Inklyuziv taʼlim — barcha uchun moʻljallangan taʼlim
Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi 46-sessiyasidagi nutqida strategik yoʻnalishlar, jumladan, Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Butun dunyoda qariyb 1 milliardga yaqin nogironligi boʻlgan shaxslar borligi haqida oʻylab, fikr yuritsak, bu nihoyatda ahamiyatli tashabbus ekaniga amin boʻlamiz.
Ushbu tashabbus mazmun-mohiyati haqida targʻibot ishlarini izchil yoʻlga qoʻyish, nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish masalalarida parlament nazoratini kuchaytirish dolzarb vazifalar hisoblanadi. Parlament Qonunchilik palatasida OʻzXDP fraksiyasi va Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi hamkorligida oʻtkazilgan davra suhbatida bu haqda deputatlar, nogironligi boʻlgan shaxslar manfaatlarini himoya qiladigan tashkilotlar mutasaddilari va mutaxassislari bu borada koʻplab fikr va takliflarni bildirishdi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish katta va koʻplab omillarga bogʻliq soha. Shuning uchun bugun uning aynan bitta yoʻnalishi – inklyuziv taʼlimga batafsilroq toʻxtalib oʻtmoqchiman.
Inklyuziv taʼlim rasmiy taʼlim tushunchasidan ancha kengroq. Bu taʼlimda koʻproq oʻqishda, oʻrganishda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlanadi.
Inklyuziv maktab oʻqituvchisi va inklyuziv bogʻchada tarbiyachi qanday sifatlarga ega boʻlish kerak? Inklyuziv taʼlimda oʻqituvchining kasbiy mahorati bosh omil hisoblanadi. Avvalo Oʻqituvchi inklyuziv tafakkurga ega boʻlishi va taʼlim sifati masʼuliyatini oʻz zimmasiga olishi shart.
Inklyuziv taʼlim berish oʻqituvchilar ishi sifatining asosiy mezonlari – oʻqituvchi oʻquvchilarning turli toifada ekanligiga qaramay barcha bolalarning huquqini himoya va hurmat qilishi.
Yana bir sifat – hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. Chunki oʻqituvchilar uchun hamkorlik va oʻzaro fikr almashish muhimdir.
Oʻqituvchi oʻz faoliyatini tizimli baholab borishi, muntazam malakasini oshirishi, alohida taʼlim ehtiyojlari bor bolalarning intizomli va muassasalar aro guruhlar bilan samarali ishlashi uchun liderlik hamda boshqaruv malakalarini qoʻllash, muammolarni birgalikda hal qilish, keng qamrovli maktab hamkorligini yoʻlga qoʻyish kabi xislatlarga ega boʻlish kerak.
Maʼlumki, inklyuziv taʼlimda maxsus taʼlim ehtiyojidagi bolalar barcha bolalar bilan birga maʼlum maqsadda turli qobiliyatlarga muvofiq guruhlashtiriladi.
Maxsus taʼlim aqliy, jismoniy tashqi koʻrinishga muvofiq amalga oshirilsa, inklyuziv taʼlim bolaning qobiliyati va imkoniyatlariga koʻra belgilanadi.
Maxsus taʼlim oʻqitishning maxsus va alternativ dasturlari orqali oʻqitilsa, inklyuziv taʼlim bolaga yoʻnaltirilgan va moslashtirilgan, yoʻriqnomali, barchaga moʻljallangan oʻquv dasturi asosida oʻqitiladi.
Inklyuziv taʼlimning oʻziga xos muhim jihati shundaki, bolalar va oʻqituvchi bir birlaridan oʻrganishadi hamda muammolarni birgalikda hal etishadi.
Bu taʼlim bir tomonlama boʻlmasligi kerak. Imkoniyati cheklangan bolada oʻziga boʻlgan ishonchni oshirish, koʻnikma va qobiliyatini rivojlantirish, yoshligidan oʻrganishni ragʻbatlantirishda oila ishtiroki muhim.
Inklyuziv taʼlim jarayonida ota-onalar bilan ishlash ham muhim. Taʼkidlash joizki, alohida ehtiyojli ota-onalarga ularning farzandlari jamiyatning bir boʻlagi boʻlish huquqiga ega ekanini tushuntirish, bu ishonchni ularning ongiga yetkazish kerak. Mamlakatimiz taʼlim tizimida bu masalaga alohida eʼtibor qaratiladi.
2020-yil oktyabrda qabul qilingan Prezidentimizning alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori bunga misol boʻla oladi.
Unga koʻra, tajriba-sinov tariqasida shaharlarda va Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan maktablarda inklyuziv taʼlim joriy qilinadi.
Qoraqalpogʻiston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan bittadan maktablarda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich tayanch sinflar ochiladi.
Qashqadaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida joylashgan bittadan kasb- hunar maktabida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari va alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashgan guruhlar tashkil etiladi.
Shuningdek 2021-2022 oʻquv yilida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida majburiy oʻrta taʼlim 11 yillik (intellektual rivojlanishida nuqsonli bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab internatlarda 9 yillik muddatlarda amalga oshiriladi. Shuningdek, ularni kasbga oʻqitish kurslari tashkil etilib, bitiruvchilarga sertifikat beriladi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qilishga har tomonlama sharoit yaratilmoqda. Inklyuziv taʼlimni butun mamlakat boʻylab rivojlantirishga qaratilgan islohotlar bunga amaliy misol boʻladi, deb oʻylayman.
Oybarchin ABDULLAYEVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
OʻzXDP fraksiyasi aʼzosi
Источник: Xs.uz.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:53:43
Matematika fanidan onlayn olimpiada testlari to’plami Matematika fanidan onlayn olimpiada testlari to’plami
O‘zbekistondagi bog‘chalarda rus tili "ikkinchi ona tili" sifatida o‘rgatilishi rostmi? O‘zbekistondagi bog‘chalarda rus tili "ikkinchi ona tili" sifatida o‘rgatilishi rostmi?
Joʻrabek Jahon hayoti, asarlari, mukofotlari haqida Joʻrabek Jahon hayoti, asarlari, mukofotlari haqida
Ingliz tilidagi so’zlarni tezkor yodlash qo’llanmasi Ingliz tilidagi so’zlarni tezkor yodlash qo’llanmasi
Rober Merl hayoti, faoliyati, asarlari Rober Merl hayoti, faoliyati, asarlari
Saida Zunnunova hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol Saida Zunnunova hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol
Tongni to‘g‘ri qarshi olish sirlari Tongni to‘g‘ri qarshi olish sirlari
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun pul yig‘ish qat’iyan ta’qiqlanadi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun pul yig‘ish qat’iyan ta’qiqlanadi
Yoshlar uchun Prezident tomonidan e’lon qilingan muhim yangiliklar Yoshlar uchun Prezident tomonidan e’lon qilingan muhim yangiliklar
Xudoyberdi Toʻxtaboyev hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol Xudoyberdi Toʻxtaboyev hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol
2022-2023 Chizmachilik fanidan ish rejalar WORD EXCEL 8-9-sinf 2022-2023 Chizmachilik fanidan ish rejalar WORD EXCEL 8-9-sinf
Halollik Haqida Maqollar to’plami Halollik Haqida Maqollar to’plami
Gemoglobinni ko‘tarish uchun qanday mahsulotlar yordam beradi? Gemoglobinni ko‘tarish uchun qanday mahsulotlar yordam beradi?
Qo‘rqoq, arazchi, yolg‘onchi bolakaylarni qanday tarbiyalash kerak? Qo‘rqoq, arazchi, yolg‘onchi bolakaylarni qanday tarbiyalash kerak?
Qabul 2022: Joriy yil bitiruvchilari diqqatiga! Qabul 2022: Joriy yil bitiruvchilari diqqatiga!
Konstitutsiya kuniga she'rlar to'plami Konstitutsiya kuniga she'rlar to'plami
2023 Yangi yil haqida she’r, eng yangi sara bayramona she’rlar 2023 Yangi yil haqida she’r, eng yangi sara bayramona she’rlar
Koronavirus rivojlanish tarixi va Xitoy nayranglari haqida Koronavirus rivojlanish tarixi va Xitoy nayranglari haqida
Tarix: 186 o’quvchi o’ldirilgan kunga 16 yil bo’ldi Tarix: 186 o’quvchi o’ldirilgan kunga 16 yil bo’ldi
Omon Matjon haqida: hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol Omon Matjon haqida: hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol