Yosh tadqiqotchilarni ilm-fan sohasiga jalb qilishga qay darajada eʼtibor qaratilyapti?
Innovatsiya — bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli oʻsish samaradorligini taʼminlash uchun joriy etilgan yangilik.
U insonning intellektual faoliyati, uning fantaziyasi, ilmiy-ijodiy dunyoqarashi, yaratgan kashfiyotlari, ixtirolari va ratsionalizatorlik gʻoyalarining yakuniy natijasi hisoblanadi.
Aytish mumkinki, innovatsiyalar bir martalik tashkiliy-texnikaviy tadbir emas, ular bir tomondan investitsiyalar va moliyaviy resurslar, ikkinchi tomondan esa ilm-fan, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar bilan bogʻliq. Zamonaviy ilmiy tadqiqotlarsiz, ilm-fan va ishlab chiqarishni uzviy bogʻlashga, iqtisoddagi tarkibiy oʻzgarishlarga va innovatsion modernizatsiyalashga erishib boʻlmaydi.
Shu oʻrinda bir savol tugʻiladi. Xoʻsh, bugun mamlakatimizda innovatsion rivojlanish sohasiga oid ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Ilm-fan yutuqlarini raqamlashtirish va yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilishga qaratilgan islohotlar samara beryapti?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida boʻlib oʻtgan navbatdagi “Hukumat soati”da Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ushbu masalalar yuzasidan axborot berdi.
Ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qoʻllagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish Oʻzbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. Shu boisdan mamlakatimizda innovatsion rivojlanish sohasidagi qator dasturlar, chora-tadbirlar tizimli va izchil amalga oshirilayotir.
Xususan, birgina 2018-2020-yillarda ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy laboratoriyalarini 95 turdagi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashga 52,3 mlrd. soʻm yoʻnaltirilgan. Shuningdek, 2020-yilning noyabr-dekabr oylarida 99 turdagi 61,3 mlrd. soʻmlik asbob-uskunalar xarid qilinishi rejalashtirilgan.
Yosh ilmiy arboblarni koʻpaytirish, ilmiy hamjamiyatning oʻrtacha yoshini pasaytirish hamda tabiiy va gumanitar fanlarni yoshlar orasida rivojlantirish maqsadida vazirlik huzurida Yoshlar akademiyasi hamda Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilgani shubhasiz, yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini oshirishda muhim voqelik boʻldi.
Bugungi kunda Yoshlar akademiyasi aʼzolari geologiya, biologiya, qishloq xoʻjaligi, kimyo sanoat, sunʼiy intellekt, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, robototexnika va mexatronika, dasturlash, sanoat dizayni va 3D modellashtirish sohalarida oʻz loyihalarini amalga oshirmoqda.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 29-oktyabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoni yurtimizda taʼlim sifati va qamrovini oshirishga qaratilgan muhim hujjat boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Markur farmonda 2025-yilga qadar ilm-fanga yoʻnaltiriladigan jami mablagʻlarning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushini 6 baravarga, 2030-yilgacha esa 10 baravarga oshirish, 2025-yilga qadar ilm-fanni umumiy moliyalashtirish hajmida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xususiy sektor tomonidan ajratiladigan mablagʻlar ulushini amaldagi 8 foizdan 20 foizga, 2030-yilgacha esa 30 foizga yetkazish belgilab qoʻyilgan. Eng muhimi, innovatsion ishlanmalar va startap loyihalarni moliyalashtirish maqsadida xorijiy yetakchi investitsiya kompaniyalari bilan hamkorlikda 2021-yilda 2 ta, 2025-yilda 10 ta venchur jamgʻarmalarini tashkil qilish nazarda tutilgan. Shubhasiz, bu hududlarda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ilm-fanga keng jalb qilishga qaratilgan yuksak eʼtiborning amaldagi yana bir ifodasidir.
Mamlakatning oqil, maʼrifatli, savodli insonlari sivilizatsiyani belgilab berishi hammamizga yaxshi maʼlum. Shu jihatdan ilmiy tashkilotlar tadqiqotchilarining oʻrtacha yoshini 2025-yilga qadar 45 ga, 2030-yilgacha esa 39 ga yetkazilishi muhim tashabbusdir. Binobarin, globallashuv sharoitida yangi fikr va yangi innovatsion gʻoya boʻlmasa, iqtisodiyotni yuksaltirish mushkul kechadi. Bu borada innovatsiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarashimiz lozim.
Umuman olganda, innovatsiya — bu iqtisodiy oʻsish, demakki ijtimoiy farovonlik va jamiyat rivoji garovidir. Shunday ekan, endilikda Innovatsion rivojlanish vazirligi iqtisodiyot sohasi bilan birga, eng muhim loyihalarni ham amalga oshirishda oʻziga xos lokomotiv rolini bajarishi kerak.
Aktam HAITOV,
Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi Spikeri oʻrinbosari,
OʻzLiDeP fraksiyasi rahbari
Это конечный результат интеллектуальной деятельности человека, его воображения, его научного и творческого мировоззрения, его открытий, изобретений и идей рационализации.
Можно сказать, что инновации не являются разовым организационно-техническим мероприятием, они связаны с инвестициями и финансовыми ресурсами с одной стороны, и наукой, исследованиями и разработками с другой. Без современных научных исследований невозможно обеспечить взаимосвязь науки и производства, структурные изменения в экономике, инновационную модернизацию.
Это вызывает вопрос. Итак, что делается сегодня в нашей стране для развития исследований и разработок в области инновационного развития? Эффективны ли реформы, направленные на цифровизацию научных достижений и привлечение молодежи к научной деятельности?
Об этом рассказал министр инновационного развития Ибрагим Абдурахманов на очередном «Правительственном часе» в Законодательной палате Олий Мажлиса.
Быстрое внедрение современных инновационных технологий в экономику, социальную и другие сферы с широким использованием научно-технических достижений является важным условием стремительного развития Республики Узбекистан. Поэтому в нашей стране планомерно и последовательно реализуется ряд программ и мероприятий в области инновационного развития.
В частности, только в 2018-2020 годах на оснащение научно-исследовательских лабораторий научно-исследовательских и высших учебных заведений 95 видами современного оборудования будет выделено 52,3 млрд сумов. сум. Кроме того, в ноябре-декабре 2020 г. 61,3 млрд. руб. Запланировано приобретение оборудования на сумму 1 млрд. сум.
Важным шагом в повышении творческий, интеллектуальный и предпринимательский потенциал молодежи.
Сегодня члены Молодежной академии работают над проектами в области геологии, биологии, сельского хозяйства, химической промышленности, искусственного интеллекта, возобновляемых источников энергии, робототехники и мехатроники, программирования, промышленного дизайна и 3D-моделирования.
Не будет преувеличением сказать, что важным документом, направленным на повышение качества и охвата образования в нашей стране, стал Указ Президента «Об утверждении Концепции развития науки на период до 2030 года» от 29 октября текущего года.
Согласно указу Маркура, к 2025 году доля общего финансирования науки в ВВП увеличится в 6 раз,К 2030 г. планируется увеличить его в 10 раз, а также увеличить долю частного финансирования НИОКР в общем финансировании науки с 8% до 20%, а к 2030 г. – до 30%. Самое главное, для финансирования инновационных разработок и стартап-проектов планируется создание 2 венчурных фондов в 2021 году и 10 в 2025 году в сотрудничестве с ведущими зарубежными инвестиционными компаниями. Несомненно, поддержка талантливой молодежи, занимающейся научной деятельностью в этих регионах, является еще одним практическим проявлением высокого внимания к науке.
Все мы знаем, что умные, просвещенные, образованные люди страны определяют цивилизацию. В связи с этим важной инициативой является повышение среднего возраста исследователей в научных организациях до 45 лет к 2025 году и до 39 лет к 2030 году. Следовательно, в условиях глобализации будет сложно развивать экономику без новых идей и новых инновационных идей. В связи с этим мы должны смотреть на инновацию не как на какую-либо инновацию, а как на фактор, значительно повышающий эффективность существующей системы.
В целом инновации являются гарантией экономического роста, социального благополучия и общественного развития. Поэтому Мининновация сейчас должна играть ключевую роль в реализации важнейших проектов, а также в экономической сфере.
Актам ХАИТОВ,
Законодательство Олий Мажлиса
заместитель спикера палаты,
Лидер фракции УзЛиДеП
Источник: XS.uz.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:50:17
Odil Yoqubov hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol Odil Yoqubov hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol
Geografiya fanidan imtihon savollari 2022 9-11-sinf Geografiya fanidan imtihon savollari 2022 9-11-sinf
Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyasi ta'sis etildi Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyasi ta'sis etildi
Endi bog‘chalarimizda Xitoy tilini o'rganish joriy qilinishi mumkin Endi bog‘chalarimizda Xitoy tilini o'rganish joriy qilinishi mumkin
IT sohasi vakillari uchun 1 million dollarlik tanlov o‘tkaziladi IT sohasi vakillari uchun 1 million dollarlik tanlov o‘tkaziladi
Sinf jurnali qanday tartibda yuritilishi kerak? Sinf jurnali qanday tartibda yuritilishi kerak?
Olti oy ichida oʻrganish mumkin boʻlgan va masofadan ishlash imkoniyati mavjud kasblar haqida Olti oy ichida oʻrganish mumkin boʻlgan va masofadan ishlash imkoniyati mavjud kasblar haqida
Umumiy o‘rta ta’limga oid ayrim terminlar Umumiy o‘rta ta’limga oid ayrim terminlar
O’qishni ko’chirish bo’yicha test muddatlari belgilandi O’qishni ko’chirish bo’yicha test muddatlari belgilandi
Eng mashhur ko‘zi ojiz insonlar haqida Eng mashhur ko‘zi ojiz insonlar haqida
Endi mulk huquqidan mahrum qilish uchun sud qarori talab etiladi Endi mulk huquqidan mahrum qilish uchun sud qarori talab etiladi
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlangan tadbir senariylari to'plami, buklet va dars ishlanmalar Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlangan tadbir senariylari to'plami, buklet va dars ishlanmalar
Talabalarga qanday hollarda akademik ta’til beriladi? Talabalarga qanday hollarda akademik ta’til beriladi?
Bola tarbiyasi yo’lida qanday xatolarga yo’l qo’ymoqdamiz? Bola tarbiyasi yo’lida qanday xatolarga yo’l qo’ymoqdamiz?
Bolalardagi ortopedik muammolar haqida Bolalardagi ortopedik muammolar haqida
Kirish imtihonlari yakunlanmoqda. Mandat arafasida abituriyentlar nimalarni bilishi kerak? Kirish imtihonlari yakunlanmoqda. Mandat arafasida abituriyentlar nimalarni bilishi kerak?
Farzandingizga 15 daqiqa kitob o’qib berishning 15 foydasi Farzandingizga 15 daqiqa kitob o’qib berishning 15 foydasi
2022 Javoblar varaqasi (titul namunasi) abituriyentlar uchun 2022 Javoblar varaqasi (titul namunasi) abituriyentlar uchun
Jahlni yengishning 7 ta xavfsiz usuli Jahlni yengishning 7 ta xavfsiz usuli
"Teshiktosh"da haqiqatan hindular yashaganmi? "Teshiktosh"da haqiqatan hindular yashaganmi?