

Mavzuga doir:
Talabalar o`rtasida “Ilhom” mukofoti uchun tanlov e`lon qilindi
Kitobsevar talaba – «Spark» sohibi bo‘ldi
Qanday tanlov, musobaqa va tadbirlar ustama tayinlashda inobatga olinadi?
Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:46