O‘qishni ko‘chirishda rad etilgan arizalarni to‘g‘irlash imkoniyati berildi
Xabaringiz bor, kuni kecha xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan hamda respublika davlat oliygohlariaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli
yakunlandi.
Arizalarni ko‘rib chiqish natijasiga asosan ko‘plab murojaatlar tegishli hujjatlar to‘liq yuklanmagani, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi kiritilgani, turdosh bo‘lmagan yo‘nalish belgilangani hamda yana boshqa sabablarga ko‘ra rad etilgan.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmatining
xabar berishicha, shuni inobatga olib, 5-avgustgacha transfer.edu.uz tizimidan respublika davlat OTMaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi. Mazkur imkoniyat muddati 10 avgustgacha etib belgilandi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:04