XOʻJAOBOD TUMANI

XOʻJAOBOD TUMANI — Andijon viloyatidati tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. 1973-y. da tuman tarkibidan Jalolquduq tumani, 1992-y. da Buloqboshi tumani ajralib chiqqan. Xoʻjaobod tumani shim. sharqdan Jalolquduq, shim. gʻarbdan Andijon, gʻarbdan Buloqboshi tumanlari, sharq, jan., va jan. gʻarbdan Qirgʻiziston bilan chegaradosh. Mayd. 0,23 ming km2. Aholisi 82,1 ming kishidan ziyod (2004). Tumanda 4 kishloq fuqarolari yigʻini (Birlashgan, Manak, Oltin Vodiy, Xoʻjaobod), 1 shahar (Xoʻjaobod) bor. Markazi — Xoʻjaobod sh.

Tabiati. Tuman hududi Fargʻona vodiysining jan. sharqiy qismida joylashgan. Jan. da PomirOlay tizmalarining Chilustun va Qirtoshtogʻ togʻlari bor (eng baland joyi 1457 m). Shim. gʻarbiy kismi adirlardan iborat. Qolgan kismi pasttekislik. Foydali qazilmalardan neft va gaz, ohaktosh, shagʻal, xarsangtoshlar bor. Iklimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha tra 13,G. Iyulning oʻrtacha trasi 26,7°, eng yuqori tra 45°. Yanv. ning oʻrtacha trasi —3,5°, eng past tra — 26°. Yiliga 300—330 mm yogʻin tushadi. Ekinzorlar Shahrixonsoy, Oqburasoy, Aravonsoy, Savoy va Jan. Fargʻona kanallaridan sugʻoriladi. 5 suv chiqarish inshooti bor. Tuproqlari, asosan, madaniy voha tuprogʻi boʻlib, qadimdan dehqonchilik bilan shugʻullaniladi. Adir etaklarida och yoki tipik boʻz tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan rang, qoʻngʻirbosh, shaytonkavush, oqquray, oqshuvoq, mingbosh, qizil biyurgʻun, qamish va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, tulki, yovvoyi mushuk, boʻrsiq, boʻri, jayra, qoʻshoyoq, koʻrsichqon, kalamush; qushlardan kaklik, bedana, kakku, chugʻurchiq, zagʻizgʻon, mayna, zargʻaldoq, soʻfitoʻrgʻay, jiblajibon, kaptar, chittak, oʻrdak, zogʻcha, koʻkqargʻa, sassiqpopishak, qizilishton, qarqunoq, burgut, itolgʻi, boʻktargi va b. ; sudraluvchilardan kaltakesak, ilon koʻp. Suv havzaiarida har xil baliqlar (laqda, doʻngpeshona, karp, qora baliq, sazan va b.) bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, qirgʻiz, uygʻur, turk, ozarbayjon, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 357 kishi. Shahar aholisi 17 ming kishi, qishloq aholisi 65,1 ming kishi (2004).

Xoʻjaligi. Tumanda Xoʻjaob«odkonserva», «Xoʻjaobodmevaquritish», «Xoʻjaoboddon», «Xoʻjaobodpaxtatozalash», «Xoʻjaobod tikuvtrikotaj», «Xoʻjaobodpolimeridish» aksiyadorlik jamiyatlari; Oʻzbekiston — Bolgariya «Navigul», Oʻzbekiston — Xitoy «Xoʻjaobod DizinDu» qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi. MTP, qurilish tashkilotlari mavjud. Tuman xududida neft va gaz olinadi. Zavrak GES bor. Toshkent — Oʻsh avtomobil yoʻlining 36 km tuman hududidan oʻtgan.

Tuman q. x., asosan, paxtachilikka ixtisoslashgan, chorvachilik ham rivojlangan. Tumanda 8 paxtachilik va donchilik, 2 bogʻdorchilik xoʻjaligi, boʻrdoqichilik fermasi, koʻchat yetkazishga ixtisoslashgan «Ipakchilik» shirkat xoʻjaligi, asalarichilik xoʻjaligi va parrandachilik fkasi bor. 192 fermer xoʻjaligi (shu jumladan, oʻrmonchilik, baliqchilik fermer xoʻjaliklari) faoliyat koʻrsatadi. 3,1 ming ga yerga paxta, 2,6 ming ga yerga bugdoy, 115 ga yerga kartoshka, 395 ga yerga yemxashak, 73 ga yerga don uchun makkajoʻxori, 149 ga yerga sabzavot, 3 ga yerga poliz ekinlari va b. ekiladi (2004). Soy, kanal va ariklardan tashkari tumanning 840 ga yer maydoni bulok, suvlari orqali taʼminlanadi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 1,2 ming qoramol, 1,8 ming qoʻy, 16,9 mingdan ziyod parranda, 66 yilqi boqiladi.

Xoʻjaobod tumanida 32 umumiy taʼlim maktabi (22 ming oʻquvchi), litsey, gimnaziya, 4 kasb-hunar kolleji, mehribonlik uyi, 2 maxsus internat mavjud (2004). Markaziy kutubxona va uning 20 tarmogʻi (259 mingdan ziyod kitob), markaziy bolalar kutubxonasi, markaziy va 7 qishloq madaniyat uylari, «Armugʻon» ashula va raqs dastasi faoliyat koʻrsatadi. 5 kasalxona (550 oʻrin), qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 15 qishloq vrachlik punkta, 11 felvdsherakusherlik punkti, tez tibbiy yordam markazi va b. tibbiy muassasalarda 165 vrach (har 10 ming aholiga 19,7 kishi), 680 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1998-y. dan «Xoʻjaobod» (avvalgi nomi «Shonli mehnat») tuman gaz. nashr qilinadi (adadi 3600 nusxa).