Mantiqiy savollar bolalar va kattalar uchun eng yaxshi aql gimnastikasidir.
Saytimiz o’quvchilari mantiqiy savollar va qiziqarli savollarni yaxshi ko’rishlarini inobatga olib eng yaxshi va eng yangi mantiqiy savollar to’plamini yaratdik.
Mantiqiy savollar barcha yoshdagi o’quvchilar uchun mo’ljallangan. Javobini topishga harakat qilishingizni inobatga olib savollar javobini yashirin bermoqdaman. Mantiqiy Savollar javobini ko’rish uchun «Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish» tugmasini bosing. Har qanday savolning javobini ko’rishdan oldin o’z javobingizni o’ylab keyin solishtirishingizni maslahat beraman. Bunday mantiqiy savollar sizning fikrlash qobiliyatingizni kuchaytirib, aqliy salohiyatingizni oshiradi. Mantiqiy savollar ishlashga tayyor bo’lsangiz ketdik!
Bolalar mantiqiy savollarga juda o’ch bo’lishadi. Har qanday yosh bola unga boshqotirma aytilganda tafakkur qilishga intiladi. Mantiqiy savollar bolalarning aqliy faoliyatini o’stirishda muhim rol o’ynaydi.
1. Bolalar uchun savol: Olovda yonmaydi, suvda cho’kmaydi. U nima?
2. Oson savol: 32 jangchining 1 qo’mondoni bor. U nima?
3. Ular taqillatib, taqillatib zerikishmaydi, yurishadi, yurishadi, lekin hech qayerga ketishmaydi. Gap nima haqida ketyapti?
5. Chalg’ituvchi savol: 5 ta bola 1 ta etikni kiyish uchun nima qilish kerak?
6. O’tgan yil yoqqan qorni qanday toppish mumkin?
7. 1 kishi o’tiribdi, siz uning o’rniga also o’tirolmaysiz, hatto turib ketsa ham uning o’rniga o’tira olmaysiz. U qayerda o’tirgan bo’lishi mumkin?
8. Ikki odam 5 partiya shashka o’ynab 5 martadan g’alaba qozondi. Buqanday bo’lishi mumkin?
9. Tuxumni 3 metr balandlikdan tashlab sinmasligi uchun nima qilish kerak?
10. Sun’iy yo’ldosh yer atrofida aylanishni birinchi marta 1 soat 40 daqiqada amalgam oshirdi, ikkinchi aylanishni 100 daqiqada amalgam oshirdi. Nega shunday bo’ldi?
11. Qaysi hayvonlar doim ko’zlarini ochib uxlaydilar?
12. Qaysi xashorotlar xonakilashtirilgan?
13. Matematik savol: Bir kishi bozordan 50 so’mga ot sotib oldi. Otlar narxi ko’tarilgani uchun uni 60 so’mga sotdi. Otsiz qiynalishini bilib 70 so’mga yana ot sotib oldi. Otasining qimmat olibsan deyishidan cho’chib 80 so’mga sotib yubordi. U qancha foyda ko’rdi?
Siz matematik masalalarga qiziqasizmi? Ushbu sahifada juda qiziqarli matematik misollar berilgan👇
14. Dunyo bo’ylab meva yetishtirish bo’yicha banan birinchi o’rinda turadi, ikkinchi o’rinda sitrus mevalar, uchunchi o’rinda qaysi meva turadi?
15. Eng katta mevali o’simlik nima?
16. Qushda 4 gr, itda 100 gr, otda 500 gr, filda 4-5 kg, odamda 1,4 kg. Bu nima?
17. Har qanday kosmonavt parvoz vaqtida nimani yo’qotadi?
18. Futbol o’yinida hakamlar hushtak o’rnida avval nimani ishlatishgan?
19. Osiyoning turli joylarida uni iste’mol qilishgan, rimliklar uni badbo’y o’simlik deb atagan, Pifagor esa uni ziralar shohi deb atagan. U nima?
20. Diqqat, tungi 12 da yomg’ir yog’sa yana 72 soatdan keyin quyoshli ob-havo bo’lishini kutish muimkinmi?
21. Bir kishidan yoshini so’rashganda u yonidagi qarindoshini ko’rsatib men qarindoshimdan 600 marta kattaman dedi. Uning gapiga ishonish mumkinmi?
22. Qirol vazirini ishdan bo’shatishni o’ylab yurar, ammo ayb topolmas edi. Bir kuni u vazirini chaqirib unga ikki qog’oz parchasini ko’rsatib dedi:
Bu qog’ozlarga ket va qol deb yozilgan, bulardan birini tanla, tanloving sening ishda qolish-qolmasligingni hal qiladi.
Dono vazir har ikki qog’ozda ham ket deb yozilganligini fahmlab shunday ish qildiki, shoh uni yana ishda qoldirishga majbur bo’ldi. Savol, har ikki qog’ozga ham ket deb yozilgan bo’lsa vazir nima qilib vaziyatni to’g’irlagan?
23. Parkda 8 ta o’rindiq bor, uchtasi bo’yalgan. Parkda hammasi bo’lib nechta o’rindiq bor?
24. 1 termometr +15 darajani ko’rsatmoqda, ikkita termometr bo’lsa necha darajani ko’rsatadi?
25. Non uch qismga bo’lindi. Buning uchun necha marta kesilgan?
26. Ikki marta tug’iladi, bir marta o’ladi. Bu nima?
27. 9 qavatli binoda lift bor. 1-qavatda 2 kishi, 2-qavatda 4 kishi, 3-qavatda 8 kishi, 4-qavatda 16 kishi, 5-qavatda 32 kishi va boshqalar yashaydi. Ushbu binoning nechanchi qavatida lift tugmasi ko’proq bosiladi?
28. U narsa ham tepaga chiqadi, ham pastga tushadi, lekin joyida qoladi. U nima?
29. Daraxtda 7 ta chumchuq bor edi. Ulardan birini mushuk yeb qo’ydi. Daraxtda nechta chumchuq qoldi?
30. Uyingizga mehmonlar keldi. Muzlatgichda 1 shisha limonad, 1 shisha olma sharbati, 1 shisha mineral suv bor. Qay birini ochishingiz to’g’ri bo’ladi?
Sizga taqdim etayotgan ushbu mantiqiy savollar va jumboqlar har qanday yoshdagi kishilar uchun to’g’ri keladi. Ba’zi savollar bir qarashda juda oddiydek tuyulsada kishini o’ylashga majbur qiladi. Darvoqe, Google suhbatidan o’tish uchun 15 ta mantiqiy savollarni o’qish uchun
sahifaga borishingiz mumkin.
31. Yaponiya aviakompaniyalardan biri ishlab chiqarayotgan samalyotlarining burun qismiga ulkan ko’z shaklini ham chizishadi. Nega shunday qilishadi?
32. Yozuvchi O.Henrining fikriga ko’ra u tirnog’I kesiladigan yagona hayvondir. Bu qaysi hayvon?
33. Nimaning oshqozonida tishlari bor?
34. Bu metal platina va uranga nisbatan tabiatda kam uchraydi, lekin u har bir honadonda bo’lishi mumkin. Savol: bu qaysi metal?
35. Shunday mo’rt narsa borki, nomini aytilsa ham buziladi.
36. Mantiqan o’ylab ayting, kartoshka dastlab qayerda paydo bo’lgan?
37. 19 ni shunday yozingki, 1 ni olib tashlasa 20 qolishi kerak.
38. Bolalar uchun savol: Uning 5 barmog’I bor, lekin u tirik jonzot emas. U nima?
Shu o’rinda eslatib ketay, saytimizda 1-sinf o’quvchilari uchun mantiqiy topshiriqlar berilgan, yuklab olish uchun ushbu sahifaga o’tishingiz mumkin👇
39. Men hech kim emasman, lekin mening ismim bor. Men katta ham, kichik ham bo’lishim mumkin, lekin yolg’iz bo’lolmayman. Men kimman?
40. Mantiqiy savol: Bahrom 10 daqiqada 3 ta baliq tutdi. Bahrom 10 ta baliq tutish uchun qancha vaqt kerak bo’ladi?
41. Sardor 5 yoshda, Sobir 9 yoshda. Uch yildan keyin ularning yoshlari o’rtasidagi farq necha bo’ladi?
42. Samolyot, vertolyot, paraxod, havo shari. Bu yerda qay biri ortiqcha?
43. Angliyada birinchi o’rinda, Daniyada ikkinchi o’rinda, Braziliyada uchinchi o’rinda, O’zbekistonda yo’q. Gap nima haqida ketmoqda?
44. Mantiqiy savol: Qush qorovulning boshiga qo’ndi. Qorovul nima qilayotgan edi?
45. Qanday soat kuniga ikki marta to’g’ri vaqtni ko’rsatadi?
46. Bir g’orga ofitserlar qo’riqchiga parol va parol javobini aytib kirishar edi. Josus ularning parol tizimini o’rganish uchun butalar orasiga yashirinib oldi va kuzatdi. Ofitser g’or og’ziga keldi.
Yana bir ofitser keldi. Qo’riqchi:
Josus ularning parol tizimini o’rgandim deb o’ylab qo’riqchining oldiga bordi.
Qo’riqchi noto’g’ri javobdan josusni aniqlab ushlab oldi. Yuqoridagilardan kelib chiqib o’ylab ko’rib aytingchi, parol 100 bo’lsa javob necha bo’lishi kerak edi?
47. Kulgili savol: Ovchi avtobusda ketayotgan vaqtda yugurib borayotgan quyonni ko’rib o’q uzdi. U qayerga ketdi?
Vaqtingizni maroqli o’tishini istasangiz maktab hayoti bilan bog’liq latifalar jamlangan ushbu sahifaga o’tishingiz mumkin👇
48. Hazil savol: savatda 5 olma bor. 5 kishiga olmalarni taqsimlab 1 ta olmani savatda qoldirish uchun nima qilish kerak?
49. Qiz uzukni choy to’la piyolaga tashladi, lekin uzuk ho’l bo’lmadi. Bu qanday sodir bo’ldi?
50. Yoshi 100 yoshdan kam bo’lgan bir to’tiqush bor edi. U savolga faqat Ha yoki yo’q deb javob bera olardi. Uning yoshini aniqlash uchun necha marta savol berish kerak?
51. Juda nozik savol: Faqat 25 tonna yukni ko’taradigan ko’prik bor edi. Undan haydovchisi va barcha jihozlari bilan 25 tonna keladigan yuk mashinasi o’tdi. Yuk mashinasi ko’prikning o’rtasiga kelganda unga 30 gram og’irlikdagi qush qo’ndi, lekin ko’prik qulamadi. Buning sababi nima?
52. Meni ziyofatga taklif qilishdi. Men u yerda kamdan-kam odamda uchraydigan soati bor kishini uchratdim. Bu soat o’g’irlanganliginibildim. Savol buni qanday aniqladim?
53. Polkovnikning 4 qizi bor. Har bir qizning akasi ham bo’lsa polkovnikning nechta farzandi bor?
54. Mantiqiy savol: 2 kun ketma-ket yomg’ir yog’ishi mumkinmi?
55. Aka-uka 2 soat mobaynida shashka o’ynadi. Ularning har biri qancha vaqt o’ynagan bo’ladi?
55. Fil kabi katta, lekin og’irligi yo’q. Bu nima?
56. Bo’sh savatga nechta olma sig’adi?
57. Maktabdan Oybekning uyigacha 30 daqiqalik yo’l bor. Agar Oybek 3 do’sti bilan uyiga boradigan bo’lsa qancha vaqtda yetib boradi?
58. Mantiqiy savol: Qizil shar qora dengizga tushib qolsa nima bo’ladi?
59. Qaysi hayvon tosh ko’ylak kiyadi?
60. O’rindiqda 5 bola o’tirar edi. Ulardan 2 tasi ketishga qaror qildi. O’rindiqda nechta bola qoldi?
Topishmoqlar mantiqiy savollar kabi qiziq bo’lib xalqimiz juda yaxshi ko’radi. Xalqimizda topishmoqlarni «Topmacha», «Top-top», «Chiston» deb ham yuritiladi. Eslatib o’taman, quyidagi sahifada eng sara 100 ta topishmoqlarni taqdim etganmiz👇
61. Yiqilsa sakraydi, ursangiz yig’lamaydi
62. Daraxtda 8 ta olma bor. 3 ta qizil va 5 ta yashil. 3 kundan keyin 2 ta yashil olma qizarib ketdi. Daraxtda nechta olma qoldi?
63. Uchta ayiq qish uyqusigaketdi: birinchisi 24-dekabrda, ikkinchisi 29-dekabrda, uchinchisi 2-yanvarda uxlab qoldi. Ayiqlarning har biri qachon uyg’onadi?
64. Bu patdan ham yengil, ammo 10 daqiqa ham ushlab turolmaysiz. Bu nima?
65. Uning yengil va og’ir turi bor, ammo og’irligi yuk emas.
U tez va sekin bo’lishi mumkin, lekin, yurmaydi, yugurmaydi, uchmaydi.
66. U atigi 2 soatda qariydi. U o’z o’limi bilan boshqalarga foyda keltiradi. Uni o’limdan shamol va suv qutqarib qolishi mumkin.
67. Alifboda nechta harf bor?
68. Mantiqiy topishmoq: Ikki qorin, to’rtta quloq
Mantiqiy topishmoqlarni xush ko’ruvchi do’stlarimiz uchun topishmoqlarning audio shaklini jamlaganmiz, yuklab olish uchun quyidagi sahifaga o’tishingiz mumkin👇
69. Tasavvur qiling, dengizda qayiqda suzib yuribsiz. Birdan qayiq teshilib cho’ka boshladi. Dengizga cho’kayotib siz tomon akulalar kelayotganligini ko’rdingiz. O’zingizni qutqarish uchun nima qilishingiz kerak?
70. 3 toshbaqa emaklab borardi.
Birinchi toshbaqa dedi: mening ortimdan 2 toshbaqa boryapti.
Ikkinchi toshbaqa dedi: mening oldimda 1 ta va ortimdan 1 ta toshbaqa boryapti.
Uchinchi toshbaqa dedi: mening oldimda 2 ta va ortimdan 1 ta toshbaqa boryapti.
71. Xonada 12 ta tovuq, 3 ta quyon, 5 ta kuchukcha, 2 ta mushuk, 1 ta xo’roz va 2 ta tovuq bor edi. Xonaga uy egasi iti bilan kirdi. Xo’sh, xonada nechta oyoq bor?
72. Olma daraxtida tuxum bo’lishi mumkinmi?
73. Stolda 3 ta bodring va 4 ta olma bor edi. Bola olmadan 1 ta olsa, stolda nechta meva qoladi?
74. Ushbu jumboqni bolalar osonlik bilan topishadi. Kattalar esa ko’p o’ylanib qolishadi. Jumboqni toppish uchun bolalardek fikrlash kerak. Mana o’sha jumboq:
75. Bir qavatli pushti uyda pushti odam, pushti mushuk, pushti baliq yashar edi, pushti kompyuter, pushti stul, pushti stol, pushti telefon, pushti dush — hamma narsa pushti edi! Shunday holda zinapoya qanday rangda bo’lishi mumkin?
76. U har doim keladi, lekin hozir kelmaydi.
77. Buxgalter advokat akasi borligini aytdi, advokat ukasi yo’qligini aytdi. Kim yolg’on gapirmoqda?
78. Sham o’chganda Akbar qayerda qoldi?
79. Bir askar Eyfel minorasi oldida qurolini chiqarib o’q uzdi. U qayerga ketdi?
80. Bir qutida 25 ta yong’oq bor edi. Olmaxon 17 tadan tashqari barcha yong’oqlarni o’g’irladi. Qutida nechta yong’oq qolgan?
81. Hazil savol: Jaziramada savdogar shlyapani nimaga sotib oldi?
82. Bo’sh stakanda nechta yong’oq bor?
83. Agar 5 ta mushuk 5 ta sichqonni 5 daqiqada ushlasa, 1 ta mushuk 1 ta sichqonni necha daqiqada ushlaydi?
84. Yugurish musobaqasida siz ikkinchi o’rinda borayotgan kishidan o’tib ketdingiz. Siz endi nechanchi o’rindasiz?
85. Yugurish musobaqasida oxirgi o’rinda borayotgan qatnashchidan o’zib ketdingiz. Siz nechanchi o’rindasiz?
86. 1 dan 50 gacha bo’lgan sonlarda nechta 4 raqami bor?
87. Ingliz sayyohlari bo’lgan samolyot Gollandiyadan Ispaniyaga uchib ketdi. Frantsiyada u qulab tushdi. Tirik qolgan (yaralangan) sayyohlarni qaerga ko’mish kerak?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Tirik qolganlarni ko’mishning hojati yo’q!
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
N harfi
89. 25 dan 3 ni necha marta ayirish mumkin?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Bir marta, chunki birinchi ayirishdan keyin «25» raqami «22» ga o’zgaradi
90. Bir juft ot 20 kilometr masofani bosib o’tdi. Savol: har bir ot alohida necha kilometr yurgan?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
20 kilometr
Mantiqiy savollar mazmunidagi jumboqlar qanchalik chuqur bo’lsa o’quvchilarga shunchalik yoqadi. O’quvchilarning fikriy qobiliyatini o’stirishga mo’ljallangan savollardan ko’proq xohlasangiz ushbu sahifadagi savollarimiz bilan ham tanishib chiqishingiz mumkin:
O’quvchilar aqlini charxlaydigan qiziqarli va mantiqiy savollar to’plami (javobi bilan) 91. Odessa ko’chalaridan birida 3 ta tikuvchilik ustaxonasi bor edi. Ulardan birinchisi o’zini shunday reklama qildi: Odessadagi eng yaxshi tikuvchilikustaxonasi. Ikkinchisi shunday reklama qildi: Dunyodagi eng yaxshi tikuvchilik ustaxonasi. Uchinchisi har ikkalasini ham ortda qoldirdi. Uning ustaxonasiga nima deb reklama yozilgan edi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Unga shu ko’chadagi eng yaxshi tikuvchilik ustaxonasi deb yozilgan edi
92. Nimani buzish mumkin, lekin hech qachon ushlab turib bo’lmaydi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Va’da
93. Yem bersangiz yashaydi, suv bersangiz o’ladi.
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Olov
94. U sizda bor edi va men bilan baham ko’rdingiz, endi esa u yo’q bo’ldi. Bu nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Sir
95. Devorni qurish uchun 8 kishi 10 soat sarfladi. 4 kishi qancha sarflagan bo’lar edi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Devor qurib bo’lingan
96. Bir kishi tashqarida qor yog’ishiga qaramasdan, boshiga hech narsa kiymay, soyabonni olmay ko’chaga chiqib aylanib keldi. Buni qarngki, uning sochlari nam bo’lmadi. Nega?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
U kal edi
97. Bir uyning uch asosiy xonasi bor edi. 1-xonada pullar, 2-xonada hujjatlar, 3-xonada tilla buyumlar turar edi. Kunlarning birida uyga o’t ketdi. Politsiyachilar kelib olovni o’chirishni qaysi xonadan boshlaganliklari to’g’ri bo’ladi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Politsiyachilar o’t o’chirmaydi
98. Siz o’z yo’nalishingiz bo’ylab avtobusda ketyapsiz. Birinchi bekatda Asror buvisi Zulfiya bilan chiqishdi. Keyingi bekatda buvisi tushib qolib xalta ko’targan Nodira ismli ayol chiqdi, unga Begzod xamroh edi. Avtobus 15 daqiqa yurgach bekatda to’xtadi. Avtobusga Ali Vali va Mirvali do’stlar chiqishdi. Diqqat, shofyorning ismi nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Shofyor o’zingiz ekanligini unutmang
99. Dedektiv savol: Yakshanba kuni oiladagi eng yosh qiz o’ldirildi. Otasi gazeta o’qiyotgan, onasi oshxonada nonushta tayyorlayotgan, akasi video o’yinlar o’ynayotgan, pochtalyon Jorj amaki xat keltirgan edi. Qizni kim o’ldirgan?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Jorj amaki, chunki, yakshanba kuni pochta keltirilmaydi
100. Yevropada yashovchi ayolni Kanadada dafn qilib bo’lmaydi. Nega?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Tirik ayolni hech qayerga dafn qilib bo’lmaydi
101. Biz quritganimiz sari nima ho’l bo’lib boradi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Sochiq
102. Parad boshida har doim nimani ko’rasiz?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
P harfini
103. Kulgili savol: qanday qilib xom tuxumni beton polga tashlab yorib yubormaslik mumkin?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Muammo yo’q, chunki beton pollarni yorish juda qiyin.
104. Hazil savol: Agar xo’roz molxona tomining tepasida tuxum qo’ysa, u qaysi tomonga o’giriladi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Xo’roz tuxum qo’ymaydi
105. Kamalakning oxirida nima bor?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
K harfi
106. Hech qachon tishlarini ovqatlanish uchun ishlatmaydigan narsa nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Taroq
107. Nimaga kirish oson, undan chiqish qiyin?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Muammo
108. Men shunchalik oddiymanki faqat ishora qila olaman, lekin butun dunyo bo’ylab odamlarga yo’lboshchilik qila olaman. Men kimman?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Kompas
109. Men har doim ochman va agar ovqatlanmasa o’laman, lekin nimaga tegsam, tez orada qizarib ketadi. Men kimman?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Olov
110. Javobim «ha», lekin «yo’q» demoqchiman. Savol nima edi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Qarshi emasmisiz?
111. Qiziq savol: Aynan shu daqiqada chapdan o’ngga nima harakat qilmoqda?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Sizning ko’zlaringiz
112. Qancha ko’p bo’lsa, shuncha kamroq narsani ko’rasiz.
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Qorong’ulik
113. Hazilomuz savol: Yotishdan avval oxirgi marta nimani olib chiqasiz?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Oyoqlaringizni poldan olib chiqasiz
114. Endi hech qachon ko’rinmaydigan narsa nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Kecha
115. Ko’zi bor, lekin ko’rolmaydigan narsa nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Igna
116. Hech qanday qo’lsiz nima qarsak chalishi mumkin?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Momoqaldiroq
117. Nimani urib pachoqlab tashlasangiz ham yig’lamaydi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Qaynatilgan tuxum
118. Nima tushadi, lekin ko’tarilmaydi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Yomg’ir
119. Avtomobil o’ng tomonga burilayotganda qaysi g’ildirak harakat qilmaydi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Zahiradagi g’ildirak
120. Yosh bo’lsa baland, qari bo’lsa kalta. U nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Sham
Mantiqiy savollar qanchalik qisqa bo’lsa o’quvchilarga shunchalik yoqadi. Qanday bo’lsa ham javobi o’quvchini qoniqtirishi kerak. Saytimizda shuningdek barchani qiziqtira oladigan o’ta qiziqarli mantiqiy savollar to’plami ham o’rin olgan. Qiziqqan bo’lsangiz ushbu sahifadan topasiz👇
Mantiqiy savollar javoblari bilan 100 ta, DAHSHAT! 121. Kuniga ikki marta ta’tib ko’rasiz-u lekin hech qachon yemaysiz.
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Tish pastasi
122. Ertalab boshini yo’qotadi, kechqurun topib oladi. Mantiqan o’ylang, u nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Yostiq
123. Qaysi askar eng katta dubulg’a kiygan?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Eng katta boshli askar
124. Aylananing necha tomoni bor?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
2 tomoni: ichki va tashqi
125. O’quvchilar uchun savol: Nima ko’ylak kiyadi-yu, shim kiymaydi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Kitob
126. Hazil savol: Qachon bir teshikdan kirib bir vaqtning o’zida ikki teshikdan chiqasiz?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Shim kiyganda
127. Nima uchun odamlar yangi uylar qurishadi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Eski uylarni qurib bo’lmaydi
128. Nimaning patlari bor, qanotlari yo’q?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Yostiq
129. Jiddiy savol: Qiz dori ichishdan avval bir necha marta sakradi. Nega shunday qilganini izohlang.
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Chunki, shifokor dori ichishdan avval silkinishni tavsiya qilgan edi
130. U har doim oyoq kiyimi bilan uyquga ketadi. Uni toping.
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Ot
131. Boshqotirma: Siz xonaga qamaldingiz. Xonada 3 ta eshik bor:
1-eshikning orqasida 2 yildan beri hech narsa yemagan ikki och she’r bor.
2-eshikda tanani eritib yuboradigan elector lazer nurlari bor.
3-eshikda hujum qilishga tayyor 3 ta jangchi bor.
Siz qaysi eshikdan chiqib omon qolishingiz mumkin?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
1-eshikdan. Chunki, 2 yildan beri she’rlar hech narsa yemagan bo’lsa allaqachon o’lib bo’lgan.
132. Men so’zman, meni to’g’ri talaffuz qilsangiz noto’g’ri bo’ladi. Noto’g’ri talaffuz qilsangiz to’g’ri bo’ladi. Meni toping.
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Noto’g’ri so’zi
133. Siz uni eshita olasiz, lekin o’zini ko’rolmaysiz, ushlolmaysiz ham. Savol, u nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Ovoz
Yuqoridagi kabi o’ta qiziq bo’lgan faqat biologiyaga oid 45 ta mantiqiy topishmoqlarni ham ko’rib chiqishni taklif qilaman. Sahifa ushbu manzilda👇
Biologiya fanidan qiziqarli va mantiqiy topishmoqlar to’plami134. Uning 88 ta kaliti bor, lekin 1 eshikni ham ocholmaydi. U nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Bu pianino edi
135. Olma sharbatini qanday stakanga quyib bo’lmaydi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
To’lgan stakanga
136. Qanotlari yo’q ucha oladi, ko’zlari yo’q yig’laydi. Bu nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Bulut
137. Uning oyoqlari va suyaklari yo’q. Siz uni iliq havoda bir necha kun saqlasangiz u yurib ketishi mumkin. U nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Tuxum
138. Agar ushbu raqamni har qanday songa ko’paytirsangiz har doim bir xil son kelib chiqadi. Bu qaysi raqam?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
0 raqami
139 5 ta olmani 6 kishiga pichoq yordamisiz teng taqsimlash uchun nima qilish kerak?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Olmadan kompot yoki sharbat tayyorlab teng taqsimlash mumkin.
140. Bir buvi, ikkita onasi va ikki qizi birgalikda konsertga borishdi va bittadan chipta sotib olishdi. Ular jami qancha chipta sotib olishgan?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
3 ta, buvi ham onasi, onasi ham qizi
141. Dilmurod 6 yoshda, uning singlisi Gulnora yarim yoshda edi. Agar Dilmurod bugun 40 yoshda bo’lsa, Gulnora necha yoshda?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
37 yoshda
142. 1 dan 100 gacha sonlar orasida 8 raqami necha marta keladi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
20 marta. (8, 18, 28, 38, 48, 58, 68, 78, 80, 81, 82, 83, 84, 85, 86, 87, 88, 89, 98)
143 Qaysi 3 ta raqamlar ko’paytirilganda va qo’shilganda bir xil natijani beradi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
1, 2 va 3 (1 + 2 + 3 = 6 va 1 x 2 x 3 = 6).
144. Agar 7 kishi bir-biri bilan uchrashsa va har biri boshqalari bilan faqat bir marta qo’l berib ko’rsa, qancha qo’l siqishgan bo’lar edi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
21 marta
145. Salimda 29 so’m bor. U har biri 3 so’mga teng bo’lgan 4 ta rasm daftarini va har biri 2 so’mga teng bo’lgan 4 ta quti qalam sotib oldi. U qolgan pullarini bo’yoqlarga sarf qildi. U bo’yoqlarga qancha pul sarfladi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
9 so’m
146. Matematik masala: Hayvonot bog’ida 100 juft it bor. Har bir itga ikki juft chaqaloq tug’iladi. Afsuski, itlardan 23 nafarivafot etdi. Shunday qilib, hammasi bo’lib qancha it qoladi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
977 it (100 x 2 = 200; 200 + 800 = 1000; 1000 — 23 = 977)
147. Qaysi raqamni bir xil qilib bir-biriga qo’shib, chiqqan sonni 4 ga ko’paytirib, hosil bo’lgan sonni 8 ga bo’lsak birinchi o’ylangan son hosil bo’ladi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Istalgan raqam
148. Sakkizta 8 raqami orasiga faqat qo’shuv amalini bajargan holda 1000 raqamini hosil qiling.
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
888 + 88 + 8 + 8 + 8 = 1,000
149. Doniyorning tovusi Sanjarning uyida tuxum qo’ysa tuxum kimniki bo’ladi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Tovus tuxum qo’ymaydi
150. Antiqa savol: 12 baliqdan 3 tasi cho’kib ketsa nechta baliq qoladi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Baliqlar cho’kmaydi
Mantiqiy savollar har doim shunisi bilan qiziqki, savollarning javobini bilganingizda yuzingizga tabassum yuguradi. Kattalar uchun bunday savollar erish tuyuliishi ham mumkin.
151. Nima uchun odam orqasiga qaraydi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Chunki, orqasida ko’zi yo’q
152. Bir kishi olmani 1000 so’mdan sotib olib 500 so’mdan sota boshladi. U tez orada millionerga aylandi. Bu qanday bo’lishi mumkin?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
U avval milliarder edi
153. Teskari o’girilganda katta bo’ladigan narsa nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
6 raqami
154. Kimlarga o’z narsangizni berib, uni olganligi uchun pul to’laysiz?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Sartarosh
155. 100 raqamini yozish uchun nechta raqamdan foydalaniladi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Ikkita: 1 va 0
156. Mantiqiy boshqotirma: Er-xotin bor edi. Erning alohida xonasi bo’lib xotiniga bu xonaga kirishni taqiqlagan edi. Bir kuni er maxsus xona kalitini o’z eshigida unutib qoldirib ishga ketdi. Xotin erim bilmaydi baribir deb xonaga kirdi. Chiroqni yoqib xonani aylandi. Xona o’rtasidagi kitobni o’qidi. Shu vaqt uy eshigi taqilladi. Xotin tez xonadan chiqib yana qulflab qo’ydi. Eri uyga kelib xotinining maxsus xonaga kirganligini bilib qoldi.
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Xotin shoshilinchda chiroqni o’chirishni unutgan edi
157. Mantiqiy jumboq: Chorrahada kamaz, arava qo’shilgan ot va motosiklchi turardi. Svetofor sariq yonganda kamaz harakatga keldi. Ot hurkib ketib motosiklchining qulog’ini tishlab oldi. Bir qarasa baxtsiz voqeadek, ammo bu yerda qoida buzilish bor. Kim qoidani buzgan?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Motosiklchi kazka taqmagan
158. Zukkolar uchun savol: Xona tashqarisida turibsiz. Ichkarida 3 ta lampochka bor, ularning yoqqichi tashqarida. Xonaga 1 marta kirganda tashqaridagi uchta yoqqichning qay biri xona ichidagi lampochkaning qay biriga tegishli ekanligini qanday aniqlash mumkin?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Uchta yoqqichdan ikkitasi yoqib qo’yiladi. Birozdan so’ng birinchisi o’chiriladi. Yana biroz vaqt o’tgach xonaga kiramiz. Biz yoqmagan yoqqich sovuq turgan lampochkaniki bo’ladi, iliqroq lampochka yoqib o’chirilgan yoqqichniki bo’ladi. Yoniq qolgan lampochka o’chirilmagan lampochkaniki bo’ladi.
159. Bir tanga yig’uvchi tanga topib oladi. U tangaga miloddan avvalgi 175-yil deb yozilgan edi. U tangani kollektorga olib boradi. Kollektor arzonga bo’lsa ham bu tangani sotib olmaydi. Nima uchun?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Kollektor tangani qalbaki ekanligini bilardi. Chunki tanga yasovchi usta miloddan avvalgi 175-yilda yashamagan bo’lardi
160. Qaysi havon ustida odam yurishi, hatto mashinalar ham harakatlanishi mumkin?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Chalg’ituvchi savolning javobi Zebra edi
161. Siz uni bog’lashingiz mumkin, lekin yechib bo’lmaydi. Bu?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Bu — gap
162. Kongoda qora tanlilar oilasida chaqaloq tug’ildi. U oppoq edi, hatto tishlari ham oppoq. Bu gapda qanday xato bor?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Chaqaloqlar tish bilan tug’ilmaydi
163. Bir kishi barga kirib bufetchining oldiga bordi va bir stakan suv so’radi. Suv berish o’rniga bufetchi unga miltiq tirkadi. Suv so’ragan odam bufetchiga rahmat dedi va ketdi. Savol, nega bufetchiga rahmat dedi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Chunki suv so’ragan odam hiqichoq tutayotgani uchun suv so’ragan edi, bufetchi buni tushunib unga miltiq tiraganda qo’rqqanidan hiqichoqi yo’qolgan edi.
164. Qish edi. Jahongir Ozoda va Shohista singillarini qidirib yuribdi. Qidirib-qidirib daryo bo’yiga keldi va singillarini daryoning narigi qirg’og’ida ekanligin ko’rdi. Bir tomonda o’rmon bo’lib unda qalin-qalin daraxtlar o’sardi. Jahongir qanday qilib daryodan o’tib olishi mumkin?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Qish bo’lganligi uchun daryo muzlagan edi, osongina o’tib olgan
165. Dedektiv savol: Erkak va Ayol restaranga ovqatlangani kelishdi. Asosiy taom tayyor boʻlguncha muz solingan 5 ta ichimlik buyurishdi, chunki, xona issiq edi. Ayol darhol 4 ta ichimlikni ichib qoʻydi, erkak esa 1 tasini ichishga ulgurdi. Bir muncha vaqt oʻtganch erkak kasal boʻlib qoldi. Shifokor kelgunda vafot etdi. Shifokorlar darhol barcha ichimliklar Zaxarlanganini aniqlashdi.
SAVOL : Unda nega ayol tirik qoldi erkak esa Yoʻq?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Zaxar muzda edi. Ayol tez ichganligi uchun muz erishga ulgurmagan Erkak esa sekin ichgani uchun muz erib ichimlikka o’tgan va o’limga olib kelgan.
166. Mantiqiy savol: Bir qizcha oyisidan birorta uy hayvoni olib berishni iltimos qildi. Hayvonlar bozorida esa unga bitta quyon yoqib qoldi. Ammo oyisi «qizim quyonlar tez ko’payadi bir oyda bitta quyon beshtaga bolalaydi boqa olmaymiz» dedi. Savol Agar quyonni sotib olishsa bir yildan keyin qizaloqda nechta quyon bolishi mumkin?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Javob: bir dona. Izoh: bu matematik emas balki mantiqiy savol edi. Quyonlar kopayishi uchun kamida ikkita quyon sotib olish kerak. U yerda esa bir dona edi.
167. Mantiqiy savol: Dahshatli qotillik sodir bo’ldi. Ikki kishini sud qilishdi. Hakamlar hay’ati bittasini aybdor deb topdi, boshqasi aybsiz ekan. Yakuniy nutqda sudya mahkumga qarab dedi:
«Bu men uchun eng ajoyib sud bo’ldi. Garchi sizning aybingiz aniq bo’lsa ham, qonun bo’yicha men sizni ozod qilaman «.
Savol: Sud hay’ati nega bunday qilgan?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Jinoyatchi va uni sherigi Siyam egizaklari (tug’ma qo’shaloq odamlar) bo’lgan. Ularni bittas aybsiz ekanligi isbotlangach ikkalasiniyam qo’yib yuborishga majbur bo’lishgan
168. Qiziqarli savol: Xasan va Xusan ismli egizaklar judayam sho’x bolalar edi. Ular ikkalasi omborxonada rosa o’ynashdi. Omborxona qorong’u va chang edi. Ular omborxonadan chiqishganidan so’ng qarashsa Xasanning yuzi top-toza Xusanning yuzi qora bo’lib ketibdi. Ammo shunga qaramay Xasan yuvinishga ketibdi. Savol nega Xasan yuvinishga ketti?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Xasan Xusanni yuzini ko’rib mening yuzim ham shunaqa qora bo’lgan deb o’ylagani uchun yuvinishga ketgan. Xusan esa teskarisi yaniy o’z yuzini Xasannikidek toza deb o’ylagan.
169. Odamda bitta, qarg’ada ikkita, itda yo’q. U nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
A harfi
170. Moskvaga bir ayol uchib ketayotgan edi. 3 kishi uni kutib oldi. 3 kishining qo’lida xalta, har bir xaltada 1 tadan mushuk bor edi. Savol: Moskvaga necha kishi uchdi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Moskvaga faqat ayol kishi uchgan, qolganlari uni manzilda kutib olishgan
171. Mashina qachon Tezyurar poyezd kabi tezlikka chiqa oladi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Mashina Tezyurar poyezd ichida bo’lganida
172. Qaysi yilda odamlar odatdagi yillardan ko’proq ovqat yeyishadi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Kabisa yilida. Bilamizki, kabisa yilida fevral 29 kundan iborat bo’ladi
173. 7 ta tuyaqush uchib ketayotgan edi. Ovchi ulardan birini o’ldirib, birini yaraladi. Nechta tuyaqush qoldi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Tuyaqush uchmaydi
174. Kun va tun nima bilan tugaydi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
N harfi bilan
175. Xo’roz o’zini qush deb atashi mumkinmi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Yo’q, negaki xo’roz gapirolmaydi
176. Ko’chaning u tomonidagi uylarning eng oxirgisiga 34 raqam berilgan. Savol: ko’chaning bu tomonida nechta uy bor?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
17 ta
Matematikaga oid masalalarga qiziqsangiz sizga ushbu sahifa ham yoqishi mumkin👇
Matematika fanidan 100 ta qiyin misollar va masalalar yechimi bilan177. XX asrdagi yillar ichida bir yil borki uni teskari qilib qo’ysangiz ham shakli va qiymati o’zgarmaydi. Bu qaysi yil?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
1961
178. Shifokor sizga 3 ta tabletka berib har yarim soatda ichishni buyurdi. Barcha tabletkalarni qancha vaqt ichida ichib tugatasiz?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
1 soat.
179. Tuxumdan qanday qush tug’iladi, lekin tuxum bermaydi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Xo’roz
180. Darsning boshida doim nima bo’ladi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
D harfi
Maktab o’quvchilari uchun sodda savollardan ko’proq berilsa darsning qiziqarliligi ortadi. Xuddi shunga o’xshash mantiqiy savollar kerak bo’lsa mana bu sahifa sizni albatta qiziqtiradi👇
Yana 100 ta dahshatli mantiqiy savollar to’plami tayyor! 181. Ko’pincha yomg’ir yoqqanda nima ko’tariladi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Soyabon
182. U boshqasining yelkasiga o’tiradi, lekin o’zi ham yuk ko’taradi. U nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Egar
183. Bir yigit va qiz sevishib turmush qurishdi. Ular uzoq vaqt hech qayerda ishlamay baxtli hayot kechirishdi. Ular bir-birlariga tez-tez qimmatbaho sovg’alar berib turishar edi. Bora-bora ular millionerga aylanishdi. Buning sababini tushuntira olasizmi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Ular turmush qurishdan avval milliarder edi
184. Kichkina shaharchada oliyjanob taniqli xonim teatrga bordi. Teatr birinchi parda yopilgunga qadar juda zerikarli bo’ldi. U bunga chidayolmay teatrni tark etdi. Shundan so’ng teatrda to’polon boshlandi. To’polon bo’lishiga sabab nima deb o’ylaysiz?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Xonim bosh roldagi aktrisa edi
186. Amerikalik Charlz Braun 10 yil qulog’iga eshitish moslamasini taqib yurdi. Lekin, apparatni quloqdan olsa yaxshiroq eshitayotganligini bilib qoldi. U qattiq g’azablanib apparatni taqishni tavsiya qilgan shifokorga shikoyatlar bilan bordi. Bemorni sinchkovlik bilan tekshirgandan so’ng, shifokor buning sababini aniqladi. Siz buning sababini nima deb o’ylaysiz?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
U sog’lom qulog’iga apparatni taqib yurgan edi
187. Qachon qo’lingizni suv bilan kesib olishingiz mumkin?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Suv muzga aylanganda
188. G’oz bir oyog’ida turganda uning vazni 7 kg. Agar g’oz ikki oyoqda tursa, uning vazni qancha bo’ladi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
7 kg
189. Qiyin savol:
Qalam – rbmbn
Daftar – ebgbs
Kitob – ljupd
Sumka — ?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Sumka – tvnlb
Alifboda o’zidan keyin keladigan harflarning yozilishi
190. Odamning eng katta organi qaysi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Teri
191. It 4 oyog’i bilan daraxtga chiqib 3 oyog’i bilan tushdi. Bu bo’lishi mumkinmi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Itlar daraxtga chiqmaydilar
192. Dalada bir kishi o’lib yotibdi. Uning yonida sumkasi bor. Bir necha chaqirim atrofida hech kimsa yo’q edi. U bechora qanday qilib o’lgan bo’lishi mumkin?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
U parashuti ochilmay qolish natijasida o’lgan edi
193. Nima hech qachon yolg’on gapirmaydi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Oyna
194. Mahfuza kechasi 2 da uyg’ondi. Kitobni varaqlay boshladi. Shu vaqt derazadan o’g’rilar oshib tushib shkafdagi tilla taqinchoqlarni o’g’irlab ketishdi. Ertalab militsiya kelganda Mahfuza o’g’rilar bu ishni qanday amalga oshirganligini va ular kimligini aytib bera olmadi. Savol: Mahfuza nega og’rilar haqida aytib bermadi?
Eslatma, Mhfuza ko’zi ojiz ham, kar ham, soqov ham emas.
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
U chaqaloq edi
195. Siz osmonda bulutlar orasida ketayotgan bo’lsangiz nimani ustida o’tirgan bo’lasiz?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Samolyot o’rindig’ining ustida
196. O’tirganda nimani olish mumkin emas?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Siz o’tirgan stulni
197. Nega Betxoven tugallanmagan simfoniyani tugatmadi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Chunki tugallanmagan simfoniyani Betxoven emas, Shubert yaratgan
198. Ota har doim farzandiga nima beradi va uni ona bera olmaydi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Ochestva, ya’ni otasining ismi
199. Nima uchun qushlar tuxum qo’yadilar?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Chunki, tuxumni tashlasalar sinib qoladi
200. Bir kishi har kuni nonushtaga 1 ta tuxum iste’mol qilardi. Qizig’I uning 1 dona ham tuxumi yo’q edi. Tovug’I bor qo’shnilardan qarzga ham, sovg’aga ham, pulga ham tuxum olmas edi. Shunday bo’lsa, u tuxumni qayerdan olishi mumkin?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Chalg’ituvchi savol, u tovuq tuxumi emas, boshqa parranda tuxumi yer edi
201. Kulgili savol: 5 ta buqa 10 litr sut beradi. Shunday bo’lsa 10 ta buqa qancha sut beradi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Buqa sut bermaydi
202. Nimani ishlash uchun sozlaymiz, ishlashi bilan o’chiramiz?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Budilnik
203. 1 uyni to’liq qurib bo’lish uchun nechta g’isht kerak?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
1 ta. Shundan keyin to’liq bo’ladi
204. U jonli narsa emas, lekin o’sadi. Uning o’pkasi yo’q, lekin unga havo kerak. Uning og’zi yo’q, lekin suv uning dushmani. U nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Olov
205. Nimani faqat 1 marta baham ko’rish mumkin?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Sir
206. U faqat dekabr oyida topiladi, boshqa oylarda esa yo’q. U nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
D harfi
207. Sotib olganingizda qora, ishlatganingizda qizil, tashlab yuborganingizda kulrang bo’ladi. Bu nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Ko’mir
208. Sizdan uni so’rashsa rahmat deyishadi, lekin siz sog’ bo’ling deyolmaysiz. Sizdan nimani so’rashmoqda?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Sigaret
209. Qisqa savol: suvga tushsa nima ho’l bo’lmaydi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Suv
Kattalar ham bolalar singari turlicha jumboqlarni xush ko’rishadi. Turli davralarda bir-birlariga mantiqiy savollar aytib vaqtlarini chog’ o’tkazishga intilishadi. Saytimizda rasmli boshqotirmalarni yaxshi ko’radigan kishilar uchun 20 dan ortiq rasm shaklida mantiqiy savollar tayyorlaganmiz. Foto savollar bilan ushbu sahifada tanishasiz👇
Qiziqarli foto savollar, mantiqiy rasmlar, suratli boshqotirmalar 210. O’zi qorong’u, lekin yorug’lik ta’sirida yaralgan. U nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Soya
211. Ona tili bilimdonlari uchun mantiqiy savol: Qaysi olmoshlar bir-biri bilan kelisholmasligi mumkin?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Men va sen
212. U Toshkent, Buxoro va Samarqandda yashamagan. Jizzax, Guliston, Navoiy va boshqa shaharlarda yashagan. U nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
I harfi
213. U tartib bo’yicha to’qqizinchida turadi, lekin uning nomi lotincha bo’lib tarjimasi yettinchi degan ma’noni bildiradi. Bu nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Sentabr
214. U daryoda, okeanda hatto botqoqda ham bo’ladi, lekin ariqda bo’lmaydi. Gap nima haqida ketayotganligini toping.
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
O harfi
215. Toshkentda – 7 ta, Namanganda – 8 ta, Samarqandda – 9 ta. Gap nima haqida ketyapti?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Shahar nomidagi harflar soni
216. Mantiqiy savol: Qaysi ot jo’xori yemaydi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Shaxmatdagi ot
217. Ovqatlanayotgan vaqtda nima yo’qoladi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Ochlik
218. Qayerda fevral yanvardan oldin keladi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Lug’atda
219. Cho’ntakning doim bo’sh bo’lishi nimadan dalolat?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Cho’ntakda teshik borligidan dalolat
220. Dahshatli savol: U barcha erkaklarda bo’ladi, ba’zilarida qisqa, ba’zilarida uzun. Uylanganlarida uni xotinlariga berishadi. U nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Familiya
221. Uzunligi 15 sm, kengligi 7 sm. U barchaga yoqadi. Ayniqsa ayollarga. U nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
100 dollarlik pul
222. Baland shiftda biro dam osilgan holda topildi. Uning tag qismida suv ko’lmagidan boshqa hech narsa yo’q edi. Nima deb o’ylaysiz, bu jinoyatmi, yoki o’zini osish?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
U muz ustiga chiqib o’zini osgan, keyinchalik muz erib suvga aylangan
223. Steve yo’lda ketayotganida tunelga kirib ketibdi. Shu vaqtda uning karmoni yo’qolibdi. Unda 3 ta gumondor bor edi.
Qiz: Men qo’shiq eshitib o’tirgandim
Kampir: Uxlab yotgan edi.
Bola: Men yo’llarni tomosha qilayotgan edim.
Savol: Kim aldayapti?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Bola aldayapti, tunelda yo’llar ko’rinmaydi.
224. Kichkina, koʻrimsiz narsa nomidan yozilgan monolog:
«Mening holimga qilmangiz havas,
Boshim yerga qaraganu, oyogʻim oyogʻga.
Taqdirim qursin – na kunduz, na tongda
Yorugʻlik koʻrmasdan oʻtib ketaman»
Savol: Ushbu monolog nima nomidan aytilgan?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Bu etik poshnasiga qoqilgan mix.
225. Bundan 4-5 yil oldingi bir videoreklamada — ota ertalab ishga ketish oldidan uxlab yotgan qizchasini peshonasidan oʻpadi, qizcha esa «Ishga yaxshi borib-keling oyijon» deydi. Savol – ushbu jarayonda nima reklama qilingan?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Bu Ustara (gap uning teriga ziyon yetkazmasligi haqida ketmoqda)
226. Qadimdan bizgacha yetib kelgan lotin aforizmiga koʻra – «Siz haqiqatni soʻzlasangiz, «X»ning keragi yoʻq!» Aforizmda keltirilgan «X» kim?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Guvoh
227. Bir inspektor, jinoyatchining izidan quvib ketayotgan edi. Izlar esa uni tez oqadigan va chuqur bir daryoning oldiga olib keldi.
Izquvar qirg’qda dam olib turgan yosh yigitlarga ko’zi tushdi va ular bilan ba’zi narsalarni bilish uchun suhbatlashib ko’rdi:
— Kechirasiz, biz tahminan siz qatori bir yigitni izlab yuribmiz. Shu atroflarda ko’rmadingizmi biron shubhali shaxsni?
Yigitlar bir yigit bir necha daqiqa oldin bir yigitni ko’rganini aytishdi va:
— Mana bu yerdau daryoga sakradi.
Ana qarang hozir u daryoning narigi qirg’oqidan chiqib ketyabti. — deyishdi.
Yigitlar inspektorga yordam berishni istashardi, va unga o’z qayiqlarini taklif qilishdi. Lekin inspektor:
— Mayli u qochaversin — dedi. — men hozir sizlarni yaxshiroq so’roq qilmoqchiman.
Savol: Nega izquvar bu yigitlarning gapiga ishonmadi va ularning o’zidan shubha qildi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
U insonni suv oqizib uzoqroqdan chiqishi kerak edi. Chunki qisqa vaqt ichida tez oqadigan daryoni qirg’oqqa nisbatan perpendikulyar suzib o’tishni iloji yo’q.
228. Kongoda aholi uning 500 tasidan, Indoneziyada 250 tasidan, Sudanda esa 117 tasidan foydalanishadi. U nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Til
229. Mexmonxonani shifoxonaga aylantiruvchi belgi qaysi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Qizil xoch.
230. Men birinchi marta u bilan 16 yoshimda tanishdim. U bilan oz emas, ko’p emas 10 yil birga bo’ldik. Keyin u meni vaqtinchalik tark etdi. Biroq hijron uzoqqa cho’zilmadi, oradan 3 hafta o’tib biz yana diydor ko’rishdik. U endi boshqacha, o’zgacha edi. Biz yana 20 yil u bilan birga bo’ldik. Buni qarangki, yana ayriliq. Bu ayriliq ham uch haftaga cho’zildi va biz yana diydor ko’rishdik, endi ajralmas bo’lib, umrbod birga qoladigan bo’lib uchrashdik. Mening bu beqaror va sodiq do’stimni ayting.
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Pasport.
231. O’zbekiston hududida ular dastlab kishilarning qish faslida istiqomat qiladigan joyi sifatida vujudga kelgan. Hozirda esa u yerlarda kishilar to’rttala faslda ham hayot kechirmoqdalar. Qayerda?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Qishloqda
232. She’riy savol:
She’riyatning timsoli – qalam,
U hakda-ku she’rlar behisob,
Ey shoirlar, bitganda kitob
Eslab qo’ying buni ham.
Busiz bo’lmas she’ringiz ravon,
Busiz qilmas satrlar xanda,
Siz qalamga she’r aytganda,
Bunga bag’ishlang doston.
Shoir Erkin Vohidov Bu deganda nimani nazarda tutgan?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
O’chirg’ich
233. Qirg’izistonning Jalolobod viloyatidagi shahar, Buxoro viloyatidagi tuman, Tojikistondagi katta ko’llardan biri, shuningdek qo’y zoti. Ularning barchasi bir hil ataladi. Qanday ataladi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Qorako’l
234. Kaykovusning “Qobusnoma” asarida shunday yozilgan: “Ey farzand, bilgilki, donishmandlar uni kichik o’lim deganlar. Uni ko’p bo’lishi yomon odatdirki, badanni sust, tabiatni vayron qiladi, yuzni kasalga o’xshatib qo’yadi”. U nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Uyqu
235. Bir zolim podsho xalqqa: “Mening bo’yimga loyiq ko’rpa tikib kelinglar” deb buyuribdi. Ertasiga podsho ko’rpalarni birma-bir ustiga yopib ko’ra boshlabdi. Ko’rpa agar uzunroq bo’lsa, uni ataylab bosh tomonga tortib, oyoqlarini cho’zib: “Ie bu kalta-ku!” deb, agar kaltaroq bo’lsa jo’rtaga oyoqlarini yig’ib olib: “Ie bu uzun-ku” deb baqiraveribdi. Shunda navbat bir cholga kelibdi. Podsho u keltirgan ko’rpani ustiga yopibdi-da, bosh tomonga tortib oyoqlarini tizzasigacha ochib: “Ie bu kalta-ku!” deb baqirgan ekan, sabr kosasi to’lib turgan chol qo’lidagi hassasi bilan podshohning oyoqlariga bir tushirib, bir gap aytibdi. U podshoga nima degan?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Ko’rpangga qarab oyoq uzat!
236. Shaxmat bo’yicha 9-jahon chempioni Tigran Petrosyanning shunday gapi bor: “Shaxmat –bu shakli bo’yicha o’yin, mazmuni bo’yicha-san’at, o’yinni o’rganish qiyinligi bo’yicha esa — udir”. U nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Fan
237. Odatdagi asalarilar oilasi bir mavsumda 50-60 kilogrammgacha asal va 1-1,5kilogramm uni berishi mumkin. U nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Mum
238. Malayziyada «Sen qaerga ketayapsan?» deyishadi,bu savolga «Aylangani» deb javob berishadi.Yahudiy «Sizga tinchlik» desa,fors «Quvnoq bo’l»deydi,Grenlandiyaliklar esa «Yaxshi ob-havo» deyishadi.Biz bunday holatda nima deymiz?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Assalomu Alaykum-Vaalaykum Assalom.
239. Antuan de Sent Ekzyuperi unga shunday ta’rif bergan: «Sening na ta’ming, na ranging, na xiding bor, seni ta’riflash mumkin emas, sendan sening nima ekanligingni bilmagan holda lazzatlnishadi. Seni hayot uchun zarur deb bo’lmaydi — sen hayotning o’zisan. Sen biz o’z tuyg’ularimiz bilan tushuntirib bo’lmaydigan quvonch bilan bizni to’ldirasan. Sen dunyodagi eng katta boyliksan…». U nimaga ta’rif bergan?
Antuan de Sent Ekzyuperi unga shunday ta’rif bergan: «Sening na ta’ming, na ranging, na xiding bor, seni ta’riflash mumkin emas, sendan sening nima ekanligingni bilmagan holda lazzatlnishadi. Seni hayot uchun zarur deb bo’lmaydi — sen hayotning o’zisan. Sen biz o’z tuyg’ularimiz bilan tushuntirib bo’lmaydigan quvonch bilan bizni to’ldirasan. Sen dunyodagi eng katta boyliksan…». U nimaga ta’rif bergan?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Suvga
240. Bu ro’yxatda it birinchi o’rinni egallaydi. Ot esa ushbu ro’yxatda oxirgi o’rinlardan birida turadi. Bu qanday ro’yxat bo’lishi mumkin?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Xonakilashtirilgan hayvonlar ro’yxati (Inson tomonidan it birinchi bo’lib xonakilashtirilgan, ot esa deyarli oxirgi xonakilashtirilgan hayvon hisoblanadi).
Mantiqiy savollar ichida dedektiv mazmunidagilarixech kimni befarq qoldirmaydi. Marhamat, dedektiv mantiqiy savollar bilan o’zingizni sinab ko’ring.
241. Dedektiv savol: Qish kunlarining birida kuchli qor tufayli maktab va ish to’xtatildi.
Jek tashqariga chiqib, qo’shnilarining qorda o’ldirilganini ko’rib, politsiyani chaqirdi.
Politsiya kelib, uchta qo’shnini shubhada ayblab, so’roq qiladi.
1⃣ Jek: Men qorni quritgani chiqdim, lekin hech kimni ko’rmadim.
2⃣ Toni: Men o’rta maktabdan qaytib keldim, bilmayman.
3⃣ Elis: Men uydan chiqmadim, uxladim.
Politsiya bu haqda eshitgandan keyin gumondorlardan birini hibsga oldi!
Hurmatli olimlar: Aytingchi, kim qotil bo’lishi mumkin?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Qotil Toni. U ob-havo sababli ish va o’qish yopilganda orta maktabdan qaytayotgani haqida yolg’on gapirdi !!!
242. Dastlab 16-17 asrlar Frantsiyadagi katta hashamatli uylar shunday atalgan. Keyinchalik shularga taqlidan qurila boshlagan shahardagi bir turkum binolar o’sha nom bilan atalgan. Ular qanday atalgan?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Otel.
243. Uning qirqdan ortiq turi bor: ivitma, bedana, to’g’rama, to’y, sofaki, qorma, suzma va b.. Ularni tayyorlash o’zbeklar o’rtasida, ayniqsa erkaklarga hos fazilat hisoblanadi. U nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Palov.
244. Hadisda shunday deyilgan: «Pishay desang u ishni qil. Unda besh foyda bor: ko’ngil yozish, kuch to’plash, ilm va adab o’rganish, dono kishilar bilan ziyoratda, suxbatda bo’lish». Qaysi ish haqida shuday deyilagn?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Safar qilish.
245. U haqida Ismoil Jurjoniy «U hamma uchun foydali, charchoqni chiqazadi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi» degan. Ruslarning 1770 yilda chop etilgan kitobida uni «ikkinchi ona» deb tasvirlaydilar. U nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Hammom
246. Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotlari bo’yicha, undan o’lish hollari yurak-qon tomir kasalliklari, onkologik kasalliklardan o’lish xollaridan keyin uchinchi o’rinda turadi. U qanday sabab?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Avtohalokatlar.
247. Samyuel Jonson: «Qachonki ikkita angliyalik uchrashib qolsa, ularning birinchi kalomi hamisha mana shu mavzudan boshlanadi» degan. Qaysi mavzudan?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Ob-havo xaqida.
248. Hindistonda har oyda ularga ma’lum miqdorda pul to’lab boriladi. Bundan tashqari, ular bepul tibbiy xizmatdan foydalanishlari mumkin. Ular qarigan paytida xam davlat qaramog’ida bo’lishadi. Ular buning uchun davlat bilan shartnoma tuzishadi. Agar ular shartnomani buzishsa, ularni qamoq va jarima jazosi kutadi. Ular kimlar?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Hech qachon turmush qurmaslikka qaror qilgan insonlar.
Izoh: Hindistonda axoli soni keskin o’sib borayotganligi munosabati bilan hukumat tabiiy o’sishni shu yo’l bilan kamaytirish maqsadida hohlovchilarga shunday shartnomani taklif qiladi.
249. Rossiyada joylashgan «Kasperskiy laboratoriyasi» tahliliy markazi u yerda tarqalgan viruslar haqidagi ma’lumotni e’lon qildi. O’tgan yili 9 ta virus epidemiyalari va 26 ta lokal virus tarqalgan. Bu viruslar qaerda tarqalgan?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Internetda.
250. Frantsuzlar uchun ovqatning sifati muhim, inglizlar uchun odamning ovqatlanish paytida o’zini tuta bilishi muhim. Ho’sh endi aytingchi, bu borada nemislarni nima qiziqtiradi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Dasturxonga tortilgan taomlarning soni.
251. Bu so’z ingliz tilida dexqon uyi degan ma’noni bildiradi. Asosan 16 asr oxiri 17 asr boshlarida Angliyada qurila boshlagan, keyinchalik Skandinaviya, AQSh va b. joylarda tarqalgan. Bu dexqon uyini biz qanday ataymiz?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Kottej.
252. Tarix bilimdonlari uchun savol: Xitoy imperatori (Min sulolasi 1368 yil) Amir Temurga yuborgan maktublarida unga bir nom bilan murojaat qilardi. Diplomatiya tilida esa bu «sen menga tobesan» degan ma’noni bildirardi. Imperator o’z maktublarida Amir Temurga qanday murojaat qilardi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
«O’g’lim» deb.
253. Qadimgi hind traktatida shunday yozilgan: «Aql mayli hurmatni tug’dirsa, qalb mayli do’stlikni, tana mayli hohishni tug’diradi. Aql, qalb, tana mayli bir bo’lib uni tug’diradi». Nimani tug’diradi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Muhabbat.
254. Harbiy bilim egalari uchun savol: Bu harbiy unvon Frantsiyada 15 asrda paydo bo’lgan, o’sha paytlarda boshlig’i vazifasini vaqtinchalik bajarib turgan ofitserni shunday deb atashgan. U qanday atalgan?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Leytenant.
255. Payg’ambarimiz u xaqida shunday deganlar: «U zulmatda quyosh, vaxshatda hamroh, yolg’izlikda yo’ldosh, begona yurtda sirdosh, og’ir damda raxbar, dushmanga qarshi quroldir». U nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Ilm.
256. Spenser fikricha bu hissiyotga to’lgan nutq oxangi, Darvin fikricha qushlarning sayrashi va hayvonlarning o’z juftlarini chaqirishi, Byuxer fikricha ibtidoiy odamlarning mehnat usullari, Shtumpf fikricha ibtidoiy odamlarning chaqiriq tovushlari, Kombare fikricha esa jodu sehrlash marosimlari uning ilk manbalari xisoblanadi. 65-savol ham shu haqida edi. U nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Musiqa.
257. «Deyli telegraf» gazetasining 1976 yil 29 iyul sonida «Qanday qilib omadsiz bo’lib, hech narsa qilmaganlik uchun pul olinadi?» sarlavxasi ostida material chop etilgan. Bu maqola kimlar haqida edi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Tilanchilar haqida.
258. 1968 yilda birinchi feminist yozuvchilardan biri Elizabet Kedi Stenton ularga shunday ta’rif bergan: «Bu shafqatsiz, o’ziga bino qo’ygan, ochofat, urushga va bosqinchilikka moyil yemiruvchi kuchdir. Ham moddiy, ham ma’naviy dunyoda u faqatgina tartibsizlik, dushmanlik, kasallik va o’lim sochadi» degan. U kimlar haqida shunday yozgan?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Erkaklar xaqida.
259. Hakimlar aytishlaricha, u charchog’i yo’q ibodat, bezaksiz ziynat, davlatsiz haybat, devorsiz qo’rg’ondir, u olim uchun ziynat, johil uchun pardadir. Hakimlar nimani nazarda tutganlar?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Jim turish.
260. Tibbiyotda juda keng ishlatiladigan bu so’zning asl ma’nosi «quritilgan» degan ma’noni bildiradi. U inson organizmining asosi bo’lib xisoblanadi. Bu qanday so’z?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Skelet.
Izoh: Qadimda ular oftobda yoki qum qizig’ida tayyorlanar edi.
261. Bu baliqning bolg’a, tulki, arratumshuq, zebrasimon, yo’lbarssimon kabi turlari bor. Bu qaysi baliq?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Akula.
262. Dunyodagi eng yebto’ymas mavjudot u ekan. Chunki, u 2 soat ichida 40 ta pashsha va chivinlvrni yeb bitirar ekan. U qaysi mavjudot?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Ninachi.
263. Birinchi marta ularni ko’rgan dengizchilar ularni uzoqdan frak va sutdek oppoq mashnika kiyib olgan odamlar to’dasi deb o’ylashgan. O’sha zamonlarda erkaklar tantanli marosimlarda shunday kiyinishar edi. Dengizchilar o’shanda aslida nimani ko’rishgandi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Pingvinlarni.
264. Eng yirik va baquvvat qushlardan biri bo’lgan bu qush qadim zamonlardan buyon go’zallik va sevgi, poklik va nafislik ramzi hisoblanadi. Bu qush xalq rivoyatlari va ertaklarida ko’p kuylangan. Qadimgi rivoyatlardan birida bu ajoyib go’zal qush o’z o’limi oldidan qo’shiq kuylashi haqida hikoya qilinadi. Bu qaysi qush?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Oqqush.
265. Mutahassislarning fikriga ko’ra, agar ular yer yuzida yo’q bo’lib ketganlarida yuz ming tur o’simlik o’lib ketgan bo’lardi. Bu o’simlik «halaskorlar» ini ayting.
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Asalarilar.
266. U qozoqlarda «kures», gruzinlarda «chidaoba», armanlarda «kox», ozarbayjonlarda «gyulesh» deb ataladi. U o’zbeklarda qanday nomlanadi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
«Kurash».
267. Sport bilimdonlari uchun savol: O’tmishda Yevropaning ayrim mamlakatlarida chopar orqali yetkazilgan xat-xabar shunday atalgan, hozirgi kunda esa bu so’z bilan bir sport musobaqasi ataladi. Bu qaysi so’z?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Estafeta.
268. Bu so’z frantsuzcha «darveshning kulbasi, hilvat joy» degan ma’nolarni anglatadi. Shahardan tashqarida qurilgan villa,atroflari bog’li pavilonlarning nomi hisoblanadi. Bu so’z bilan jahon madaniyati durdonalari bilan bog’liq bir joy ataladi. Bu qanday nom?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Ermitaj.
269. Bu taom nomi turkchada «tovada pishiriladigan ovqat» degan ma’noni bildiradi. Bu gruzin xalqining milliy taomidir. Uni hammamiz sevib iste’mol qilamiz. Bu taom qanday ataladi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Tabaka.
270. Bu so’z arab tilidan olingan bo’lib «tirikchilik, umr kechirish, yashash» degan ma’nolarni bildiradi. Lekin hozirgi kunda bu narsa yashash va umr kechirish uchun unchalik ham yetmasligi mumkinligini ko’rish mumkin. Bu qanday so’z?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Maosh.
Ushbu mantiqiy savollar kimlar uchundir murakkab tuyulmasligi mumkin, lekin unutmangki, hammaning idroki bir xil emas. Marhamat, o’zingizni murakkab mantiqiy savollar bilan sinab ko’ring.
271. Indoneziyaning Bali orolida yashovchi har bir inson umrida uch marotaba ibodatxonaga zambilda keltiriladi: birinchi marta-yigit yoki qiz balog’atga yetganida, ikkinchi marta-nikoh to’yida. Uchinchi marta qachon?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Birinchi o’g’il ko’rganda.
272. Bu ovozni eshitgan qoplon irillashdan, sirtlon uvillashdan to’xtaydi, maymunlar ayuhannos solib daraxtlarning eng baland shohlariga chiqib ketadi, kiyiklar, ohular yashin tezligida ko’zdan g’oyib bo’ladi, podada ma’rayotgan qo’y, echkilarning ovozi o’chadi, tuyalar arqonini uzib qochadi, otlar oldinig ikki oyog’ini tik ko’tarib, og’ir hansirab, kishnay boshlaydi va zo’r berib orqasiga tisariladi, itlar dumini qisib egasining pinjiga kiradi. Bu ovozni eshitganda hatto odam ham bezgak tutgandek qaltirab, bekinish uchun joy axtaradi. Bu qanday ovoz?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Sher na’rasi.
273. Islandiya poytahti Reykyavikdan 112 km janubi-sharqda Surtsey degan vulkan bor. Bu vulkanning boshqa vulkanlardan farqi bor. Bu farq nimada?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Bu vulkan dengiz ostidan otilib chiqadi.
274. Ulug’ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bu so’zning har bir harfiga bir ma’no berganlar. Bu so’zda ittifoqlik, saodat, latofat, oqibat va muhabbat mujassamlashgandir. Bu qaysi so’z?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Islom.
275. Adabiyot bilimdonlari uchun savol: O’tkir Hoshimovning «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» ida shunday yozilgan: «Ikkita eng holis hakam sinovidan o’tgan asar haqiqiy asardir. Birinchisi tabiiyki, kitobxon. Ikkinchisi nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Vaqt.
276. Tijortda raqobatga qarshi uchta qudratli qurol bor: 1. Sifat. 2. Narx. 3-nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Reklama.
277. Bodrirallar aytgan: «U turmani mahbuslar bilan to’ldirib turuvchi xizmatkordir». U nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Ichkilik.
278. 1 daqiqada 2 marta, 1 soatda 1 marta, 1 kunda topib bo’lmaydigan narsa nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
A harfi
279. Ular tug’iliboq uchishni boshlashadi, ularning ko’rinishi yolg’ondan iborat, ular halok bo’lganda suzib yurishlari ham mumkin. Bolalar yaxshi ko’ruvchi nima haqida gap ketmoqda?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Qor parchalari
280. O’rindiqda er va xotin, akasi va singlisi, qayin va kuyov bor edi. Ularning soni qancha?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
3 ta
281. Kechqurun menga ertalab uchun topshiriq berishadi, men kulaman, shunda menga tanbeh berishadi. Men kimman?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Budilnik
282. Har doim o’sib boradigan va hech qachon kamaymaydigan narsa nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Odam yoshi
283. Bolalar oson topadigan mantiqiy savol: Ko’chada yashil odamni ko’rganda nima qilish kerak?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Yo’lni kesib o’tish kerak
284. Matematiklar uchun qiziqarli masala: Ushbu vazifaning yaxshi analogi bor:
1 = 5
2 = 25
3 = 125
4 = 625
5 =?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
5 = 3125
Izoh, har bir chiqqan son 5 ga ko’paytirilmoqda
285. 4 kishi kafega kirishdi. Bunda:
1-kishi 3 ta shashlik yeb 30 ming to’ladi
2-kishi 1 ta shashlik va 2 ta somsa yeb 20 ming to’ladi
3-kishi 1 ta somsa va 2 ta pirashka yeb 9 ming to’ladi
4-kishi 1 ta shashlik, 1 ta somsa va 1 ta pirashka yedi.
Savol: 4-kishi qancha to’ladi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
4-kishi 17 ming to’lagan.
Izoh: 3 ta shashlik 30 ming bo’lsa 1 tasi 10 ming bo’ladi. 1 ta shashlik va 2 ta somsa 20 ming bo’lsa 1 shashlik 10 ming 2 somsa 10 ming va 1 somsa 5 ming bo’ladi. 1 somsa va 2 pirashka 9 ming bo’lsa 1 somsa 5 ming, 2 pirashka 4 ming, 1 pirashka esa 2 ming bo’ladi. 4-kishi yegan 1 shashlik, 1 somsa va 1 pirashka 10+5+2=17 bo’ladi
286. Hazil savol: 50 litrli bochkada 50 litr suv bor. Bochkada 25 litr suv qolishi uchun bochkaga nima qo’shish kerak?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Bochkaning o’rtasiga teshik qo’shish kerak
287. Uning «qulog’i chinoq bo’lmasin, oyog’i oqsoq yo kasal bo’lmasin; salimul a’zosi benuqson bo’lsin» degan shartlari bor. Bu shartlar nimaga nisbatan aytilgan?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Qurbonlikka so’yiladigan qo’y.
288. Aliyaning tug’ilgan kuni!!!
U o’z do’stlarini kechaga taklif qildi.
Aliya 9-sinf.
Bayramdan keyin Aliya uyga qaytmadi. Xavotirlanib, ota-onasi do’stlarining uyiga borib, ularni so’roq qilishdi.
1⃣ Gulya: Men ziyofatda oshqozonim og’riyapti va kasalxonaga yotdim!
2⃣ Zulya: Men partiyadan keyin mashinamni olish uchun avtoulov xizmatiga bordim!
3⃣ Dilya: Men kechani erta tark etib, uyga kirdim!
Hurmatli olimlar: Uchta egizaklardan qaysi biri yolg’on gapirgan ???
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
#Javob 2 Zulya
Aliya 9-sinfda va 16 yoshda. U do’stlarining eng kattasi hisoblanmagan.
16 yoshgacha bo’lgan qizga haydovchilik guvohnomasi berilmaydi!
289. Yozgi uyga ettita opa-singillar kelishdi va ularning har biri o’z hobbisni boshlashdi.
Birinchisi o’zining birinchi muhabbati haqida she’r yozdi.
Ikkinchisi ertak aytib berdi,
Uchinchisi musiqa tingladi,
To’rtinchisi krossvordlarni echish,
Beshinchi basseynga cho’milish,
Oltinchi bog’ga suv qo’ygani ketdi.
Ettinchi qiz nima qildi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Yettinchi qiz ikkinchi qiz aytayotgan ertakni tinglayotgandi.
290. 126 raqamdagi savolga o’xshash savol: 1 teshikdan kirasiz, 3 teshikdan chiqasiz. Siz tashqariga chiqdim deb o’ylamang, aslida ichkaridasiz. Gap nima haqida ketyapti?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Futbolka kiyish
291. Hazil savol: Er xotiniga:
— iltimos, kostyumimni tozalab qo’y
— tozaladim
— iltimos, shimimni ham tozalab qo’y
— tozaladim
— iltimos, tufligimni ham tozalab qo’ygin
Savolni hazilligini hisobga olib aytingchi, ayol nima deb javob berdi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Tuflida ham cho’ntak bo’ladimi?
292. Ko’prikdan o’tayotganda odamning oyoqlari tagida nima bo’ladi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Poyabzal
293. Yer yuzida ularning 6000 mingga yaqin turi bor deb aytiladi. Har yili 25-30 turi kamayib bormoqda. Bora-bora yo’q bo’lib ketar ekanda deb o’ylasangiz yanglishasiz. Hayot bor ekan, u butunlay yo’qolib ketmaydi. U nima?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Til
294. Ona tiliga qiziquvchilar uchun savol:
Yalqov, tanbal, dangasa,
Sen emasmi Mirolim?
O’qib keldim domlajon,
Bular bari . . .
Nuqtalar o’rnida qaysi so’z bo’lishi kerak edi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Sinonim. Izoh: yalqov, tanbal, dangasa so’zlari sinonim hisoblanadi
295. Latifa savol: Kunlarning birida bir chiroyli qiz oltin baliqcha tutib olibdi. Oltin baliqcha “Tila, tilagingni”, — debdi. Qiz xursand bo’lib, shunday bo’lsinki, barcha yigitlar ortimdan yugurib yurishsin. Oltin baliqcha qizning tilagini bajarib uni bir narsaga aylantirib qo’yibdi. Endi yigitlar doim uning ortidan yugurib yurishadigan bo’libdi. Qiz nimaga aylantirib qo’yildi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Futbol to’piga
296. Shaxmatda eng kuchsiz dona qaysi?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Shoh
297. Kur bulib tugilgаn kishigа nisbаtаn keyinchаlik kur bulib kоlgаn
kishining оrаsidа fаrk yuk .U xаm bu xаm 100% fоyz kurmаydi .Ammо kur bulib
tugilgаn оdаm bilаn keyinchаlik kurmаy kоlgаn оdаm оrаsidа bir kаttа fаrk bоr .
Sаvоl : Fаrk nimаdа ?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Keyin kur bulib kоlgаn оdаm tush kurа оlаdi .
298. Ulаr tаbiаtning buyuk xоdisаsi xisоblаnаdi .Xech bir kоmpаniyа eki
tаshkilоt uni yаsаy оlmаydi .Tаbiаt uni utа chirоyli, rаnglаrgа bоy kilib yаrаtgаn .Ok
rаng, kuk rаng xаttо kоrа rаnglаri xаm uchrаydi .
Sаvоl:Tаbiаtdа uchrаydigаn bu kаttа vа chirоyli nаrsа nimа ?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Aysberg.
299. Suvоrоv muxim jаnglаr оldidаn jаngchilаr diqqаtini bir ergа
tõplаsh uchun tundа оchiq jоydа yоtqizgаn.
Sаvоl: Diqqаtni tõplаsh uchun ulаrgа qаndаy vаzifа bergаn?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Askаrlаrigа оsmоndаgi yuldizlаrni sаnаttirgаn.
300. Podsho bayram munosabati bilan barcha mahbuslarga o’z jinoyatlari uchun belgilangan muddatning teng yarmini avf etishni buyuribdi. Bunga ko’ra 10 yilga qamalganlar 5 yilda, 4 yilga qamalganlar 2 yilda, 20 yilga qamalganlar 10 yilda ozod etiladigan bo’libdi. Qizig’I, qamoqda butun umrga ozodlikdan mahkum etilgan mahbuslar ham bor edi. Fikrlab ko’rib aytingchi, barchaga jazoning teng yarmini kechiladigan bo’lsa umrbod qamalganlarga qanday yo’l tutish mumkin?
Savolning javobi Ko‘rish / Yashirish
Umrbod qamalganlarning umri qancha bo’lishini hech kim bilmasligini hisobga olib, ularga bir kun qamoqda, bir kun uyda bo’lish imkoni berilgan ekan.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:52