Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi toifa sertifikatlarini qachon va kimdan olish mumkin?
Pedagog kadrlar attestatsiyasi faqat malaka (test) sinovlaridan iborat emas, attestatsiya komissiyalari malaka toifalari berish to‘g‘risida qaror chiqarishda faqatgina malaka (test) sinovlari natijalariga qarab emas, balki pedagogning dars o‘tish mahorati va mehnati samaradorligiga baholash mezonlari asosida qo‘yilgan ballar asos bo‘ladi.
Attestatsiya ikki bosqichda o‘tkaziladi: birinchi bosqichda — attestatsiyadan o‘tuvchilarning o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovi natijalari, dars o‘tish mahorati va mehnati samaradorligi ekspert guruhi tomonidan o‘rganiladi hamda tegishli tavsiyalar tayyorlanadi;
ikkinchi bosqichda — attestatsiya komissiyalari ekspert guruhi tomonidan o‘rganilgan birinchi bosqich natijalarini tahlil qiladi, attestatsiya jarayonida to‘plangan hujjatlar jamlanmasini (portfoliosini) o‘rganadi va pedagog kadrni malaka toifasida (lavozimida) qoldirish yoki boshqa toifa (lavozim) berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Attestatsiya komissiyalari baholash mezonlari asosida qaror qabul qiladi. Baholash mezonlari bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich chiqarilmaydi hamda baholash mezonlarining birortasi bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichdan past baholansa “attestatsiyadan o‘tmadi” degan qaror qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 392-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan xalq ta’limi boshqarmalari attestatsiya komissiyalarining asosiy vazifasi oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Ta’lim inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya o‘tkazilgandan so‘ng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan ta’minlash hisoblanadi.
Pandemiya sababli malaka (test) sinovlari kechiktirilgan edi. Bugungi kunda tasarrufida ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan, shu jumladan Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda malaka sertifikatlarni o‘qituvchilarga tezroq yetkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Shavkat Xo‘jaqulov, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot kotibi

Аттестация педагогических кадров не состоит только из квалификационных (испытательных) испытаний, аттестационные комиссии принимают решения о присвоении квалификационных категорий не только на основании квалификационных (испытательных) испытаний, но и на основании критериев оценки педагогического мастерства и результативности баллы учителей будут основой.
Аттестация проводится в два этапа: на первом этапе — результаты квалификационного испытания аттестуемых по предмету, навыки преподавания и эффективность работы изучаются экспертной группой и готовятся соответствующие рекомендации;
на втором этапе — аттестационные комиссии анализируют результаты первого этапа, изученные экспертной группой, изучают комплект документов (портфолио), собранный в процессе аттестации, и оставляют педагогический состав в квалификационной категории (должности) или переводят в другую категорию (положение) будет решать.
Аттестационные комиссии принимают решения на основании критериев оценки. Средний балл по критериям оценки отсутствует, а если он ниже любого из критериев оценки, принимается решение о том, что он не прошел аттестацию.
Согласно Положению, утвержденному постановлением Кабинета Министров от 13 мая 2019 г. № 392, основной задачей аттестационных комиссий отделов народного образования является обращение в Инспекцию образования за аттестатами для учителей высшей, первой и второй квалификационных категорий. учителей с сертификатами в течение месяца.
Квалификационные испытания были отложены из-за пандемии. В настоящее время во взаимодействии с министерствами и ведомствами, в ведении которых находятся образовательные учреждения, в том числе с Министерством народного образования, ведется работа по ускорению выдачи квалификационных аттестатов учителям.
Шавкат Ходжакулов, пресс-секретарь Государственной инспекции по контролю качества образования

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:49:46