DTM 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 28-iyun 18:30 holatiga) ko’ra statistikani
e’lon qildi.
👨💻 my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 132 783 nafar. Shundan:
🔹 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 26 638 nafar (20 %);
🔹 Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 106 145 nafar (80 %).
🏫 Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 50 340 nafar. Shundan:
🔸 23 139 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
🔸 27 201 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.
✅ Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:
1️⃣ Toshkent viloyati — 3 337 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 2 817 nafar.
3️⃣ Toshkent shahri — 2 782 nafar.
4️⃣ Farg‘ona viloyati — 2 527 nafar.
5️⃣ Andijon viloyati — 2 473 nafar.
6️⃣ Qashqadaryo viloyati — 2 381 nafar.
7️⃣ Surxondaryo viloyati — 1 838 nafar.
8️⃣ Namangan viloyati — 1 606 nafar.
9️⃣ Buxoro viloyati — 1 476 nafar.
🔟 Navoiy viloyati — 1 243 nafar.
1️⃣1️⃣ Jizzax viloyati — 1 225 nafar.
1️⃣2️⃣ Sirdaryo viloyati — 1 087 nafar.
1️⃣3️⃣ Xorazm viloyati — 972 nafar.
1️⃣4️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 874 nafar.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:11