5 yil stajga ega xodimlarni OTMga tavsiya etadigan tashkilotlar ro‘yhati tasdiqlandi
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik birlashmalari ro‘yxati (86 ta)
tasdiqlandi.
📝 Bunda ro‘yxatda keltirilgan tashkilotlar tavsiyanomasiga ega bo‘lgan talabgorlar 2022 yil 8 avgustdan 22 avgustgacha (shu kuni ham) DTMning maxsus elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
⏩ Vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari har bir o‘quv yili uchun markaziy va hududiy tuzilmalari hamda tizim tashkilotlaridan 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishi mumkin.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:17