Taʼlim va ilm-fan — mamlakat rivojlanishining asosiy drayveri
Kecha Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan videoselektor majlisida mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yana-da rivojlantirish, taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, uning uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash hamda oʻqituvchi-murabbiylarning mavqeyi, obroʻ-eʼtiborini oshirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlash joiz, uzoq yillar davomida taʼlim sohasiga yetarlicha eʼtibor berilmagani, mablagʻ bilan taʼminlanishdagi tizimli kamchiliklar va bir qator boshqa sabablar ushbu sohada koʻplab yirik muammolarni keltirib chiqardi. Uning izchil rivojlanishiga toʻsqinlik qildi. Hozirgi davrda shu muammolarni samarali hal etish uchun nafaqat tegishli qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni qabul qilish va amaliyotini taʼminlash, balki sohada keng qamrovli islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish zarur.
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy drayveri sifatida taʼlim va ilm-fan deb tan olingan ekan, uning oʻzi qanday rivojlanishi kerak? Iqtisodiyotning tarmoqlari uchun intellektual va maʼnaviy salohiyatga ega, yuksak texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni boshqara oladigan mutaxassislar tayyorlash uchun nimalarga eʼtibor berish kerak? Tizimning jonkuyarlari – tarbiyachi-oʻqituvchilar, murabbiylarning faoliyatini samarali tashkil etish, ularning nufuzini oshirish va zarur shart-sharoitlarni yaratish ishlari mamlakatimizning turli hududlarida qanday tashkil etilgan? Shu masalalar kesimida viloyatlar, tumanlardagi holat toʻgʻrisida hududlarning mutassaddi rahbarlari va taʼlim tizimi xodimlari, pedagog-oʻqituvchilar majlisda gapirib berishdi. Soʻnggi davrda taʼlim tizimiga davlatning doimiy eʼtibori tufayli oʻqituvchi murabbiylarning maoshlari bosqichma-bosqich oshirib borilyapti. Taʼlim muassasalarini taʼmirlash, ularni jihozlash, darslik va oʻquv qoʻllanmalar bilan taʼminlash boʻyicha katta ishlar amalga oshirildi.
Lekin tizim faoliyatini yuksak xalqaro andozalar asosida qaytadan tashkil etish uchun yana juda koʻp, muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligini davlat rahbari koʻrsatib oʻtdi. Bu borada ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish zarurligi taʼkidlandi. Xususan, taʼlim sohasida yuksak koʻrsatgichlarga erishgan Finlyandiya davlatining tajribasini mamlakatimizning taʼlim tizimiga qoʻllash vazifasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish komissiyasiga topshirildi.
Shuningdek, umumtaʼlim tizimida yuksak pedagogik mahoratga ega boʻlgan mutaxassislarni, xususan erkak oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etishning muhim amaliy ahamiyati Xalq taʼlimi vazirligi va hududlarning rahbarlariga tushuntirildi. Shu bilan birga, mamlakatimizdagi yirik oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarini umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarini malaka oshirishi tizimiga jalb etib, ularga ilm-fanning soʻnggi yutuqlari asosida ilgʻor malaka oshirish tizimini tashkil etish topshirigʻi berildi. Bunday muhim ishlarga nafaqat poytaxtdagi universitetlar, balki viloyatlarda faoliyat koʻrsatayotgan oliygohlar ham jalb etiladi.
Taʼlim tizimi faoliyatini tashkil etishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni hal etishda viloyatlarning rahbarlari bevosita va faol ishtirok etishi zarurligi koʻrsatildi. Har bir viloyat, har bir tuman hokimini davriy ravishda oʻz hududidagi maktablarni oʻrganishi, vaqt topib oʻqituvchining dardini eshitishi va ularga amaliy yordam berishi taʼlim tizimining hayotimizdagi muhim rolini eʼtirof etilishini namoyon qiladi.
Taʼlim tizimiga davlat rahbari tomonidan bunday eʼtibor, taʼlim – bu umumxalq ishi deb qaralishi, tizim uchun barcha zarur mablagʻlarni pandemiya cheklovlari va iqtisodiy inqirozga qaramay toʻliq miqdorda ajratilishi, Oʻzbekistonning kelajagi zamonaviy taʼlim tizimiga asoslanganligining dalilidir.
Erkin ZOHIDOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi
Источник: XS.uz.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:50:09
OTMga kirish imtihonlari onlayn bo’ladimi? OTMga kirish imtihonlari onlayn bo’ladimi?
Bahorda immunitetni ko'tarish yo'llari Bahorda immunitetni ko'tarish yo'llari
Pedagog xodimlar uchun xushxabar, yangi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi Pedagog xodimlar uchun xushxabar, yangi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi
Mustaqil ish topshirish majburiymi? Mustaqil ish yozish Mustaqil ish topshirish majburiymi? Mustaqil ish yozish
Olim bo'lish uchun 5 sabab Olim bo'lish uchun 5 sabab
Tarix fanidan majburiy fan test savollari javobi bilan DTM testlar Tarix fanidan majburiy fan test savollari javobi bilan DTM testlar
“Halollik vaksinasi”, uni qayerdan olamiz, qanday yaratamiz? “Halollik vaksinasi”, uni qayerdan olamiz, qanday yaratamiz?
14-sentabr 7-sinflar uchun onlayn maktab darslari 14-sentabr 7-sinflar uchun onlayn maktab darslari
2022 Xalq ta’limi maqsadli qabul parametrlari, kvotalar 2022 Xalq ta’limi maqsadli qabul parametrlari, kvotalar
O‘qituvchiga malaka toifasini berish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish yil davomida amalga oshiriladi O‘qituvchiga malaka toifasini berish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish yil davomida amalga oshiriladi
Koronavirus bilan to`liq emlanganlar soni ma`lum qilindi Koronavirus bilan to`liq emlanganlar soni ma`lum qilindi
Talabalar uchun ta’lim krediti ajratadigan banklar ro’yxati Talabalar uchun ta’lim krediti ajratadigan banklar ro’yxati
В 2021 году будет построено жилье для 54 тысяч семей В 2021 году будет построено жилье для 54 тысяч семей
Dunyo ta’limida xalqaro reytinglar: Cho’qqi tomon poyga Dunyo ta’limida xalqaro reytinglar: Cho’qqi tomon poyga
5 yil stajga ega xodimlarni OTMga tavsiya etadigan tashkilotlar ro‘yhati tasdiqlandi 5 yil stajga ega xodimlarni OTMga tavsiya etadigan tashkilotlar ro‘yhati tasdiqlandi
2020-2021 DTM Test natijalarini qanday bilish mumkin? 2020-2021 DTM Test natijalarini qanday bilish mumkin?
Ular shunday o’ldilar, Xudosizlar o’limi oldidan nima deyishgan? Ular shunday o’ldilar, Xudosizlar o’limi oldidan nima deyishgan?
Tarix fanlaridan 2019-2020 o’quv yili uchun yillik ish reja Tarix fanlaridan 2019-2020 o’quv yili uchun yillik ish reja
To’g’rilik va egrilik haqida maqollar to’plami To’g’rilik va egrilik haqida maqollar to’plami
Sharqshunoslik universitetiga turkiyalik professorlar ta’lim berish uchun taklif qilindi Sharqshunoslik universitetiga turkiyalik professorlar ta’lim berish uchun taklif qilindi