An’anaviy dars berish usullari va bosqichlari haqida
Odatda, an’anaviy dars berish — passiv dars berish usuli sifatida qaraladi. Lekin, darsda o‘quvchilarning faol yoki nofaolligi darsni qanday o‘tishga va uni rejalashtirishga bog‘liq. An’anaviy darsning samaradorligini oshirish va darsda o‘quv¬chilarning faolligini oshirish uchun yangi materialni mayda-mayda bo‘laklarga bo‘lib o‘tish tavsiya etiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning bu materialni qanday o‘zlashtirib borayotgan¬liklarini nazorat qilib borish va bu maqsadda turli xil mashq va topshiriqlarni bajartirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Quyida professor B. Haydarovning an’anaviy dars berishning bosqichlari haqida aytib o’tgan qarashlarini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Tashkiliy qism — salom -alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik — yangi mavzu bilan bog’liq, o’tgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqlash, baholash va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish (dars maqsadi va yoritilishi lozim bo’lgan asosiy tushuncha va atamalar, oldindan doskaga yozib qo’yilsa yoki qog’ozga oldindan katta qilib yozib, osib qo’yilsa, vaqt tejaladi); O’tgan dars mavzularini takrorlash o’qituvchi tomonidan og’zaki so’rov, mayda guruhlarda ish, uyga vazifani darsda birga muhokama qilish orqali amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, yangi darsni o’tishga hozirlik, yangi dars mavzusini xarakterlovchi o’zak savolni yoki muammoni qo’yish orqali amalga oshiriladi. Shunday o’zak savol yoki muammo tanlanishi lozimki, u haqiqatan o’quvchilar uchun qiziqarli, ajabtovur bo’lib, o’quvchilar diqqatini o’ziga tortsin. O’zak savol yoki muammo — o’quvchilarning uni javobini bilishga bo’lgan qiziqishini orttirsin va dars davomida shug’ullanishga safarbar etsin va faoliyatini rag’batlantirsin.
3. Yangi mavzuni yoritish — dars materiallarini kichik — kichik bo’laklarga bo’lib, ketma -ket ma’lum uzviylikda va mantiqiy bog’liqlikda, ko’rgazmali tarzda va turli xil o’qitish uslublaridan foydalangan holda berish; Bu uslublar haqida pastda keying! bandda batavsil to’xtalamiz.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash — olingan nazariy bilimlarni yorqin misollarga qo’llash va turli xil topshiriqlarni bajarish asosida o’quvchilarda yangi mavzuga oid amaliy ko’nikmalarni hosil qilish va baholash; baholash uchun beriladigan savol va topshiriqlar aynan dars maqsadidan kelib chiqqan bo’lishi, unga erishilgan yoki yo’qligini aniqlashga qaratilgan bo’lishi lozim; Yangi mavzuni mustahkamlash butun sinf ishtirokida, turli xil tarqatma materiallar bilan ishlash, mayda guruhlarda yoki juft -juft bo’lib ishlash yordamida amalga oshirilishi mumkin. O’quvchilar amaliy mashg’ulotni bajarayotgan vaqtda o’qituvchi o’quvchilarning faoliyatini kuzatishi, ba’zi o’quvchilarning tushunmagan savollariga javob berishi mumkin. Shuningdek, bu bosqichda o’quvchilarning mustaqil ishlashlariga ham sharoit yaratib berish lozim bo’ladi.
5. Darsga yakun yasash va baholash — darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganlikni o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash; o’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish, o’quvchilarning o’zlashtirganlik darajasini aniqlash, darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash; (o’guvchilar bilimini baholashni butun dars davomida turli xil usullar yordamida ham bajarish mumkin; bahaloshdan maqsad o’quvchilarga faqat qandaydir ballarni qo’yib borishdan iborat emas, balki o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini nazorat qilib borishdan iborat bo’lib, kerak bo’lganda darsning borishiga o’zgartishlar kiritish, tushunish qiyin bo’lgan joylarga qayta to’xtalish lozim bo’ladi);
6 Uyga vazifa — o’tilgan mavzu bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmalarni yanada mustahkamlashga yoki kelgusi dars uchun hozirlik ko’rishga garatilgan, mustaqil bajarishga mo’ljallangan savol, mashq va topshiriqlar majmuasidan iborat bo’lmog’i lozim.

Традиционное обучение обычно считается пассивным методом обучения. Однако, активны или неактивны учащиеся в классе, зависит от того, как проводится и планируется урок. Рекомендуется разбивать новый материал на более мелкие части, чтобы повысить эффективность традиционного урока и повысить вовлеченность учащихся в урок. Также неплохо следить за тем, как учащиеся усваивают материал, и выполнять разнообразные упражнения и задания. Ниже вы найдете взгляды профессора Б. Хайдарова на этапы традиционного обучения.
1. Организационная часть – приветствие, проверка посещаемости, подготовка необходимых наглядных пособий и оборудования к занятию;
2. Повторение пройденной и готовность начать новую тему — повторение тем предыдущего урока, относящихся к новой теме; определить, оценить и подготовить учащихся к освоению нового материала, прежде чем переходить к новой теме; объяснить цель нового урока (цель урока и основные понятия и термины, которые необходимо осветить, сэкономят время, если заранее записать ее на доске или на большом листе бумаги); Повторение тем предыдущего урока может быть осуществлено учителем посредством устного опроса, работы в малых группах, совместного обсуждения домашнего задания в классе. Подготовка к новому уроку также осуществляется путем постановки ключевого вопроса или проблемы, характеризующей новую тему урока. Ключевой вопрос или проблема должны быть выбраны таким образом, чтобы они были действительно интересны, неожиданны и увлекательны для учащихся. Основной вопрос или проблема заключается в том, чтобы повысить интерес учащихся к знанию ответа на него и мобилизовать и стимулировать активность на протяжении всего урока.
3. Освещение новой темы – изложение материалов урока небольшими частями, друг за другом в определенной связности и логической связи, в наглядной форме и с использованием разных методов обучения; Далее ниже об этих стилях! мы подробно остановимся на этом.
4. Закрепление новой темы – формирование и оценка практических навыков учащихся по новой теме на основе применения теоретических знаний на ярких примерах и выполнении различных заданий; вопросы и задания для оценивания должны исходить из цели урока и должны быть направлены на определение того, достигнута ли она; Закрепление новой темы можно проводить с участием всего класса, работая с разными раздаточными материалами, работая в малых группах или в парах. Пока учащиеся выполняют практическую работу, учитель может наблюдать за действиями учащихся, отвечая на вопросы, которые некоторые учащиеся могут не понять. Также необходимо создать условия для самостоятельной работы студентов на этом этапе.
5. Подведение итогов и оценка урока – еще раз напоминание о цели урока и работа с учащимися для определения того, насколько она достигнута; отвечать на вопросы учащихся по теме, записывать основные тезисы урока, определять уровень мастерства учащихся, упоминать и оценивать учащихся, активно участвовавших в уроке; (Оценка знаний учащихся может производиться по-разному на протяжении всего урока; цель оценки не только в том, чтобы поставить учащимся какие-то баллы, но и контролировать уровень овладения учащимися. Необходимо вносить изменения в ход урок, снова останавливаться в местах, которые трудно понять);
6 Домашнее задание должно состоять из комплекса вопросов, упражнений и заданий для самостоятельного выполнения, направленных на дальнейшее закрепление знаний, умений и навыков по теме или подготовку к следующему занятию.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:44:48