Milliy sertifikat imtihonlarida kimlar qatnashishi mumkin?
❔ Hozirda ko‘pchilik tomonidan milliy sertifikat imtihonida kimlar ishtirok eta oladi, bu imtihon faqat abituriyentlar uchunmi degan mazmunda ko‘plab savollar berilmoqda.
🔰 Qayd etish kerakki, umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori asosida tashkil etiladi.
❕ Mazkur qarorda milliy sertifikat imtihonlarida faqatgina abituriyentlar ishtirok etishi mumkin degan cheklov mavjud emas. Ya’ni ushbu imtihonni barcha topshirishi mumkin.
✅ Boshqacha qilib aytganda chet tili imtihonlarida bo‘lgani kabi o‘z bilimini sinab ko‘rish istagini bildirgan istalgan shaxs umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etishi va tegishli sertifikatni qo‘lga kiritishi mumkin.
👩🏫 Mazkur imtihon bo‘yicha berilayotgan eng ko‘p savollardan biri milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga ustama berilishi bilan bog‘liq.
🏢 O‘qituvchilar turli tizimlarda faoliyat yuritishidan kelib chiqqan holda Davlat test markazi o‘qituvchilarga ustama to‘lanishi bilan bog‘liq holatga o‘zi ishlaydigan tashkilotdan aniqlik kiritishni
tavsiya etadi.
Mavzuga doir:
Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlariDTM milliy sertifikat boʻyicha savollar tarqab ketganiga izoh berdiMilliy test sertifikati o’qituvchilar uchunmi yoki abituriyentlar uchun?Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:12