DTM 2022: test jarayonidagi barcha yangiliklar haqida
❓Testda o‘tgan yilgidan qanday o‘zgarishlar bor?
Abituriyentlar e’tibor berishi kerak bo‘lgan ayrim jihatlar
ma’lum bo‘ldi.
1️⃣ Mutaxassislik blokida savollar soni oshirildi. O‘tgan yili «spetsblok»da 20 tadan jami 40 ta savol berilgandi. Joriy yilda 30 tadan jami 60 ta savol beriladi;
2️⃣ Mutaxassislik blokida birinchi va ikkinchi fanga beriladigan ball miqdori farq qiladigan bo‘ldi. O‘tgan yili ikkala fanga ham bir xil 3,15 balldan berilgandi. Joriy yilda birinchi o‘rindagi muhim fanga 3,1 ball, ikkinchi fanga 2,1 ball beriladigan bo‘ldi. Demak, bir-biriga mos 5 ta yo‘nalish tanlashda ham bu yil o‘zgarishlar bo‘ladi. O‘tgan yili ikkalasiga bir xil ball berilgani uchun birinchi va ikkinchi fanga ajratilmagandi. Endi bu yil shunchaki 2 ta fan to‘g‘ri kelishi kifoya emas, ularning muhimlik o‘rni ham ahamiyat kasb etadi;
3️⃣ Yo‘nalishidan qat’i nazar barcha uchun tushadigan majburiy blokdagi 3 ta fanga beriladigan ball miqdori kamaytirildi. O‘tgan yili 2,1 balldan berilgandi, joriy yilda 1,1 balldan beriladigan bo‘ldi. Bu degani majburiy blokdan ko‘p ball to‘plab bo‘lmaydi. O‘tgan yili majburiy blok 63 ball berardi, bu yil 33 ball to‘plash mumkin. Demak, joriy yilda asosiy ballarni mutaxassislik fanlaridan to‘plash mumkin, 2 ta fanga jami 156 ball (82,5%) berilmoqda.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:59:50