Qarishni sekinlashtiradigan, niya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulot
Qora murch dunyodagi eng mashhur ziravor hisoblanadi. “Ziravorlar shohi” barcha millat oshxonalarida eng keraklisi bo‘lib, foydali xususiyatlarga ham boy.
Mazkur ziravorni muntazam iste’mol qilish xolesterin va qondagi glyukoza miqdorini boshqarishga yordam beradi. Miya faoliyatini yaxshilab, qarishning oldini oladi.
Qora murch tarkibida yuqori konsentratsiyadagi antioksidant piperin mavjud. Bu tanani erkin radikallarning zararlashidan himoya qiladi, yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Erta qarish jarayonini sekinlashtiradi va ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. Aytgancha, piperin boshqa tabiiy antioksidant – kurkumaning ta’sirini sezilarli darajada oshiradi. Shuning uchun zarchavali taomlarga hamisha qora murch qo‘shish tavsiya etiladi.
Qora murch kuchli yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega. Ammo yallig‘lanish reaksiyasi ham organizm uchun muhim. Yallig‘lanish – salomatlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan virus, bakteriya va patogenlardan himoya mexanizmidir. Ammo yallig‘lanish surunkali holatga kelganda u endi himoya emas, jiddiy muammo ham hisoblanadi. Qora murch tarkibidagi faol birikmalar organizmdagi har bir hujayrani yangi zararlanishdan himoya qilib, molekulyar darajada yallig‘lanish bilan kurashadi.
Uning tarkibidagi faol moddalar qonda xolesterin miqdorini nazorat qilish, qon tomirlarini tozalash va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishga yordam beradi. Bundan tashqari, so‘nggi tadqiqotlar piperinning miya faoliyati uchun foydaliligini aniqladi. U tetiklikni oshiradi, xotirani yaxshilaydi va ishlashga ijobiy ta’sir o‘tkazadi.
Qora murch oziq-ovqatlardagi kalsiy, selen, shuningdek, ko‘k choy va o‘simliklarning ayrim turlarini o‘z ichiga olgan foydali birikmalarning yaxshi singishini ta’minlaydi. Ziravorning yana bir foydali jihati shundaki, u mikrobiom sifatini yaxshilashga yordam beradi. Ichakdagi to‘g‘ri bakterial muvozanatni diqqat bilan kuzatish kerak, chunki u tanadagi immunitet funksiyasidan tortib kayfiyatgacha bo‘lgan barcha holatlarga ta’sir qiladi.

Черный перец – самая популярная специя в мире. «Король специй» — одна из самых необходимых в кухне всех народов и богата полезными свойствами.
Регулярное употребление этой специи помогает контролировать уровень холестерина и глюкозы в крови. Улучшает работу мозга и предотвращает старение.
Черный перец содержит высокую концентрацию антиоксиданта пиперина. Защищает организм от повреждения свободными радикалами и препятствует развитию воспалительных процессов. Замедляет процессы преждевременного старения и защищает от ультрафиолетовых лучей. Кстати, пиперин значительно усиливает действие другого природного антиоксиданта – куркумы. Поэтому всегда рекомендуется добавлять в каши черный перец.
Черный перец обладает сильными противовоспалительными свойствами. Но воспалительная реакция также важна. Воспаление – это механизм защиты от вирусов, бактерий и патогенов, которые могут представлять угрозу для здоровья. Но когда воспаление становится хроническим, это уже не защита, а серьезная проблема. Активные соединения черного перца защищают каждую клетку организма от новых повреждений и борются с воспалением на молекулярном уровне.
Его активные ингредиенты помогают контролировать количество холестерина в крови, очищают сосуды и предотвращают сердечно-сосудистые заболевания. Кроме того, недавние исследования показали, что пиперин благотворно влияет на работу мозга. Повышает жизненный тонус, улучшает память и положительно влияет на работоспособность.
Черный перец обеспечивает хорошее усвоение полезных соединений в пище, в том числе кальция, селена, а также зеленого чая и некоторых видов трав. Еще одним полезным аспектом специи является то, что она помогает улучшить качество микробиома. Необходимо тщательно следить за правильным бактериальным балансом в кишечнике, поскольку он влияет на все, от иммунной функции организма до настроения.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:53:56